Исследование в XXI веке Июня, 2023 992 islom dinining markaziy osiyoga kirib kelishi va mintaqa axolisining



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#169021
növüИсследование
  1   2
Jo‘raev Akram Namozovich



Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
992 
ISLOM DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI VA MINTAQA AXOLISINING 
ISLOM DININI QABUL QILISH JARAYONLARI, SABABLARI, VA OMILLARI 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
huzuridagi Malaka oshirish markazi 
Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali
o‘qituvchisi
Jo‘raev Akram Namozovich 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalqimiz tomonidan islom dini kirib kelganidan so‘ng 
bosib o‘tilgan tarixiy yo‘llar, erishilgan ulkan yutuq va marralar, ularning mohiyati va 
ahamiyatini har tomonlama bilish, uni zamondosh ongiga singdirish va fuqarolarda din 
soxasida erishilgan natijalarni his qilib yashash tafakkurini shakllantirish bugungi tobora 
globallashib borayotgan, jarayonlarga to‘la davrda katta ahamiyatga ega ekanligi yoritib 
berilgan.
Tayanch so‘zlar:
geografik, geosiyosiy, sivilizatsiya, xalq, elat, dinlararo bag‘rikenglik, 
diniy, milliy, madaniyat, istilo, siyosiy, Movarounnahr, Arodi at-turk, ixshid, buxor-xudot, 
o‘lpon, sulola, jiz’ya, islom, Najjoriya, Karromiya, Moturidiya, Ash’ariya, Murji’iylar, 
Hanafiy, Mu’taziliylar, Naqshbandiya, so‘fizm ahl al-hadis, murid, murshid, Usul-i jaded, 
Usul-i qadim, kommunist, jadidlar, qatag‘on. 
Ma’lumki, Markaziy Osiyo o‘zining geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli 
madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv nuqtasiga aylangan hudud hisoblanadi. 
Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va 
Hinistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy 
ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon 
manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va qadimgi turk yozuvlarida 
uchraydi. Biroz kechroq davrga mansub lotin manbalarida ham mintaqa turli dinlar va 
xalqlar markazi sifatida zikr etiladi. 
Mintaqa Yevrosiyo qit’asi markazida joylashgan bo‘lib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi 
bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa 
maydoniga aylangan. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida shunday vaziyat yuzaga 
kelganki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik va moniylik) 
yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida 
saqlanib qolgan. Mazkur diniy holat Markaziy Osiyo xalqlarining dinlararo bag‘rikengligini 
ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan mintaqadagi dinlar tarixini o‘rganish hozirgi Markaziy 
Osiyo davlatlari madaniyati va tarixini, qolaversa, ularning turliligi va bir paytning o‘zida 
birligi asosida diniy va milliy kelib chiqishini to‘laqonli tushunish uchun g‘oyatda muhimdir.
Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va 
arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyoga arab yurishlari 643-644 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
993 
yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng 
faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi [1, 21-bet]. 
Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Markaziy Osiyo ikki qismga 
bo‘linadi:
1) Movarounnahr (Ikki daryo oralii). 
2) Arodi at-turk (Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari).
Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi. 
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Birinchi omil Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha Markaziy Osiyoda 
islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini 
saqlab turdilar[1, 29-bet]. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar 
uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Ummaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga 
bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu 
o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida 
qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya 
yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi omil Ummaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom 
dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir*1, 37-bet]. Chunki arablar ilk 
davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan 
kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar. Bu holda 
mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng 
huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati 
g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki o‘lkada arab 
bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. 
Murji’iylarning faol harakatlari VII asrning 20-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn 
Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi[2, 
32 bet+. VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri 
ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul 
qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka 
erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi. Keyinchalik esa, ular garchi arab tilini, qiyin diniy 
amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab yetmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va 
milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) 
harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng 
huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani 
jabhasiga ko‘cha boshladi. 
Murji’iylar ta’limotiga ko‘ra, insonning tilda (iqror bi-l-lison va tasdiq bi-l-qalb) dinni 
qabul qilishi uni musulmon deb tan olish uchun kifoya qiladi[2, 39 bet]. Diniy amallarning 
to‘liq bajarilishi ikkinchi darajali masaladir. Keyinchalik murji’iylar g‘oyalari asosida ilohiyot 
fanida uch yirik ta’limot Najjoriya, Karromiya va Moturidiya shakllanadi. Moturidiya kalom 
maktabining vujudga kelishida Samarqand ulamolar muhiti katta rol o‘ynadi. Bu davrda 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
994 
Movarounnahr siyosiy markazi arablar ta’siri ostida shakllangan Buxoro shahri bo‘lsa, 
madaniy va iqtisodiy hayotda So‘g‘diyonaning qadimgi poytaxti hali salmoqli o‘rin tutar edi. 
Milliy qadriyatlarni, jumladan ilohiyot sohasida eski an’analarni ko‘proq saqlab qolgan 
Samarqand madaniy muhitida yangi ta’limotning vujudga kelishi bejiz emas edi. U. Rudolf 
tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, Moturidiya ta’limotining paydo bo‘lishi bir necha 
bosqichlarda yuz berdi. Birinchi bosqich murji’iy-hanafiy ilohiyotchilari Abu Muqotil as-
Samarqandiy ( 823 y.) va Ahmad ibn Nasr al-Atakiy (IX asr) nomlari bilan bog‘liq. 
Ikkinchi bosqichda Samarqandda al-Juzjoniya (Abu Bakr al-Juzjoniy, Abu Mansur al-
Moturidiy, al-Hakim as-Samarqandiy), al-Iyodiya (Abu Bakr al-Iyodiy, Abu Ahmad al-Iyodiy, 
Abu Salama as-Samarqandiy) maktab vakillari faol harakat qildilar. Ular shu diyorda faoliyat 
ko‘rsatayotgan Abu Hafs al-Buxoriy va Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy maktablari bilan 
birgalikda «ahl as-sunna va-l-jamo’a» nomini oldilar. Keyinchalik uchinchi bosqichda 
mazkur maktablar ta’limoti o‘zaro ta’sir jarayoniga kirishib, XI asrda Abu-l-Mu’in an-Nasafiy 
(v. 1115 y.) va Abu-l-Yusr al-Pazdaviy (v. 1100 y.) sa’y-harakatlari bilan ilohiyot tarixiga 
Moturidiya ta’limoti nomi bilan kirdi*3, 97 bet+. Bu ta’limot keyinchalik Samarqanddan 
butun islom olamiga tarqalib, ahl as-sunnaning Ash’ariya bilan bir qatorda ikki ilohiyot 
maktabidan biriga aylandi. 
So‘nggi 
tadqiqotlar 
Movarounnahr 
hududlarida 
islomning 
ilk 
davrlarida 
ratsionalizmning keng tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkada tabiiyot (Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy) va falsafa (Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino) 
ilmlari bilan bir qatorda ratsionalistik diniy ilmlar ham barq urib rivojlandi. Mu‘taziliylar, 
ismo‘iliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz qoldirdilar. 
Bunga javoban islom dunyosining markaziy hududlaridan traditsionalistlar (an’anachilar, 
ahl al-hadis) ta’limotlari kirib kela boshladi. Islom ta’limotini keyingi davrda paydo bo‘lgan 
yangiliklardan (bid’at) tozalash bu oqimning asosiy shiori bo‘lib qoldi. Bu tanqidiy ruh 
muhaddislarga siyosiy sohada ham ancha muvaffaqiyatlar keltirdi. Hadislarni yig‘ish, 
tartibga solish va faqat ishonchlilarini to‘plamlarga jamlash borasida mislsiz ishlar qilindi. 
Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom ad-Dorimiy, Abd ibn Humayd al-Kashshiy, 
Kulayb ibn al-Haysam ash-Shoshiylar hadis to‘plamlari bilan islom tarixi zarvaraqalariga o‘z 
ismlarini yozdilar. Natijada muhaddislarning ijtimoiy-siyosiy mavqei Movarounnahrda, 
jumladan poytaxt Buxoroda, beqiyos o‘sdi. 
Bu esa o‘z navbatida markaziy shaharlarda shu paytgacha kuchli mavqega ega bo‘lib 
kelgan hanafiylar va yangi guruh – ahl al-hadis o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi*4, 53 bet+. 
Murji’iylar va hanafiylarning diniy qarashlaridagi bevosita aloqadorlik bir necha 
tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Darhaqiqat, o‘z vaqtida Abu Hanifaning (699-767 y.) arab 
bo‘lmagan musulmonlarning ham teng huquqli ekanligi g‘oyasi, ularning jamiyatda 
kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatlari, dastlab, uning ilohiyot sohasidagi, keyinchalik esa, 
fiqhiy ta’limotning Movarounnahr hududida tarqalishiga keng yo‘l ochgan edi[4, 105 bet]. 
Endi jiddiy muxoliflar bosimi ostida hanafiylar o‘z ta’limotlarini rivojlantirishga majbur 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
995 
bo‘ldilar. Abu Abdulloh al-Buxoriy (v. 878 y.), as-Subazmuniy (v. 952 y.), az-
Zandavisatiyning (XI asr boshi) shoh asarlari shu maqsadga xizmat qilgan. 
Hanafiy faqihlar shahar ahlining turli qatlamlari bilan chambarchas mustahkam 
aloqada bo‘lib, o‘z diniy-ijtimoiy faoliyatlarida ularning manfaatlarini aks ettirar edilar. Shu 
paytgacha islomshunoslikda Somoniylarning (874-999) hokimiyatga kelishi o‘z-o‘zidan 
hanafiylarning mavqelarini kuchaytirdi, deb hisoblanar edi. Ammo yangi kashf etilgan 
manbalardan ma’lum bo‘lishicha, asli xurosonlik Somoniylar mahalliy aholi va ularning 
yetakchi vakillari – hanafiylar ta’sir doirasini cheklash va toraytirish uchun ahl al-hadis va 
shofi’iylardan foydalanganlar (jumladan, Ismo‘il Somoniy, 892-907) [4, 77 bet]. Ular 
o‘rtasidagi keskin raqobat kurashi ilm sohasida mumtoz asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Bu o‘rinda Shams al-a’imma al-Halvo’iy, Shams al-a’imma as-Saraxsiy, Abu Zayd ad-
Dabusiy, Faxr al-islom al-Pazdaviy, as-Sadr ash-Shahid, Abu Hafs an-Nasafiy, az-
Zamaxshariy, Alo ad-din as-Samarqandiy, al-Mutarriziy, Burhon ad-din al-Buxoriy, Faxr ad-
din Qodixon, Burhon ad-din al-Marg‘inoniyning fiqh metodologiyasi, fiqhning amaliy 
masalalari, hadis, aqo’id, filologiya, tafsir va boshqa sohalarda yaratgan yuzlab asar 
nomlarini keltirish kifoya. Mazkur asarlar orqali Markaziy Osiyo boy madaniy an’analari, 
diniy tajribasi, huquqiy tasavvurlari islom tamadduni doirasiga kiritildi. Bu bilan islomning 
to‘laqonli, o‘z-o‘ziga yetarli, mukammal mintaqaviy shakliga asos solindi. Unda 
umumislomiy va mahalliy elementlar orasidagi munosabatda hamohanglik, mutanosiblikka 
erishila borildi. 
Ma’lumki, islom madaniyati aksariyat hollarda shahar tamadduni bo‘lib, u asosan 
shaharlarda markazlashdi. Markaziy Osiyoning chetki hududlari, ayniqsa turk hukmdorlari 
qo‘l ostida bo‘lgan mintaqalarda (Arodi at-turk), islomlashuv jarayoni erkin holda kechgan. 
Buning natijasida xalq urf-odatlari, milliy qadriyatlari, madaniy an’analari, hatto boshqa 
konfessiyalar amaliyoti bunday bag‘rikenglik sharoitlarida islomiy tasavvurlar bilan uzoq 
muddatli o‘zaro muloqot va ta’sir jarayoniga kirishdi. Shunday qorishiq an’analar vakillari 
bo‘lgan xarizmatik shayxlarning XIII asr siyosiy hayotidagi mavqelari behad oshadi[5, 18 
bet+. Ular nafaqat ko‘chmanchi aholi, balki shahar aholisining ham e’tiborini o‘ziga qaratdi. 
Kosiblar, hunarmandlar, savdogarlar o‘z guruhiy manfaatlarini bu shayxlar faoliyatlarida 
mujassamlashtira boshladilar. Bu esa sufiy tariqatlarining shakllanish jarayonlarini 
tezlashtirib yubordi. Yangi tariqat nazariy ta’limotlarini ishlab chiqishda tasavvuf tarixining 
mumtoz davr ta’limotlari qo‘l keldi. Bu sohada, masalan Naqshbandiya ta’limoti uchun Xoja 
Muhammad Porsoning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Sufizm amaliyotining asosini zikr tashkil 
etadi. Tariqat hayotini tashkil etishda murshid-murid (ustoz-shogird) aloqalari muhim rol 
o‘ynaydi. Aynan shu aloqa jamiyat ichida o‘zaro manfaatlarni birgalashib himoya qiluvchi 
tashkilot tuzilishi uchun asos bo‘lib xizmat etdi. Kichik sufiy jamoalari rahbarlarining tariqat 
sarhalqasi rahbarligida birlashishi ularning jamiyatdagi qudratli iqtisodiy, ijtimoiy, hatto 
siyosiy kuchga aylanishiga olib keldi. Ulardan bu o‘rinda o‘lka hayotida muhim rol o‘ynagan 
Sayf ad-din Boxarziy, Termiz sayyidlari, Sayyid Baraka, Xoja Ahror, Maxdum-i A’zam, Mir-i 
Arab, Lutfulloh Chustiy, Juybor xo‘jalarni aytib o‘tish mumkin. Siyosiy tarqoqlik yillarida o‘z 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
996 
tashkilotlari madadiga suyangan bu shayxlarning mamlakat siyosiy hayotiga ta’siri yuqori 
bo‘lgan*6, 161 bet+. Xonlar, hukmron doiralar pirlarning qudratli siyosiy mavqeini 
chegaralash uchun turli uslublardan istifoda etganlar. Naqshbandiya, Kubraviya, Yassaviya, 
Ishqiya, Qodiriya tariqatlari shayxlarini bir-biriga qarshi qo‘yish siyosati, “shariat maqomini 
ko‘tarish”*7, 18 bet+ shiorlari bunda qo‘l keldi. Tariqat pirlari tez orada ulamolar qatoriga 
qo‘shilib, jamiyatdagi rasmiy diniy mansablarni egallab oldilar. Ular orasida mudarrislik 
ham bor edi. Ammo an’anaviy madrasa ta’limi va sufiylik tarbiyati orasidagi aloqadorlik, 
o‘zaro munosabat, muvozanat kelajakda tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan masalalar qatorida 
qolib kelmoqda. 
Musulmon dunyosida diniy ta’limning tashkil etilmagan shakli asosiy bo‘lib, unda 
ustoz-shogird binomi muhim rol o‘ynaydi. Maktab-madrasa tizimi vujudga kelishida 
metsenatlik (homiylik) hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qildi. Davlatning yoki shahar 
boylarining homiyligi bu tizim bitiruvchilariga o‘ziga xos ijtimoiy buyurtma vazifasini o‘tar 
edi. Avvaliga ijtimoiy vazifa hisoblangan o‘quv jarayonini tashkil etish ustidan nazorat 
qiluvchi shayx al-islom mansabi ham ko‘p o‘tmay davlat e’tiborini o‘ziga qaratdi. Natijada 
diniy ta’lim tizimini tashkil etish jamiyat hayotida strategik omillardan biriga aylandi. Kim 
bu jabha ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqara olsa, u jamiyat rivojlanishi yo‘nalishlarini 
belgilay boshlagan[8, 18 bet]. 
Markaziy Osiyodagi diniy ta’lim tizimi mazmunan ikki davrga bo‘lish mumkin:
1) Mo‘g‘ullar istilosidan avvalgi davr. 
2) Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davr*9, 181 bet+.
Bu ikki davr darsliklar ro‘yxati, ta’limning maqsadi, undagi o‘qitish darajalariga qarab 
bir-biridan ancha farq qiladi. Temuriy Shohrux (1405-1447) davrida ikkinchi davr yangi diniy 
ta’lim tizimining tamal toshi qo‘yildi. Mazkur tizim, ba’zi kichik tafsilotlarni hisobga 
olmaganda, to XX asr boshlarigacha o‘zgarmay keldi*9, 189 bet+.. Uning negizini 
Movarounnahr va Huroson ulamolari yaratgan asar-darsliklar qurdi. Bu yerda Moturidiya-
Ash’ariya kalomi qorishmasi, hanafiy fiqhi, ahl al-hadis to‘plamlari, arab filologiyasi, mantiq 
bo‘yicha darsliklar asosiy o‘rinda turar edi.
Yevropa madaniyatining XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoga kirib kelishi jamiyat 
hayotining turli jabhalarida, shu jumladan, din sohasida ham islohotlarning boshlanib 
ketishiga turtki bo‘ldi. Usul-i jadid tarafdorlari diniy ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish 
jamiyatni isloh qilishda hal qiluvchi omil bo‘la oladi deb hisobladilar. Usul-i qadim 
tarafdorlari esa an’anachilik mavqeini egalladilar. Diniy ta’lim islohchilaridan kommunistlar 
darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan jadidchilar dunyoviy ta’lim tizimini yaratishni diniy 
ta’lim tizimini batamom yo‘q qilish orqali amalga oshirish amaliyotini ma’qulladilar[10, 109 
bet+.. Bu esa o‘sha paytda olib borilgan sekulyarizm (hayotning barcha jabhalarini din 
ta’siridan batamom tozalash) siyosatiga mos kelardi. Natijada islohchilik harakati din va din 
peshvolarini ta’qib etish siyosatiga aylanib ketdi. Qatag‘on yillarida uch karra olib borilgan 
«katta tozalash»lar («chistka» – 1927, 1936-37, 1949 yillar) oqibatida ma’naviyat va 
ma’rifatga talafotlar yetkazildi*10, 117 bet+..


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
997 
Mazkur xatti-harakatlarning salbiy oqibatlaridan eng asosiysi – diniy madaniyatning 
nazariy qismi daf etilib, diniy hayot dinning quyi darajasi – xalq islomi bilan cheklanib 
qolganligidir. Natijada ma’naviy qashshoqlashish chuqurlashib, milliy madaniyat bir 
taraflama rivojlana boshlanadi. Diniy hayot oilaviy marosimlar (janoza, xudoyi), tabibchilik, 
folbinlik, muqaddas joylarga ziyorat (mushkil-kushod) kabi amallar bilan chegaralandi[11, 
57 bet+.. Oilalarda, hujralarda noqonuniy (yashirin, nolegal) xususiy diniy ta’lim berish 
kuchaydi. Tabiiyki, tez orada bu sohalardagi faoliyat nazorat qilib bo‘lmaslik darajasiga 
yetdi. Ba’zi diniy faollar siyosiy muxolifat mavqeini egalladilar. Mayda tovar ishlab chiqarish 
(tomorqa, savdo-sotiq, mayda va o‘rta biznes) kapitalistik rivojlanishning negizidir. Bu 
iqtisodiy muhitning mafkurasi aksar hollarda xalq islomidan ozuqa oladi. Mazkur ijtimoiy 
qatlamlarning kuchayishi yangi diniy ideologlarni maydonga olib chiqdi. Noto‘liq, bir 
tomonlama bilim olgan, nazariy jihatdan zaif din peshvolari ikki yo‘l o‘rtasida turib 
qoldilar[12, 47 bet].. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va 
tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. 
Islom madaniyati alohida olingan muayyan jamiyatlarda rivojlandi va buning 
natijasida ma’lum mintaqaviy shakllarga ega bo‘ldi. Sof islom faqat mintaqaviy shakllardan 
tashkil topgan. Mintaqaviy islom asosida milliy madaniyat, mafkura va manfaatlar yotadi. 
Uzoq asrlar rivojlanish jarayonida Markaziy Osiyoda ham islom dini milliy madaniyat bilan 
chambarchas bog‘lanib ketdi. Natijada Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi doirasida islomning 
to‘laqonli, o‘z-o‘ziga yetarli, har taraflama boy shakli vujudga keldi. Unda umumislomiy 
unsurlar bilan birgalikda mintaqaviy milliy xususiyatlar ham mavjuddir. Yuksak darajada 
tayyorgarlik ko‘rgan mahalliy ulamolar asrlar osha mazkur nazariy va amaliy bilimlar 
xazinasini saqlab keldilar va uni o‘zgargan davrga moslab turdilar. Bu ulamolar muhiti – 
mintaqaviy islomning muhim tashkil etuvchi qismidir. Keyingi ikki asr davomida bu 
muhitning surunkali zaiflashib borishi mintaqamizga islom dunyosining boshqa qismlaridan 
begona milliy manfaat vakillari, ifodachilari bo‘lgan yot ulamolarning kirib kelib, 
faoliyatlarini boshlab yuborishiga sabab bo‘ldi. Milliy tiklanish, rivojlanish shartlari diniy 
hayotda normal holatni shakllantirishni talab etadi. 
Shuningdek, imom at-Termiziyning asarlari katta tarbiyaviy va ahloqiy ahamiyatga 
ega, chunki ular kishilarni yaxshilikka, ezgulikka, sahovatga, adolatga, xalollikka, bir-birini 
tushunishga, ayollar va otaqonalarga nisbatan izzat-hurmatga chorlaydi. Ularda 
aldamchilik, yolg‘onchilik, riyokorlik, takaburlik, dushmanlik, sotqinlik, zo‘rovonlik va 
boshka salbiy hislatlar keskin qoralanadi. 
Bundan tashqari, Sovet davrida tasavvuf tariqatlarining yana paydo bo‘lishi, ayniqsa, 
to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. To‘g‘ri, zikr ijro 
etish qoidalarini o‘zlashtirish uchun avvalgi rasm-rusum an’analarini saqlab qolishga va 
tasavvuf haqidagi eng umumiy tushunchalarni berishga u yoki bu shaklda uringan alohida 
shayxlar saqlanib qolgan. 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
998 
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda bir qator davlat qarorlari bilan tasavvuf tariqatlari 
va ularning umuminsoniy qadriyatlari xalqning ma’naviy merosining bir qismi deb tan 
olindi. Bu tasavvuf manbalari va tadqiqotlarining tarjima qilinishi va nashr etilishiga turtki 
berdi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin