Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish


  2. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy



Yüklə 305,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü305,77 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

 
11 
2. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy 
turlari va shakllari
O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab 
sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar 
yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda 
sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, 
Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat 
manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. 
O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish 
va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston
Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya 
byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik 
va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda
bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan 
shug’ullandilar.
XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada 
kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq 
Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi.
Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala
qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni
tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining
tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan
ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet
turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat
faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv
tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va
ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq
Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning 
qoshida ―Turistik-ekskursiyali‖ boshqarma tuzildi.
Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik 
jamiyati‖, ―Proletar turizmi‖ firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi‖ 
shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar.
Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati‖ darajasiga
ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish
Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida


 
12 
―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik 
marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-
Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari
turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va
uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy
turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish 
shaxobchalari qurila boshlandi.
Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar 
oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro 
birligini mustahkamlash maqsadida Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi
tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet
turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi.
Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga 
kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ 
mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura 
yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini
Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. Rossiya Federasiyasida faoliyat
ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan Toshkent, keyinchalik
Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari
ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz 
shaharlariga kela boshladilar.
SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada
yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq 
Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat
qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar
bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan
Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekturizm‖
Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖
tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik
faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha
Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika
bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona 
siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi 
iqtisodiy faoliyati shakllandi.


 
13 
Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu
davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm
rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera
oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi:
Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda 
soddalashtirildi va yaxshilandi.
Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p 
mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy 
turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro 
turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va 
tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga 
qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida 
nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy 
turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va 
ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga 
harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va
tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. 
Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat 
iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95
mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet
el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda.
Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining 
ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, 
o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, 
savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan 
bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq 
qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, 
o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni 
tavsiflaydigan harakatdir.
Turizm bu:
a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy
sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir;


 
14 
b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma
va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari 
va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan 
tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan 
davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati 
bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va
asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish
sohasi hisoblanadi. 2010-2017 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori
10%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan 
ma’lumotiga qaraganda 2012 yilda turistlar soni 194 ming. 2013 yilda 616
ming, 2015 yilda 900 ming., 2017 yilda 1 mln. 800ming kishini tashkil etdi. 
Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2018 yilda 1 trillionga yaqin
bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga
ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir.
Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo 
bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan 
tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan 
biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va
mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va
sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida 
o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga,
mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam
olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar 
maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq
to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq 
tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va
boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari,
ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va
vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik
ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar
majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt:
turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab
chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini
bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga
kiradi.


 
15 
Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi 
rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda
turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini 
tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat:

Yüklə 305,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin