34
Xulosa
SHuni xulosa qilib aytish mumkinki Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotini turizm sohasi tarmoq sifatida salmoqli o’rinni egallab bormoqda.
Bu hol ushbu sohani ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq qilishni zaruratini keltirib
chiqaradi. Mazkur kurs ishida O’zbekiston milliy iqtisodiyotida turizm
industriyasini shakllanishi, uning tarixi hamda hozirgi davrda rivojlanishining
o’ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ochib berishga harakat qilindi. Olib borilgan
tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim xulosalarni e’tirof etish mumkin:
1. Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi.
Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Kishilik
jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika
taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Insoniyat hayot yo’lida fan
texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib
turgan. Masalan: agarda qadim zamonlardan sayohatchilikning asosiy harakat
vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan bo’lsa keyinchalik kema,
mashina, samolyot va shu kabi zamonaviy texnika vositalaariga almashinib
boravergan. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga
o’ta boshlagani ham muhim ahamiyatga egadir.
2. O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab
sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar
yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda
sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish,
Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat
manzillariga har xil ―yurishlar
‖
uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan.
Uning oqibatida O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali
harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida
O’zbekiston Narkomprosi
‖
da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik
ekskursiya byurolari va uyushmasi
‖
tashkil etildi va bu ―byurolar
‖
asosan
o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq
joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan
shug’ullandilar.
35
3. Hozirgi davrda turizm rivojlangan ko’pgina mamlakatlar yalpi ichki
mahsulotining 10 foizidan 25 foizigacha turizm bilan bog’liq. Shuning uchun
turistik mahsulotga va uning xilma-xilligiga, uning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Turizm industriyasida bo’lgan ehtiyojlarning xilma-xilligi, ularga berilgan
ahamiyat darajasi turistlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tomonlaridan kelib
chiqadi. Bunday hodisalar turistik bozorda sodir bo’ladi. Turistik bozorning
serdaromadli faoliyatini boshqarish turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchidan
iste’mol qiluvchilargacha bo’lgan tarqoqlik tufayli mehmonxonalar, restoranlar,tur
mahsulotni yetkazib beruvchi transport vositalari, joyni band qilish, zahiralar
yaratish bo’yicha jahon kompyuter tarmog’iga ulanish, tur operatorlar va
agentliklar faoliyati (vositachilik faoliyatlari) va turistik mahsulot iste’molchilari
(turistlar) bozor harakatiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
4. Turizm industriyasini amal qilishning muhim vositalaridan biri bu transport
xizmatini yo’lga qo’yish va tashkil etishdir. Turistlarni tashish xizmati tur
mahsulot tarkibiga kiradi, uning bog’liqligi shundaki, barcha turistik marshrutlar
sayohatchilarni yashash joylaridan dam olish joylarigacha faqatgina transport
vositasi orqali amalga oshirish mumkin. Quruqlikdagi transport xillaridan
turistlar uchun eng muhumi – bu avtomobil va temir yo’l transportidir avtomobil
transporti turizmda juda keng qo’llaniladi shu maqsad uchun doimiy turistlarni
tashuvchi reysli avtobuslar va doimiy bo’lmagan (shaxsiy, arenda va boshqa
transport vositalari) transportdan foydalaniladi.
5. Turizm industriyasini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri
turistlarning hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan
yo’nalishlar bo’yicha xavfsizlikni taminlash turistik faoliyatga qatnashuvchi barcha
tuzulmalar vazifalaridan iborat, shu bilan birgalikda shuni aytish kerakki,
turistlarning xavfsizligini taminlash xar xil darajada: turistik korxona, turistik
markaz ma’muriyati, mahalliy hokimiyat, turizm bo’yicha milliy organlar va
mamlakatning markaziy davlat organlari darajasida xal etiladi. Turistik firma va
korxonalar turizm tizimining asosiy unsuri sifatida o’zining mijozlari xavfsizligini
taminlash uchun eng birinchi javobgar xisoblanadi
|