vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori
axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish tezligining birligi silatida
bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/sekund.
Masalan, 120 megabayt axborot 8 minutda uzatilgan bo‘lsin. U holda
axborot uzatish tezligini quyidagicha hisoblash mumkin:
120 Mbt/8 minut =122880 Kbt/8 minut = 15360 Kbt/minut = 15728640 bayt/minut
= 262144 bayt/sekund = 2097152 bit/sekund = 2097152 bod.
Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilar
ishlatiladi: Kilobayt/sekund, Kilobit/sekund, Megabit/sekund.
Axborotning xossalari. 1. Axborotning obyektivligi hamda subyektivligi.
(
Axborotda aynan qanday ma’lumot to‘g‘ri aks etganligi uning obyektivligini belgilaydi va u kim uchun kerakligi uning subyektivligi bo‘lib, insonlar o‘z sohasiga oid va ommaviy qiziqarli bo‘lgan axborotlar bilan qiziqishadi ).
2. Axborotning to‘liqligi.
(
Axborotda ma’lumotlar shu qadar yetarli bo‘lishi kerakki, uning asosida qaror qabul qilish, qolaversa, yangi ma’lumotlarni yaratish mumkin bo‘lsin ).
3. Axborotning foydaliligi.
(
Faqat kerakli, foydali ma’lumotlar qayta ishlanishi kerak, shunga vaqt sarflasa arziydi, shunday axborotlargina qimmatli va qadrli bo‘ladi ).
4. Axborotning adekvatligi.
(
Axborot real hodisalarga aynan mos kelishi kerak ).
5. Axborotning barcha uchun birdek ochiqligi.
(
Kimdir u yoki bu sohaga oid axborotni ola bilishi, qayta ishlay olishi, foydalana olishi lozim ).
6. Axborotning dolzarbligi.
(
Bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan muammolar va ularning mumkin qadar yechimlari, zarur bo‘lsa, hali yechilmagan global muammolar haqidagi ma’lumotlar axborotda aks etishi lozim ).