VI. INSON -
BIOSOTSIAL MAVJUDOT
Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga qaraganda odam deb atalu-
vchi yagona biologik turga mansub bo‘lgan tirik mavjudotning
insonga aylanishi uzoq davom etgan evolyutsion jarayondir. Ushbu
jarayon, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, uch-uch yarim million
yil davom etgan. Boshqacha aytganimizda, odamning dastlabki
ajdodlari hisoblangan tirik mavjudotning (gomonoid) insonga
aylanishi uzoq davom etgan evolyutsion jarayonning natijasidir.
Insonning dastlabki ajdodlari 0 £rta Osiyoning eng baland
Hindikush, Pomir tog‘lari atroflarida vujudga kelgan. Zamonlar
o‘tishi bilan, ular Hindiston, Eron va Ovrupaning turli hudud-
lariga ko‘chib
0
‘tishgan1.
Insonning faoliyati, turmush tarzi zamonlar o'zgarishi bilan
asta-sekin o'zgarib kelgan. Xuddi shu o‘zgarishning turli-tuman-
ligi nafaqat insonlar, balki uning ajdod va avlodlarining birini
ikkinchisidan farq qiluvchi asos vazifasini bajargan. Boshqacha
aytganimizda, inson faoliyati, turmush tarzidagi turli-tumanlilik
(birov-ovchi, birov-bog‘bon, birov-cho‘pon, birov-temirchi, bi-
rov-ilg‘or, birov esa qoloq va hokazo) insonlaming birining
ikkinchisidan farq qiluvchi muhim belgisi hisoblangan. 0 ‘z nav-
batida, yagona biologik turga mansub bo‘lgan inson faoliyatidagi
turli tumanlilik, rang-baranglilik, uning har bir vakili faoli
yatida individual o‘ziga xoslik mavjud ekanligidan ham dalolat
beradi.
Inson faoliyatidagi turli-tumanlilikning vujudga kelishi fayla
suflar munozaralariga sabab bo‘ldi va bo‘layotir. Chunonchi,
yagona biologik turga mansub bo‘lgan insonning ongi va faoliyati
nega turlicha bo'ladi? Insonning kundalik faoliyati, uning irsiy-
genetik xususiyatlari, tabiiy-ijtimoiy muhit ta’siriga bog‘liqmi yoki
yo‘qmi? Insonning olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan farq
qiluvchi eng muhim xususiyatlari nimalardan iborat? kabi sa-
Dostları ilə paylaş: