Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish


  http://kun.uz/2014/01/29/uzbektourism/



Yüklə 305,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix28.11.2023
ölçüsü305,77 Kb.
#169000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

 
5
 
http://kun.uz/2014/01/29/uzbektourism/
 


 
30 
 
 
O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi
 

Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan 


sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar 
uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.
 
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 
milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu 
ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga 
ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini 
tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish 
mumkin. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim 
iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu 
sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari 
darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni 
amalga oshirmoqda. 
Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:2015 
yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh 
(74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) 
kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli 
o‘ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta 
shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London 
(17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) 
singari shaharlarni keltirish mumkin.150-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas. 
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. 
Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan 
berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari 
orasida 150-o‘rinni egallaydi. 
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, 
turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik 
obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. 


 
31 
Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga 
bog‘liq. 
Turizm bo‘yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy 
zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, 
xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan 
bo‘lib, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston 85-o‘rin, Qirg‘iziston 116-o‘rin, Tojikiston 119-
o‘rinni egallagan, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida eng oxirgi 
o‘rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan. 

Yüklə 305,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin