O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Примак А.П. Резерв человеческой психики. М ., 1987, 24-бет; Попович



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Примак А.П. Резерв человеческой психики. М ., 1987, 24-бет; Попович
Т.А. О языческой вере наших предков. Санкт-Петербург, 1972, 3-бет.
376


vollarga donishmandlar hamisha javob qidirdilar va hozir ham 
izlayotirlar.
Yuqoridagi savollarga javob bermoq, boshqacha aytganimiz­
da, odamning inson darajasiga ko'tarilish jarayonini to ‘la tasav- 
vur etmoq uchun, awalo, uni olamda mavjud bo‘lgan turli 
biologik mavjudotlar, ayniqsa, boshqa tirik maxluqotlardan ajratib 
turuvchi eng muhim xususiyatlarini bilish zarur. Xo‘sh, olamda 
mavjud bo‘lgan boshqa tirik maxluqotlardan insonning farqini 
k o ‘rsatuvchi eng m uhim xususiyatlar nim alardan iborat? 
Ta’kidlash zarurki, eng awalo, inson olamda mavjud bo'lgan 
boshqa tirik maxluqotlardan o‘zining xotirasi, tafakkuri, tili 
borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til uning ajdodlari va 
avlodlari orasidagi aloqadorlik, vorislik vazifasini bajaradi. In­
son nasliga xos barcha genetik-xususiyatlar, axloqiy normalar, 
uning faoliyatini boshqaruvchi barcha dasturlar, yo‘l-yo‘riqlar, 
ko‘rgazmalar, xuddi shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uza- 
tiladi.
Hozirgi zamonning turli ijtimoiy, antropologiya va etnografik 
nazariyalarining tushuntirishiga ko‘ra, olamdagi boshqa tirik max­
luqotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyat­
laridan yana biri, u o‘z amaliy faoliyatini tartibga, ya’ni ma’lum 
bir normaga sola bilishidir. Boshqacha aytganimizda, inson o‘z 
faoliyatini amalga oshirish madaniyatiga ega ekanligi bilan boshqa 
tirik maxluqotlardan prinsipial farq qiladi. Shu holat insonning 
insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat — madaniyat ekan- 
ligini isbotlaydi. Madaniyat insonlarni ma’lum bir jamiyatga bir- 
lashtirib turuvchi, uning kundalik amaliy faoliyatini ma’lum 
maqsad tomon yo‘naltiruvchi qudrat ekanligidan ham dalolat 
beradi. Inson amaliy faoliyatida ma’lum madaniyat talablariga 
rioya qilishi va uni amalga oshirishi, kishilaming jamiyatga bir- 
lashtirilishida muhim ahamiyatga ega bo'ladi, kishilik jamiyati 
bilan hayvonlar galasi orasidagi tub sifatiy farqning mohiyatini 
ochib beradi. Kishilarning ma’lum madaniyat talablari asosida 
birlashishi, jamiyat tirik maxluqotlar oddiy galasi emas, balki 
undan ustunroq turuvchi yaxlit ijtimoiy uyushma ekanligini is­
botlaydi.
377


Insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim xususiyatlari- 
dan yana biri, u o'zining yashashi, turmushi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish mala- 
kasiga ega ekanligidir. Tarixning guvohlik berishicha, hozirgacha 
bironta hayvon ishlab chiqarish quroli yaratgani yo‘q. Juvoz 
o'qini tinimsiz aylantirishga odatlangan mehnatkash ot o'zining 
vafodor egasiga juvoz uchun o‘q yasaganini, yoki omochni 
mahorat bilan tortib kun bo‘yi yer haydab, dehqon yumushini 
oson qilgan zahmatkash h o ‘kiz o‘z xo‘jayiniga oddiy gavron 
yasab berganini hech kim eshitgan ham, ko‘rgan ham emas. 
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish faqat insonga xos xususi- 
yat bo'lib, undagi barcha qobiliyat va malakalarni namoyon 
qiluvchi ijodiyotdir. Ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida 
insonda mavjud bo‘lgan barcha jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar 
yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon falsafasi shu holatni 
insonning kundalik «amaliy faoliyat»i tushunchasida mujassam- 
lashtirdi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin