sodir bo‘lsa, ya’ni inson suratidan ma’no, mazmun ajralsa
uning jasadining o‘zi qoladi. Ma’nosiz, mazmunsiz jasad hech
kimga kerak boMmaydi.
Bunday jasad, turgan gapki, tuproqqa
ko'miladi1.
Jaloliddin Rumiyning tushuntirishicha,
inson hayotining
ma’nosi va mazmunini tiniqroq tasawur etmoq uchun uni boshqa
maxluqotlardan ajratib turgan o‘ziga xos xususiyatlarni bilmoq
darkor. Uning fikriga muvofiq, inson olamdagi tirik maxluqot
lardan o‘zining
fikrlash qobiliyati, e’tiqodi borligi bilan keskin
farq qiladi. Kishilar o'zlarining e’tiqodlariga qarab uch toifaga
bo‘linadilar. Birinchi toifaga mansub kishilar olamdagi barcha
hodisalar, voqealarning yaratuvchisi (xoliqi),
ularning asraguv-
chisi (hofizi) Xudoning borligiga, ruhning mavjudligiga, o‘limdan
so'ng jazo va mukofot muqarrarligiga qattiq ishonadilar. Ikkinchi
toifaga
mansub kishilar esa, inson ruhining mavjudligini inkor
etadilar. Odam yakka tanadan iborat maxluq, vafotidan so‘ng
uning jismi (tanasi) butunlay yo‘q bo‘lib, fanoga yuz tutadi,
deb hisoblaydilar. Ruhoniyatni, oxiratni rad etadilar.
Uchinchi
toifaga mansub kishilar, yuqoridagi fikr-mulohazalarga shubha
bilan qaraydilar. Shubha ostida yashovchi bunday kishilarda, shub-
hasiz, mustaqil fikr bo‘lmaydi2. Alqissa, inson o'zining e’tiqodi
bilan boshqa maxluqotlardan prinsipial farq qiladi.
Jaloliddin Rumiyning e’tirof
etishicha, insonning muhim
xususiyatlaridan biri — xayol surishdir. Xayol hamisha insonni
o‘z orqasidan ergashtiradi. Masalan, bog‘ xayoli boqqa, do‘kon
xayoli do'konga olib boradi. Lekin
xayollar insondan haqiqatni
yashiradi. Chunki xayol ba’zan biron narsani go‘za 1 qilib, ba’zan
esa xunuk qilib ham ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun ham
«xayollar — ichiga kimdir yashiringan chodirlaiga o‘xshaydi. Qa-
chonki xayollar yo‘qolib haqiqat yuz ko'rsatsa, pushaymonlik
hissi»,3 shubha, gumon insonni tark etadi.
0 ‘rta asrning buyuk m usulm on faylasufi Rum iyning
ta’kidlashicha, inson deb nomlanuvchi tirik maxluqotning o'ziga
Dostları ilə paylaş: