1
MAVZU:
O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish.
REJA:
1.
Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliy
iqtisodiyotdagi ahamiyati
2.
O’zbekistonda turizm
industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari
va
shakllari
3.
O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat
4.
O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
2
MUNDARIJA
1.Kirish………………………………………………………………...3
2.Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va
milliyiqtisodiyotdagi ahamiyati……………………………………………………………6
3. O’zbekistonda turizm industriyasini
shakllanishi, uning zamonaviy
turlari va shakllari……………………………………………………...13
3.O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati……………………………………………………………………………………………28
5.Xulosa………………………………………………………………..32
6.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………35
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Turizm inson faoliyatining va
zamonaviy iqtisodiy
munosabatlarning muhim sohasi sifatida hozirda butun jahon mamlakatlarining
iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiy
taraqqiyot tarixi zarvaraqlarida turizm industriyasi orqali o‘z milliy iqtisodiyotini
rivojlantirishga erishgan mamlaktlar soni ko‘p. Ushbu sohani rivojlantirishning afzal
tomoni
shundaki, turistik xizmatlar sohasi rivojlanishi boshqa sohalarning ham
rivojlanishiga olib keladi.
Xozirgi vaqtda “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda
2016 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan.
Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 16 foizga,
xizmatlar
eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyatyurituvchi
sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi
mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2016
yilda Xorazm,
Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish
dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million
AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan
1
O‘zbekistonda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish va milliy turizmni
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri –turistik mahsulotlarni samarali
shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvch va
iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishdan iborat.
Milliy turizmni rivojlantirishda turistik korxonalar tomonidan yaratilayotgan
turistik mahsulotlar
assortimentini kengaytirish, yangi turlarni yaratish, milliy
mahsulotlar tarkibida ham maxsus “shop-tur”larni shakllantirish bugungi kunning
davr talabidir. Turistik korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu- milliy
turzmni rivojlantirish orqali potensial turistlar hajmini ko‘paytirishda turistik
mahsulotlarni samarali shakllantirish hisoblanadi. Bu
vazifani hal etish milliy
turistik mahsulotlarni muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadi.