www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli
rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilgan. Jumladan, ular uchun 2012 yilning
1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda:
— go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik
korxonalar uchun bo‘shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta
jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo‘naltirish sharti
bilan yagona soliq to‘lovi stavkasini 50
foizga qisqartirish;
— tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan,
mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq to‘lovidan ozod qilish.
Hech shubhasiz, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda
iqtisodiyotimizdagi har qaysi sub’yektning imkon qadar ko‘proq
manfaatdor bo‘lishini, ushbu dastur ijrosi ularning har biri uchun eng
muhim ishga aylanishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha rag‘batlantirish
choralarini izlab topish katta ahamiyat kasb etadi.
Inqirozga qarshi choralar dasturining mazmun-mohiyati va asosiy
vazifalariga baho berish asnosida, g‘oyat muhim, prinsipial ahamiyatga
molik bir masalaga diqqatni qaratish o‘rinlidir.
Bu o‘rinda gap jahon iqtisodiy inqirozining
oqibatlarini bartaraf etish,
bank-moliya tizimini mustahkamlash, real iqtisodiyot korxonalariga
yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholini ijtimoiy himoya
qilish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishga e’tibor qaratish bilan birga,
biz ertangi kunimizni, kelajagimizni aslo unutmasligimiz zarurligi haqida
bormoqda.
Boshqacha aytganda, biz hozirdanoq taraqqiyotimizning inqirozdan
keyingi davri haqida chuqur o‘ylashimiz,
bu borada uzoq muddatga
mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish haqida bosh qotirishimiz kerak. Bu
dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun
kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha maqsadli
loyihalarni o‘zida mujassam etishi darkor.
Mana shu o‘ta muhim masalani, aytish mumkinki, hal qiluvchi
strategik vazifani e’tiborimizdan chiqarmasligimiz zarur.
Tabiiy savol tug‘iladi — buning uchun bizda zarur imkoniyatlarimiz
bormi, bunday loyihalarni amalga oshirish
uchun mamlakatimizda qanday
salohiyat yaratilgan?
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Ta’kidlash joizki, ana shunday keng ko‘lamli dasturni amalga oshirish
uchun biz so‘nggi yillarda jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelmoqdamiz. Jahon
iqtisodiy inqirozi esa, mening nazarimda, bu jarayonni yanada
jadallashtirishga turtki bermoqda, uni har tomonlama tezlashtirishni taqozo
etmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish,
texnik va
texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport
salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga
oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-
kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod
bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz.
Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni,
modernizatsiya
va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash bo‘yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi.
Dasturga kiritilishi mo‘ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg‘i-
energetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga,
yengil va to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik
va boshqa sohalarga tegishlidir.
Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan
inshootlarni
quyidagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilmoqda:
kompaniya va korxonalarning o‘z mablag‘lari — umumiy hisobda 8,2
milliard dollar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi
kreditlari — 2,5 milliard dollar, xorijiy investitsiya va kreditlar — 13,5
milliard dollar.
Shunisi e’tiborga sazovorki, ushbu loyihalarning bir qismi bo‘yicha
2007—2008 yillarda qurilish
ishlari boshlab yuborilgan, ba’zilarining
qurilishini esa 2009 yilda boshlash ko‘zda tutilmoqda.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur loyihalarning amalga
oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish
va jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab
chiqarishni o‘zlashtirish hisobidan yiliga 10,4 milliard dollarlik
qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni 6,5 milliard dollarga
ko‘paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish
imkonini beradi.
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz — har bir loyihani qisqa
muddatlarda
barcha manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy
investorlar bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
kelishuvlarni oxiriga yetkazish va 2009—2014 yillarga belgilangan ushbu
strategik muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdir.
YUqorida zikr etilgan vazifalarni inobatga olgan holda,
Dostları ilə paylaş: