Antropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat
tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o'zgartiradi, moddiy
va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘zini o‘zi o'zgartiradi.
Inson
organizmining' sof fiziologik funksiyalari, qo‘l va oyoqlarning,
bosh va barmoqlarning, tog‘aylar, paylar, suyak va muskullar-
ning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog‘liqdir. Bun-
dan
tashqari, m ehnat insonning nafaqat jismoniy, balki
ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit
vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga ta’sir etdi. Bu
ning uchun esa mehnat qurollari yasab,
ushbu qurollami uzluksiz
takomillashtirib bordi. Inson, amerikalik olim B.Franklin aytga-
nidek, mehnat qurollarini yaratuvchi maxluqdir.
Mehnat qurollarining yaratilishi — insonning ishlab chiqa-
rish borasidagi faoliyatining o‘q tomiridir. Ma’lumotlarga qara-
ganda, inson mehnat qurollari yaratishni boshlaganiga bir-bir
yarim million yil bo‘ldi. Inson dastlabki
mehnat qurollarini ov
qilish, boshqacha aytganimizda, turli maxluqlami o‘ldirish uchun
kashf etgan. Bu jarayon, ya’ni mehnat qurollarini yaratish jara-
yoni ham ongsizlikdan onglilik tomon o‘sib, rivojlanib bordi.
Mehnat qilish insonni takomillashtirish bilan asta-sekin olam
ning ichkarisiga tomon kirib boraverdi.
Yuqoridagi mulohaza-
lardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mehnat — antropo
genez va sotsiogenez jarayonining markaziy omilidir.
Antroposotsiogenez jarayonida inson ongi, aql-farosati shakl-
lanishida, uning amaliy faoliyatini ma’lum bir maqsad tomon
yo'naltirishda til eng muhim vosita vazifasini bajaradi.
Xuddi
shuning uchun ham tilning taraqqiyoti antropososiogenez jara
yonining eng muhim omillaridan biridir.
Faylasuflar tomonidan til turlicha sharhlandi1. Chunonchi,
keng ma’noda til — madaniyatdir. Shu madaniyat yordamida
kishilar biri — ikkinchisi bilan aloqa qiladi, muloqotda bo‘lishadi,
Dostları ilə paylaş: