Mavzu: O'zbekistonda turizm soxasining rivojlanish



Yüklə 305,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü305,77 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O\'zbekistonda turizm jasurSDCSDCS

 

1.
 
Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish
yo’nalishlari
Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi.
Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Turizm 
tarixi qadimgi davlatlardan bo’lgan Rim va Yunon Imperiyasi davrida sezilarli 
darajada rivojlangan. Bu davrlarda insonlar o’ziga yaqin va uzoq manzillarga, 
joylarga, teritoriyalarga va yurtlarga sayr, tomosho qilish, o’zga xalqlar hayoti 
bilan tanishish, bilish, o’rganish, xordiq va dam olish, davolanish, ziyorat qilish 
maqsadida sayohatga chiqqanlar, bunday kishilarni sayohatchilar deyishgan. 
Ularning faoliyati esa sayohatchilik deb nom olgan.
Demak, sayohat deganda biz insonlarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini 
malum bir yo’nalish, marshrut bo’yicha amalga oshirishlarini tushunamiz. Qadim 
zamonlardan buyon dunyo sayohatchiligi davom etgan va o’z taraqqiy 
bosqichlariga ega.
Sayohatchilik to’g’risida qadimgi zamonlardan to hozirgi sanoatlashgan‖
davrgacha fozil insonlarning xilma - xil fikrlari, qarashlari va g’oyalari mavjud. 
Diniy aqidalar bo’yicha sayohatchilik Ollohning dunyo sathiga Odam-ato va 
Momo-havoning bihishtdan ―majburiy‖ chiqarib yuborganlik davridan
boshlanadi. Shu narsa aniqki, inson sayohatchi nomiga ega bo’lish uchun u 
o’zining yashash joyini o’zgartirib boshqa manzil, hudud yoki mamlakatga
vaqtinchalik ketishini taqozo etadi. Bu sayohatchilikni oddiy alomatlari yoki
belgilaridir. Dunyo xalqlarining qadimiy kezishlari, ziyoratchilik, savdo, dunyo
bo’ylab sayohatlari ham huddi shunday kechgan.
Ilk qadimiy davrlardan boshlab insonlar sayohat maqsadida yakka yoki 
birlashgan individiumlar, guruhlar yoki bir butun ekspedisiyalar tarkibida
o’nlab, yuzlab, minglab bir manzildan, yurtdan yoki mamlakatdan boshqa
joylarga o’tganlar, kunlab, haftalab, oylab, yillab piyoda, otda, tuyada, filda va 
boshqa xil
vositalarida harakat qilganlar.
Ayrim xalqlar uchun yurtlarda kezib yurush muhim istiqomat qilish
joylaridagi tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’nlab asrlar
davomida vujudga kelgan yashash tarziga aylangan. Bularga Beunjilar (Pokiston, 
Afg’oniston), badaviylar, lo’lilar, qochqinchilar va boshqa ko’chmanchi xalqlar 
qiradi. Ular sayohatga chiqmaganlar, balki asosan kun ko’rishning moddiy 
vositalariga ega bo’lish yoki ish topish maqsadida kezganlar. Bunday kezishdan 
maqsad ochdan o’lmaslik uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga o’tganlar. Bunday 
kezishlik sayohat shakliga o’xshasa ham lekin sayohat emas edi.
Ammo, ko’p asrlik tarix silsilalarida insonlar o’zga joylar, manzillar,


 

yurtlarni ko’rish, tanishish, bilish, o’rganish, savdo-sotiq, ziyorat qilish, yangi-
yangi yerlarni sayohat maqsadida kashf etish, yangi harakat yo’llarini ochish, 
moddiy boyliklar zahiralaridan bahramand bo’lish, yoki ularga ega bo’lish
uchun intilganlar. Bunday ezgu harakatlar sayohat shaklida amalga oshirilgan.
Lekin yaqin va eng uzoq joylar, territoriyalar, kontinentlarni tom ma’noda
kezgan, betakror sayr etgan, o’sha davrda aqlga sig’maydigan sayohat qilgan 
mashhur kishilar bo’lgan. Masalan, eramizdan oldin VI–V asrda yashagan 
geografiya va tadqiqotchi olim Piffiy Fransiyaning Marsel shahridan chiqqan bo’lib, 
Yevropa bo’ylab sayohatga borgan. U Britaniya oroli atrofidan to
Islandiyagacha bo’lgan joyni piyoda bosib o’tgan va ―Okean to’g’risida‖ degan 
asarini yozib qoldirgan.
Mashhur sayyoh Marko Polo (1254–1324) 1271–1295 yillarda Xitoyga
kamdan-kam uchraydigan sayohatda bo’ldi va 17 yil yashab o’zining
“KITOB”nomli asarini yozib, Xitoy to’g’risida noyob ma’lumotlar qoldirdi.
Keyinchalik Ibn Batuta (1304–1368) butun Sharq olamini 21 yil ichida piyoda 
aylanib chiqqan. Shimoliy Afrika, Hindiston va Xitoyda bo’lib, bu joylarda
yashovchi xalqlarning odatlari, savdo yo’llari va mamlakatlarning geografik
holatlari to’g’risida “Rixle‖” nomli asar yozib qoldirgan. Bular haqiqiy 
―sayohatchilar‖ bo’lganlar. Ular sayohat
davrida o’zga yurtlar va mamlakatlarda yashovchi insonlar qanday yashaydilar, 
qanday noz-ne’matlar va qanday vositalar bilan ishlab chiqaradilar, bu xalqlarning 
hayot tarzi, tili, madaniyati, boyliklari to’g’risida yozib qoldirganlar.
Ammo tarixda ―sayohatchilik shiori ostida harbiy va bosqinchilik
maqsadlarida ham sayohat qilganlar. Qanday maqsadda sayohat uyushtirilmasin
uning bosh motivlari – o’zga joy, yurtlarni bilish, tijorat yoki savdo, ziyorat va 
yangidan-yangi yerlarni kashf etish yoki ularni o’rganish hamda diniy
maqsadlardan iborat bo’lgan.
Ayrim mutaxasssislar va iqtisodchi olimlarning fikricha, insonlarning
hamkorlikda bo’lgan mehnat faoliyatlarning tashkil etish va boshqarishning ilk 
shakllari ham ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud bo’lgan. Bu davrdagi boshqarish 
urug’, kabila, jamoa a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilgan va urug’, kabila 
oqsoqollari usha davrning rahbar timsoliga aylangan.
Tahminan eramizdan oldin VII–V ming yilliklarda boshqarish sohasidagi 
birinchi inqilob jarayoni ruhoniylar tabaqasining diniy boshqaruvchilar
tabaqasiga aylanishi bilan bog’liqdir. Menejment sohasidagi ikkinchi inqilob
esa, Hammurapining (eramizdan oldin 1792–1750) zamon aristoqratlariga xos
bo’lgan boshqarish, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish va tartibga 


 

solishning rasmiy tizimi va pirovard natijada liderlik (yetakchilik) uslubi bilan 
bog’liqdir.
Navuhodonosor II (eramizdan oldin 605–562)ning qurilish, murakkab tehnik 
loyihalarni tuzish va ishlab chiqarish va mahsulot sifati nazorati boshqaruvning 
samarali uslublarini topish kabi faoliyatlar boshqaruvning uchinchi inqilobidan 
darak beradi. Bu inqilobiy davrda eng Qadimgisayohat muattar Punt 
mamlakatiga Misr firavni Hashyepsut (eramizdan oldin 1601–1584) tomonidan
uyushtirilgan.
Shu davrlarda Misrlik ―Sinuhit Edem‖ mamlakatiga ya’ni Sharqqa sayohat
qilgan va papirusga (qog’oz) ―Sinuhit sarguzashtlari‖deganasarni yozib
qoldirgan. Qadimgi sayohatchilardan yana biri Misr faraoni Nehao bo’lib, u
Afina bo’ylab uch yillik sayohatni tashkil etgan1.Qadimgi Misrda davlat mulkini
boshqarish bo’yicha boy tajriba to’planib bordi va yetarlicha rivojlangan davlat
apparatining boshqarish shakllandi. Bu sohaning menejer-amaldorlar boshqarar
edi. Yunon shahar davlatlari hukumronligi davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy
aloqalar rivojlanish jarayonlari vujudga kelishiga sababchi bo’lgan.
Rim va Yunon imperiyalarining tanazzulga yuz tutishi bilan safar va
sayohatga chiquvchi odamlarning miqdorini kamayib ketishiga olib keldi. Bu 
davrlarda sayohatga chiqish juda og’ir, murakkab va shu bilan birga o’ta havfli 
bo’lgan. Bu vaqtdagi ―sayohatlar‖da davlat xizmatkorlari, savdogarlar va 
ziyoratchilar ko’proq uchrar edi.
Suqrot (eramizdan oldin 470–390) birinchi bo’lib sayohatchilik alohida
maxsus soha ekanligini ko’rsatdi. U sayohatchilikni har xil shakllarini tahlil
qilib chiqdi va shu asosda uning universallik tamoyillarini e’lon qildi.
Dunyoga mashhur bo’lgan Grek tarixchisi Geradot (eramizdan oldin V
asrda) unga ma’lum bo’lgan sayohatchilar va kashfiyotlar to’g’risida yozib 
qoldirdi.
Hozirgi zamon turizm to’g’risidagi ta’limot nuqtai nazaridan qadim va o’rta 
asrlarda bo’lgan sayohatchilarni ―turist‖ sifatida tan olinmaydi, chunki bunday 
sayohatchilar oldiga qo’ygan maqsadlar hozirgi vaqtdagilardan: o’zga joylarda, 
yurtlarda ko’rsatiladigan pullik mehmondo’stlik xizmatlaridan bahra olish, 
zavqlanish, vaqtincha bo’lsa ham o’z hayot tarzidan boshqacha bo’lgan hayotan 
shung’ib ketish, o’rganish, milliy an’analar, urf-odatlar ta’sirida mahliyo 
bo’lishmagan. Ularga maxsus tayyorgarlikdan o’tib ixtisoslashgan turistik 
korxonalar xizmat ko’rsatmagan. Bu sayohatchilar to’g’ri kelgan havfsiz
joylarda
tunashgan, duch kelgan joyda ovqatlanishgan. Ularga ko’rsatiladigan xizmat 
dastlab tunash va ovqatlanish kabi 2-3 xil xizmatlar ko’rsatilgan. Bunday xizmatlar 


 

ko’p hollarda bepul Ko’rsatilgan. Ammo vaqt, asrlar o’tishi bilan sekin-asta
mezbon tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar kumush, oltin tangalarga yoki pulga 
chaqilib borgan. Buning natijasida bir tomondan sayyohlar soni ko’payib borgan.
Qadimgi Rim va Yunonda, eski Movarounnahrda mehmonxona shaklida:
hainlar, innlar, karvonsaroylar qurila boshlangan va sayohatchilarga, artistlarga, 
savdogarlarga, ziyoratchilarga mo’ljallangan bo’lgan.
Ko’p asrlar o’tsa ham qadimiy ilk mehmonxonalar tarzi o’zgarmagan.
Asosan, bu joylashuv vositalari otlar uchun atrofi o’ralgan, ikki qavatli bino bo’lib, 
birinchi qavatda qahvaxona va ikkinchi qavatda esa yotoqxona bo’lgan. Ularda 
sayohatchilarga xizmat ko’rsatish uchun yopiq va ochiq yo’laqlar, moslamalar 
qurilgan. O’sha vaqtlardan boshlab sayohatchilarga boshqa turli maishiy xizmatlar 
ko’rsatishlari mehmonxona egalari va oila a’zolari hamda mayda hunarmandlar 
tomonidan ko’rsata boshlandi. Endi mehmonxonalarda faqatgina tunash va 
ovqatlanish xizmatlari emas, balki dam olish, kir yuvish, xordiq chiqarish va 
boshqa madaniy-maishiy xizmatlarga bo’lgan sayohatchilar ehtiyojlari qondira 
boshlandi. Buning natijasida pulga ko’rsatiladigan xizmatlar miqdori yillar
o’tishi sayin ko’payib bordi, turistik mehmonxona majmualari vujudga keldi. 
Ixtisoslashgan turistik tashkilotlar, vositilar, agentliklar, turistik ekskursiya 
ob’yektlari paydo bo’la boshladi. Bularning hudud, mamlakat va dunyo bo’yicha 
boshqarish masalalari ob’yektiv holda ko’ndalang bo’lib qoldi.
Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va 
fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Boshqa 
shakllarga ega bo’lgan. Ayniqsa insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti 
tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan. 
agarda qadim zamonlardan sayohatchilkning asosiy harakat vositasi ot, eshak, 
tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan. O’rta asrlarda arava, foytun, har xil moslashgan 
g’ildiraqlar bo’lgan bo’lsa hozirgi zamonda sayohatchilar samalyot, poyezd, 
avtomobillar, paraxodlar hisoblanadi. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi 
sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshladi. Kishilik jamiyati taraqqiyot 
yo’lida ilk marotaba fan, texnika inqilobi vujudga kelib suvning bug’ kuchi 
energiyasidan foydalanish natijasida Angliyada to’qimachilik sanoatida Jinni 
degan mexanik mashinasi vujudga keldi. Buning natijasida hunarmandchilik
sanoatida katta o’zgarishlar vujudga keladi.
So’ngra fan-texnika inqilobi natijasida ichki yonar dvigatellari va elektr
kuchidan foydalanish tizimlari vujudga keldi. Bunda ommoviy ravishda
avtomobilsozlik, samolyotsozlik va tez yurar poyezdlar paydo bo’ldi. 
Keyinchalik fan – texnikaning rivojlanishi yadro energiyasi bilan ishlash, 
kompyuterlashtirish bilan bog’liqdir.


 

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turizm industriyasi davri boshlandi. 
Bu davrda yer sharining aholisi ikki martobaga ko’paydi. Aholining o’sishi 
ularning yashab turgan joylaridan boshqa yurtlarga borishlarini tezlashtirdi. 
Ommaviy turizm rivojlanishiga ulkan qurilishlar va texnika progressi katta
turtki bo’ldi. Buning natijasida shaharlar aholisining soni tez o’sib bordi. 1830
yilda Angliyaning Manchester va Liverpul shaharlari o’rtasidagi temir yo’lning
qurilishi turizm chegarasini o’zgartirib yubordi.
Dunyoning ko’proq yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rta hol sinf 
vakillari turizm sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va 
daromadlar miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq 
imkoniyat yaratiladi. Dam olish vaqtini maroqli o’tkazish ehtiyoji va 
imkoniyatlarni ko’payib borish talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltirdi va 
ko’ngil ochish, o’yin-kulgi industriyasini shakllantirdi.
Sayohatning u qadar yoyilmagan va uning infratuzilmalari taraqqiy etmagan 
vaqtda turistik sayr-safarlar oz bo’lgan va sayohatchilarning dam olishlarini 
tashkilotchilari faoliyat ko’rsata boshlagan. Sekin-asta mamlakat, hudud, shahar, 
qishloq miqyosida qandaydir ―turistik majmua‖ va kishilarning bunga bo’lgan 
ehtiyojini tug’dira boshlagan. Dastavval kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini 
transport agentliklari bajarganlar. Shu bilan birgalikda sayohat industriyasi 
evolyutsiyasi va tijorat ishlarining keng yo’lga qo’yilishi turizm 
tashkilotchilarning transportga bo’lgan ehtiyojlari sayohatchilarni 
mehmonxonalarga joylashtirishni ta’minlash zarurati tug’ilgan.
Shunday qilib, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining doimiy o’sib 
borishi sayohatchilik bo’yicha pulli xizmat ko’rsatuvchi turistik korxonalarining va 
o’z o’rnida turizm tashkilotchilarini paydo bo’lishiga olib keldi. Aholining 
ko’proq qismi sayohatga bo’lgan talabini qondirish va uning sayohati dasturini 
ishlab chiqish turistik tashkilotchilariga ishonib topshirganlar. Bu jarayon
faoliyat ko’rsatadigan Transport Kompaniyalarining turistik bozorga bo’lgan 
ulushini keng aytirishga olib keldi.
Hozirgi kun nuqtai nazaridan qarab aytish mumkinki, bu ilk
turoperatorlikningni paydo bo’lishi edi. Faoliyat ko’rsatadigan va xizmatlar 
turpaketini tayyorlovchilar esa turoperatorlar edilar.
Turistik sayohatni birinchi tashkilotchilaridan biri Angliyaning ruhoniysi
Tomas Kuk bo’lgan. Bu tadbirkor 1841 yilda temir yo’l bo’ylab 600 kishilik
sayohatni tashkil etgan. 1845 yilda Liverpul shahriga ekskursiya o’tkazish
uchun sayohat tashkil qilgan. 1847 yilda Tomas Kuk turistik jamiyatni tashkil
etdi va u nafaqat Angliya bo’ylab, balki tashqi mamlakatlarga borish uchun
yo’llanmalar sota boshladi. U turizm industriyasi sohasida ish yuritgan va


 
10 
tadbirkor bo’lgan birinchi sohibkor edi. 1851 yilda Parijda o’tkazilgan Xalqaro
ko’rgazmaga inglizlar qatnashuvini tashkil etdi. 1870 yilga kelib Tomas Kuk‖
turistik firmasining 500 mingdan ortiq mijozi bo’lgan. Shu vaqtdan boshlab
turizm industriyasi erasi boshlandi. Sayohatchilarga xizmat ko’rsatadigan turistik 
tashkilotlar vujudga kela boshladi. Yevropa va Ameriqa qit’alari o’rtasida
doimiy paroxod dengiz yo’llari ochildi.
Ko’proq dunyoning yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rtaxol sinf
vakillari sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va daromadlar 
miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq imkoniyat 
yaratilgan. Dam olish vaqtini maroqli o’tqazish ehtiyoji va imkoniyatlarni ko’payib 
borishi talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltiradi va ko’ngil ochish, o’yin-
kulgi industriyasini shakllantirdi. Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad 
o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam
olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga
tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni
almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar,
festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan
mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, 
shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam
olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish,
davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy
ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va 
boshkalar.
Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu
davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm
rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera
oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi:
Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda 
soddalashtirildi va yaxshilandi.



Yüklə 305,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin