xos eng muhim xususiyatlaridan biri —
birovlaming aybini,
kamchiliklarini tezda ilg‘ab oladi va undan shoshma-shosharlik
bilan xulosa chiqaradi. Lekin o‘zidagi nuqsonni ko‘rmaydi. Agar
inson o‘z tabiatida bunday nuqson borligini sezganda edi, uni
darhol tuzatishga kirishgan bo‘lar edi. Afsuski,
inson tabiatidagi
bunday nuqsonni sezmaydi. Hatto o ‘z tanasining nuqsonlari:
kalligi yoki chipqon chiqqan qo‘lining yarasidan ko‘ngli ay-
nimaydi. U yarali qo‘lini bemalol ovqatga uzatadi, yalaydi. Ammo
boshqa birovlarning qo‘lida kichik chipqon yoxud yara ko‘rsa,
bas, ovqat yeyishdan to‘xtaydi, jirkanadi. Insondagi yomon fe’llar
ham kallar va chipqonlarga o‘xshaydi. 0 ‘ziga bo‘lganida hech
irganmaydi, o ‘zgada bo‘lsa jirkanadi, nafrat qiladi1.
Rumiyning
tushuntirishicha, insonning o ‘ziga xos xususiyat
laridan biri — hodisa, voqea, narsalarning farqiga borishidir.
Lekin deydi mutafakkir, insonda tanasini farqlash xususiyati
yo‘q.
Farqlash, insondagi m a’nodir. Ana shunday ma’no tufayli
inson o ‘z tanasini boqishga harakat qiladi. Xuddi shu ma’no
tufayli inson tanasi tirikdir2. Xuddi shu ma’no tufayli inson
hayotdan ko‘proq lazzat olishga shoshiladi: yeydi, ichadi, o‘zidan
nasi
qoldiradi, boylik yig‘adi. Ulaming barchasi insonning o‘z
nafsini qondirish yo‘lidagi xatti-harakatlaridir. Boshqacha ayt
ganda, insoniyat yaratgan cheksiz-chegarasiz moddiy va ma’naviy
boyliklar dengizidan bir ko‘za suv olmoqdir. «Dengizga borib,
undan faqatgina bir ko‘za suv olmoq bilan qanoatlanish —
achinarli. Dengizdan olish mumkin bo‘lgan dur-u javohirlar va
boshqa qanchadan-qancha narsalar bo‘la turib, biigina suv olish-
ning nima qimmati bor? Aqlli insonlar
bu bilan qanday qilib
m a q ta n a d ila r...? 3
M odom iki
shunday
ekan,
insonning
tug'ilishidan, yashashidan maqsadi nima?
Rumiyning fikriga ko‘ra, odam bolasi o ‘z xohishi bilan
tug‘ilmaydi. Tug‘ilayaptimi, yashayatirmi, u o'zligini
anglashga,
o'zining kimligini bilishga harakat qiladi. Xuddi shuning uchun
ham, insonning o‘zligini bilishga bo‘lgan intilishi, uning o‘ziga
xos muhim xususiyatlaridan biridir.
Aniqroq qilib aytganda, inson
Dostları ilə paylaş: