Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish


Ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan urf-odatlar



Yüklə 305,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü305,77 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

Ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan urf-odatlar 
4-rasm vikepediya arxiv.uz. 
Madaniy omil
. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, 
tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash 
lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining 
ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda 
farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 
% aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 


 
17 
aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% 
kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar. 
O’zbekistonda turizim yo’lidagi 6 ta to’siq 
5-rasm vikepediya arxiv.uz. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili
. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti 
tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr
hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda
qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, 
avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda. 
Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist 
hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan 
muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga , 
manzillarga , qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, 
bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish,
tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va 
undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan
lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi.
Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat 


 
18 
davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini
aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat
qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq
bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi,
dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat
davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi,
qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan
lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo
voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.
Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga 
o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) 
mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan 
vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida
o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga,
yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.
Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi
bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, 
tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq
bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat
jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish,
yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati
uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish 
suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan
shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish,
salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan
shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.
Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki 
turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu
mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir 
mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar
teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat 
turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni 
tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.
Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan 
faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida


 
19 
turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa
faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi
bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir.
Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. 
O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar 
chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.
Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat
tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil
uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga,
yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam 
taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi 
5 mingga yaqin tarixiy-arxiTektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni 
qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta 
ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga 
sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.
Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha
quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda 
yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan 
xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma 
ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Asosan turning dasturida xizmatlar sifati va bu 
xizmatlarga qo’yilgan narxlar ko’rsatiladi.
1. Arxeologik tur- qadimshunoslik joylarini yoqtiradigan, o’rganadigan turistlar
uchun tashkil etiladi.
2. Pekij tur- barcha asosiy xizmatlar ko’rsatiladigan joylar ularni fotosi, 
mamlakat to’g’risida qisqa axborot, turda ko’rsatadigan xizmatlar xillari va barcha 
xizmat turlarining umumiy qiymati ko’rsatilgan bo’ladi.
3. Aylanma tur- bu tur shaharlar atrofidagi yaqin manzillarga, joylarga tashkil
etilib, qaysi joydan boshlangan bo’lsa, shu joyga qaytib kelganligi uchun 
aylanma tur deyiladi.


 
20 
4. Birkunlik tur- bu tur asosan shahardagi tarixiy va arxitektura yodgorliklari,
muzeylar va boshqa turistik joylarga dam olish kunlarida tashkil etiladi.
5. Dam olish kunlarida tashkil etiladigan turlar-bunday turlar dam olish kunlarida
ko’proq tashkil etiladi.Bu turlarning muddati ikki kun (shanba va yakshanba) 
ziyorat qilish va yaqin joylarda tashkil etiladi.
6. Doimiy turlar- bunday turlar turistik mavsumdan qat’iy nazar, respublika 
shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga, manzillarga uzluksiz ravishda tashkil 
etiladi.
7. Eksklyuziv turlar- bunday turlar hujjatlarda (tur paketda) ko’rsatilgan turistik
majburiy xizmatlardan tashqari qushimcha xizmatlarni ko’rsatish bulib umumiy
turmahsulot qiymatiga kirmaydi va ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar uchun 
aloxida to’lanadi.
8. Mavsumiy turistik turlar- bunday turlar turistik mavsum davrida dam olish
kunlarida tashkil etiladi, masalan yoz oylarida dengizda daryolarda chumilish 
havzalarida tashkil etiladi. Qish oylarida qorli tog’lar va o’rmonlarda chang’ida 
uchish uchun tashkil etiladi.
9. Maxsus turlar- bunday turlar ―Buyuk Ipak Yo’li‖ bo’yicha joyylashgan 
mamlakatlar, shaharlarga tashkil etiladi. Bu turlarning alohida dasturi bo’lib,
ov qilish, dam olish, tog’larga chiqish ,cho’lda kezish, o’rmonlarda sayr qilish
kabi maqsadlar uchun tashkil etiladi.
10. Mavzuli turlar- alohida mamlakatlar, buyuk ,tarixiy shaxslar,davlat 
arboblari, sarkardalar,olimu-fuzolarga bag’ishlanadi.
11. Piyoda tur: ko’p turistlar tog’ga, cho’lga chiqishi qiyin bo’lgan joylarga 
transportsiz piyoda chiqishni yoqtiradigan turistlarga tashkil etiladi.
12. Suv yo’nalishlari bo’yicha turlar: bunday turlar dengiz va daryolarga yaqin 
bo’lgan shaxar axolisi uchun tashkil etiladi.
13.Temir yo’l yo’nalishi bo’yicha turlar: davlatlar va shaxarlar o’rtasida poyezd
orqali bo’ladigan sayohat kiradi, bunday turlar temir yo’l yo’nalishi bo’yicha 
bo’lganligi tufayli arzon va qulay xisoblanadi.
14. To’g’ri yo’nalish bo’yicha turlar: bunday turlar shunday tashkil etiladiki,
boshqa manzillar va joylarga borib shaxarlarni ko’rgandan so’ng o’z manziliga
qaytib kelish sharti bilan tashkil etiladi.


 
21 
15. Tashkillashtirilgan tur: bu turlar maxsus tashkillashtirilgan bo’lib turistlar
birnecha manzillar, joylarni ko’rishlari mumkin, bu joylar bir-biriga 
o’xshamasligi kerak.
16. Tashkillashtirilmagan tur; bunday turlar faqatgina malakatlar va shaxarlar 
aniqlanib turistlar o’zlaricha bu mamlakatlarga boradilar.
17. Charter turlar: bunday turlar qisqa vaqt muddatda jahonning ma’lum bir 
mamlakatiga yoki bir Nechta shaxarlarga tashkil etiladi.
18. Rekrasion tur-bu salomatlikni qayta tiklash bo’yicha maxsus tur bo’lib,
ma’lum bir kasallikni davolash uchun toza havoda, tabiat qo’ynida, tog’ o’rmonda
davolanish uchun tashkil etiladi.
19. Sport bo’yicha turlarni tashkil etishda turistik firma va korxonalar
sport yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan sport xillari mavjudligi va axolini qaysi sport 
turlari bo’yicha ehtiyojlarini aniqlash bilan boshlanadi. Jaxonda sport turlari 
bo’yicha xilma-xil bo’lgan o’yinlar, qaysi mamlakatda o’tadigan musobaqalarni 
aniqlash va tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha rejalar tuzishlari kerak.
20. Tijorat bo’yicha turlarni tashkil etish: turistik firma va korxonalar eng
avvalo, talab katta bo’lgan turistik tovarlar tarkibiga nimalar kirishini
qanday har xil tovarlar bo’lishini bilishini oldindan rejalashtirishlari kerak. 
Turistik tovarlar deganda iste’mol uchun ketadigan tovarlar, sovg’alar va boshqa
xil mahsulotlar, turistlar uchun zarur bo’lgan bevosita yoki bilvosita
ko’rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.
21. Diniy va iloxiy joylarni ziyorat etish bo’yicha turlarni tashkil etish. Diniy
turizm hozirgi zamon turizm sanoatining tarkibiy qismlaridan biridir. Diniy 
tarixiy va madaniy yodgorliklar muqaddas joylar, maqbaralar, masjidlar, diniy-
ruhiy markazlar turistik obektlar xamma vaqt talabga ega bo’lib, xudud va shaxar 
axolisini qatnaydigan joylari xisoblanadi. Mamlakatimizda 100 foiz
yodgorliklar davlat muxofazasiga olingan. O’zbekistondagi dniy va muqaddas
joylar Bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nazorati ostida
tamirlanmoqda va ularga boriladigan yo’laklar obodonlashtirilmoqda. Mustaqillik
yillarda diniy va muqaddas joylarga keladiganlar, turistlarning soni 5 martaga 
oshdi.


 
22 
22. “Arxitektura” turlari- Har bir davlat, millat shahar miqyosida turistlarga
ko’rsatiladigan tarixiy-arxitektura inshootlariga bo’lgan sayohat o’ziga xos milliy
xarakterga ega bo’ladi va ko’pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda
shahar arxitekturasi tur mahsulot sifatida sotiladi.
23. “Alpinizm” turlari-sport turizmining tog’da o’tkaziladigan turi bo’lib, 
turistlar tog’ cho’qqilariga chiqish va qiyinchiliklarni yengish kabi zavqli 
yo’nalishlarda harakatlanishlarini bildiradi.
24. “O’smirlar uchun turlar”- bolalar turizmi bo’lib, hozir ko’pchilik
rivojlantgan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri asosiy o’rinni egallaydi.
25. “Davolanish uchun turlar” – maxsus yo’nalish hisoblanib, turistlar o’z 
kasalliklarini davolash maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, 
shaharlarga va mutaxassislarga borishadi.
26. Dam olish uchun turlar - dam olish va bayram kunlari yoki ishdan ta’til olgan
kunlar maxsus yo’nalishlarda shahardan tashqariga tashkil etiladi. Rivojlangan
davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlarning boshqa joylarga va 
davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi.
27. Dengiz bo’ylab turlar- turistik yo’nalishlarning dengiz bo’ylab bir 
nechashaharlar, davlatlarni,turistlarni kemada sayohat qilishdir. Dengiz bo’ylab
turlarda yo’nalishlar har xil bo’lishi mumkin: to’g’ri, aylanma va boshqa 
yo’nalishlar.
28. Ishlash bo’yicha turlar- har bir kishi turistik xizmatlarni oldindan sotib 
olgan holda boshqa davlatga borib, o’z ishini bajarib keladi.
29. Ilmiy turlar- olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa
yig’ilishlarni o’tkazish amaliy tadbirlaridir. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish
maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan
bo’lib, bir necha davlatlar chegarasidan o’tiladi.
30. Kosmik turlar- turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyoralarga olib borish
va u yerda tomosha, ilmiy va dam olish jarayonlaridir. Yer orbitasi atrofida aylanib,
dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turlar deyiladi.
31. “Nastalgiya” turlari- oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga
sayohat qilishga aytiladi. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi 
tur yo’nalishlar paydo bo’lmoqda bunday yo’nalishlar sayyohlarning asosiy 
maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular 


 
23 
qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish 
maqsadida maxsus turlar tashkil etiladi va bu turlar ―o’tmishini qo’msash‖
yoki o’tmishga qiziqish‖ maqsadida amalga oshiriladi.
32. Ov uchun turlar-maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda
hayvonlarni ov qilish yo’nalishlarini tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish,
joylashtirish,ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash 
xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.
33. Oilaviy turlar- rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish
yoki sayohat qilish maqsadida tur mahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar
ta’til vaqtida bolalar o’qimaydigan vaqtlada ko’p tashkil qilinadi.
36. Tog’larga chiqish bo’yicha turlar-tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish
va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish,
tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni tur mahsulot sifatida sotish amalga
oshiriladi.
Milliy turistlar-Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra 
milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan turistlarga va boshqa davlatlarga 
ketgan turistlar qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.
Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi
turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar
soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham
deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida 
muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.
Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy
hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan 
foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha
farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot 
tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa 
tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston
territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi



Yüklə 305,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin