Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb
qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib
qoladi.
Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo
e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining
ijobiy natijalarini
bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va
kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa,
butun
iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi,
mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning
samarali faoliyatiga bog‘liq.
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv
darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan
ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z
nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi
lozim.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
Bugungi kunda banklarda omonatlarning ko‘payishiga, ularning bank
tizimiga jalb etilishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganini har tomonlama
chuqur tahlil qilish va bu borada qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak.
Bu o‘rinda gap aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh
mablag‘larini bank sektoriga jalb qilishda ta’sirchan
va uzoq muddatli
rag‘batlantirish omillarini tashkil etish, iqtisodiyotning real sektoriga kredit
ajratishni ko‘paytirish uchun banklarning imkoniyatini kengaytirish haqida
bormoqda.
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini
kengaytirish vazifalari
yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim.
Birinchi navbatda, bu borada investitsiya loyihalarini ekspertizadan
o‘tkazish va moliyalashni tashkil etish bo‘yicha tijorat banklarining
maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur.
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni
izchillik
bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va
xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining
oldini olish imkonini beradi.
Ayni paytda bu dastur inqirozdan so‘ng O‘zbekiston iqtisodiyotining
yanada kuchli, barqaror va mutanosib
rivojlangan holda maydonga
chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash,
shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot
darajasi va farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan
ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal
etish uchun ishonchli zamin
yaratadi.