iborat, agar u bo‘lak-bo‘lak qilinsa, uning bo‘laklari harakat
qilishga
qodir emas. Inson tanasining har bir bo‘lagi u hayot
bo‘lib turgandagina harakat qilib turadi. Ana shu harakat ruh
vositasida sodir bo‘ladi.
Jaloliddin Rumiy ta’kidlaganidek, inson tana bilan jonning
birligidan iborat. Shuning uchun ham, inson tanasini jondan va
jonni esa tanadan ajratib bo‘lmaydi. Jon bamisoli bir quyoshga
o‘xshaydi. Uning buguni ham, erta-indini ham mavjud emas,
u abadiy. Jonning sirini, ya’ni jon quyoshining xususiyatlarini,
u to‘g‘risidagi haqiqatni bilishni tanadan tashqaradan izlash
lozim. Chunki u tanadan ajralgach, odam aql-idroki tasawur
qilolmaydigan manzilda yashaydi. Olamda unga o‘xshash hech
narsa yo‘q. 0 ‘sha nomoddiy narsa ruhdir. Inson ruhi bu tanadan
(moddiy olamdan), aslidan judo bo‘lgan qudratdir. Inchunun,
jon yoki ruhning birining ikkinchisidan farq qilishini hamma
ham ilg'ab olavermaydi. Chunki inson tanasidagi jonni birdaniga
ko‘rib bo'Imaganidek, ruhni ham ko‘rish mumkin emas. Ruh
nomoddiy narsa bo‘lib, hamisha yolg‘iz, tanho yashaydi. Uning
makoni g'ayb olamidir1.
Jaloliddin Rumiyning e’tirof etishicha, olamdagi barcha
mavjudotlarni, xususan, insonni ham mavjud qilib turgan qudrat
— harakatdir. Olamdagi hodisalar, voqealar harakat tufayli bir-
birlariga halaqit bermaydilar. 0 ‘sha harakat tufayli makon va
zamonda mavjud bo‘lib turadilar. Hech kimga sir emas, inson
olamda mavjud bo‘lib turgan tirik maxluqotlar ichida eng mu-
rakkabidir. Ayniqsa, uning ichki olami hali o‘rganilmagan
qo‘riqdir. Inson buyuk mo‘jiza bo‘lib, uning ichida hamma narsa
yozilgan. Biroq zulmat va pardalar borki, ular o‘sha yozuvlarni
o'qishga imkon bermaydi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, inson
o‘zining ichki olamidagi yozuvlarni o‘qiy oladi2.
Mavlono Jaloliddin Rumiy fikriga muvofiq, «inson gapiruv-
chi hayvondir». Shuning uchun ham olamdagi boshqa mahlu-
qotlardan o ‘zida hayvoniylik va insoniylik xususiyatlarining
Dostları ilə paylaş: