www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
— tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy
investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha
turdagi soliq va to‘lovlardan — qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan
mustasno — ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;
— banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar
miqdorini qayta ko‘rib chiqish, byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarning
penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz va preferensiyalar berish.
Uchinchidan
— qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish
xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan
korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. Shu maqsadda 2008 yili
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va
sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullanganini qayd etish
lozim.
Shuningdek, tannarxni kamaytirish bo‘yicha belgilangan parametrlarga
erishish uchun rahbar va mas’ul xodimlarni rag‘batlantirishning ta’sirchan
mexanizmini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga, Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda barcha
turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari
bo‘yicha narxlarning ko‘tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6—8 foizdan
oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu sohalarning ishlab
chiqarish rentabelligini so‘zsiz ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: