16
uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu
bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti
«Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va
turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.
Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi,
Meditsina
xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq
jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim
etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida
ayollarni mehnat
jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor
va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar
tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida
tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik
tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat
qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning
miqdori oshib
bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga
qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda
mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh
turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni
tayyorlashni tashkil etganlar.
Dostları ilə paylaş: