Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish



Yüklə 305,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü305,77 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

Siyosiy omil
. Mamlakatda barqaror siyosiy vaziyat – bu turistik biznesning 
harakat qilish shart-sharoitlaridan biridir. Bundan tashqari, u yoki bu 
mamlakatlarda turizm rivojlanishi uchun xalqaro munosabatlarning xususiyatlari, 
vujudga kelgan savdo holati, mamlakat to’lov balansi, uning hamkorligi, jahondagi 
xalqaro vaziyat va alohida hududiy tinchlik juda zarurligidir.
Iqtisodiy omil
. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi aholi
daromadlarining ko’payishi bu mamlakatlar aholisining sayohatga ko’proq pul 
mablag’larini xarajat qilishlariga olib keladi. Ayrim Yevropa mamlakatlari
turistlari daromadlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, barcha mamlakatlar turistik
oqimida o’rtacha sinfning ulushi ko’proqdir (masalan, Niderlandiyada-40 %,
Italiyada-59 %). Shu bilan birgalikda yuqori daromad oluvchi shaxslar
(Niderlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) joylashish, oziq-ovqat va boshqa
xizmat ko’rsatish turlariga katta talab qo’yadilar.
Iqtisodiy-demografik omil
. Turizm industriyasi taraqqiyotiga ayniqsa 
shahar aholisining o’sishi katta ta’sir etadi. Psixolog-mutaxassislar fikricha
odamga bo’lgan ruhiy zarba, his-hayajon, noaniqlik, hayotida kishilar bilan
aloqa yo’qligi tabiatdan uzoqlashish kabi hodisalar tufayli shahar aholisi o’z
muvozanatini saqlash uchun turizmga qarab harakat qiladi. Dunyoning ko’p
mamlakatlarida ish vaqti va bo’sh vaqti o’rtasidagi nisbat o’zgarib turishi
tendensiyasiga ega. Ish vaqtining qisqartirilishi va bir vaqtda mehnat
intensivligini qayta tiklash va uni ushlab turishning birdan-bir yo’li turizmdir.
Odamlar bo’sh vaqti miqdorining ko’payishi va sayohatni qisqa vaqt ichida 
bo’lishi, ya’ni turistik sayohat kam vaqt davom etib, tez-tez takrorlanib turishi bilan 
xarakterlanadi.
Bundan tashqari jamiyat qarishi, uylanishning kechga surilishi, yakka
kishilar sonining ko’payishi, ishlovchi xotin-qizlar miqdorining oshishi, bola
tug’ilishini kechiktirish harakatlari, oila juftligi bolasizlik miqdorini ko’paytirishi
turizm rivojiga ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha yashash vaqtini uzaytirish va
tug’ilishni kamaytirish, qari odamlarning ko’payishiga olib keladi. Ayrim
hisoblarga qaraganda 2016 yilda 700 mln. ga yaqin turistlar qari yoshdagi
insonlar bo’lgan. Bu turistik bozor bo’g’ini turizm industriyasini tashkil etish 


 
16 
uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu
bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti 
«Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va
turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.
Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi, Meditsina
xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq
jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim 
etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida ayollarni mehnat 
jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor
va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar 
tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida 
tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik 
tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat 
qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning
miqdori oshib bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga
qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda
mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh 
turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni 
tayyorlashni tashkil etganlar.

Yüklə 305,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin