O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


- rasm. “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

2.5- rasm.
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi 
doirasidagi loyihalarni amalga oshirish 
Vazirlik 
davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish
O‘zR AT va KR vazirligi 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va 
idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish
O‘zR AT sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini 
ta’minlash tizimini takomillashtirish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat 
xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish 


114 
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish 
doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, 
dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar 
buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va 
ma’lumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda 
moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi.
Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish 
doirasida oʻz ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va 
qurish ta’qiqlanadi. Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan 
bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari 
boʻyicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va 
hamkorlik qilish huquqi berilgan. 
Mazkur qaror bilan operator 2022-yil 1-yanvarga qadar: 

operator zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish 
uchun 
olib 
kiriladigan, 
Oʻzbekiston 
Respublikasida 
ishlab 
chiqarilmaydigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi 
va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi; 

Vazirlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza 
stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel 
ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek, 
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga 
qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar olish 
dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi 
uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega; 

eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qat’i 
nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu 
jumladan import shartnomalari tuzishga haqlidir.
2020-yil 
28-aprelda 
qabul 
qilingan 
PQ-4699-sonli 
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida 
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat 
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat 
dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va 
davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy 


115 
etish 
va 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
kengaytirish 
orqali 
respublika iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligini 
yanada 
oshirish 
maqsadida 
raqamli iqtisodiyot va 
elektron 
hukumatni 
yanada 
rivojlantirishning qoʻshimcha vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 
1)
2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki 
mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda, 
shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari 
kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatda hisobot yuritishda 
dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish; 
2)
2020-2021-yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, 
maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va 
mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda aloqa 
xizmatlari 
sifatini 
oshirishni 
koʻzda 
tutgan 
holda 
mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va 
zamonaviy 
telekommunikatsiya 
xizmatlaridan 
barcha 
hududlarda 
foydalanish imkoniyatini ta’minlash; 
3)
2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 
foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va 
resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar 
bazalaridagi 
axborotlarni 
unifikatsiya 
qilish, 
shuningdek, 
davlat 
xizmatlarini koʻrsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish 
orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish; 
4)
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik 
maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-
yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va 
ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish; 
5)
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni 
keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan raqamli 
bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, 
shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-
yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish 
markazlarini ochish. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish 
vazirligi 
raqamli iqtisodiyot va 


116 
elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanib, 
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot 
tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish 
boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari 
hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan 
oʻtkazadi. 
Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn 
texnologiyasini joriy etish boʻyicha vakolatlar saqlab qolindi. Va 
“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilib, 
uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
1.
iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish 
jarayonlarining ta’sirini baholash; 
2.
ekspertlar 
hamjamiyati 
bilan 
hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi 
yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni 
davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar 
ishlab chiqish; 
3.
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli 
texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta 
ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini 
shakllantirish. 
Shuningdek, mazkur qaror bilan 2020 

2022-yillarda elektron 
hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha jami 104 ta ustuvor loyihalar 
roʻyxati ularni amalga oshirishga mas’ul vazirliklar kesimida tasdiqlangan. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin