O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Toshkent



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Toshkent,
1999, 283-bet.
2 Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Toshkent, 1997, 17-bet.
3 Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Toshkent,
1999, 165-bet.
4 Gap buyuk allom a Ahmad Farg‘oniy (IX asr) yaratgan usturlab asbobi
haqid^ borayotir.
197


katlaridan, bug'laridan, buijlarning o‘zgarishlari-yu, ta’sirlaridan... 
nimani ham tushunadilar»1. Ko‘rinib turibdiki, usturlab muna- 
ijim uchun foydali, inson uchun o‘zligini tushunib yetish ana 
shunday usturlabdir. Faqat bilimli, ilmli insongina o‘z borlig‘ining 
turli xususiyatlarini bilib oladi. 0 ‘z borlig‘ining xususiyatlarini 
qancha ko‘p bilsa Ollohning go‘zalligini, uning o ‘ziga xos xis­
latlarini shuncha chuqurroq anglab yetadi. Alqissa, Jaloliddin 
Rumiyning ishontirishicha, inson Ollohni bilmog‘i uchun, eng 
awalo, o‘zini tanimog‘i, o‘z borlig‘ining qudratini bilmog‘i 
lozim. Jaloliddin Rumiyning tushuntirishicha, insonning o‘zligini 
anglashi, uning imoni bilan bog‘liq. Chunonehi, imon, hatto 
namozdan ham ustundir. Chunki namoz qoidalariga kunda besh 
mahal o‘qilganda rioya qilinsa, imonga hamisha amal qilinadi. 
Namoz ba’zan uzrli sabab bilan qoldirilishi, keyinroq ham ado 
etilishi mumkin. Tmon uchun hech qanday uzrli sabab bilan 
buzilib, keyinroq bajarishga ruxsat yo‘q. Namozsiz imonning 
foydasi bo‘ladi, biroq imonsiz namozning hech qanday foydasi 
yo‘q2.
Jaloliddin Rumiy insonning ma’naviy qiyofasi haqida bir 
talay g‘oyalarni musulmon faylasuflari hukmiga havola qiladi. 
Chunonehi, uning fikriga muvofiq, insonning ma’naviy qiyofasi 
uning qalbi (yuragi) va ruhining oynasidir. Lekin o‘sha oynada 
hamisha ham qalbi va ruhidagi o‘zgarishlar o‘z aksini topaver- 
maydi. Chunki inson bisotida mavjud bo‘lgan hoy-u havas, 
hirs-tuyg‘ular bunga yo‘l bermaydi. Insonning m a’naviy qiyofas­
ini boyitmoq uchun, uning qalbini ortiqcha hoy-u havaslar 
zangidan, turli noxush holatlardan tozalab turmoq zarur. Af- 
suski, qalbga, ya’ni «yurakka sanchilgan tikanni har qanday 
odam anglay olmaydi. Qalbga botgan nishga har kas-u nokas- 
ning nazari tushavermaydi»3.
Rumiyning fikriga muvofiq, ma’naviy yetuk insonda nafaqat 
ijobiy insoniy fazilatlar, xislatlar jamuljam bo‘ladi. Chunki

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin