www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish
haqida so‘z yuritishga asos yo‘q.
Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha
sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi,
shu bois
ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan
oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab
chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi.
Shu bilan birga, mazkur sammitning bo‘lib o‘tgani, unda jahon moliya
inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama
qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri,
undan
ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning
moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli
ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga
bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya
modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni
amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz,
eng avvalo, "shok terapiyasi"
deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan
urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n
va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish
jarayonida tadrijiy yondashuvni,
Dostları ilə paylaş: