30
O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi
Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan
sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar
uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1
milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu
ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga
ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini
tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish
mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim
iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu
sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari
darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni
amalga oshirmoqda.
Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:2015
yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh
(74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million)
kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli
o‘ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta
shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London
(17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million)
singari shaharlarni keltirish mumkin.150-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas.
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin.
Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan
berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari
orasida 150-o‘rinni egallaydi.
Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan,
turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik
obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past.
31
Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga
bog‘liq.
Turizm bo‘yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy
zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi,
xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan
bo‘lib, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston 85-o‘rin, Qirg‘iziston 116-o‘rin, Tojikiston 119-
o‘rinni egallagan, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida eng oxirgi
o‘rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan.
Dostları ilə paylaş: