28
O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon
qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga
qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila
boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi.
Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida
raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga
o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi
bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va
tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar
assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar
assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini
o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat
yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: