27
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv
tizimini shakllantirish, turistik
biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga
xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm
tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm
mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan
turistik korxonalarni
litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm
sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini
amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon
turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z
navbatida xalqaro
turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning
YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi
bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni
rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich
mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish
va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni
amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi
va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul
qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni
rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni
4
Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash
borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston
turizmi
sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak
yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy,
Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-
Motrudiy, Maxdumi A’zam,
Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin
Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning
maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida
muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi.
Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga
ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil
15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda
4
«Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 yil 3 iyun
28
O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon
qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga
qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila
boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi.
Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari
boshqara boshlashdi, xizmat bozorida
raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga
o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi
bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va
tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar
assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar
assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining
bir qator vakolatlarini
o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat
yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: