226
−
hisob davrini aniqlanishi;
− hisobni va ma'lumotlarni kiritishni avtomatlashtirilishi;
−
xarajat moddalarini aniq belgilanishi;
− barcha bo‗g‗indagi ma'sullar uchun faoliyat samaradorligini asosiy
ko‗rsatkichlarini hisoblanishi;
− 3 ta asosiy moliyaviy xujjatlar (balans, foyda va zararlar hisoboti va pul
mablag‗lari xarakati haqidagi hisobot)ni tarkibini aniq-lanishi;
−
schetlar rejasini tuzilishi;
− tizimni asosiy foydalanuvchilari va ularni taqdim etilayotgan
ma'lumotlarga bo‗lgan talabini aniqlanishi.
Boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishni xalqaro amaliyoti mavjuddir.
Uni asosiy ko‗rsatkichlari va ko‗pgina tamoyillari moliyaviy hisobot va boshqaruv
hisobini xalqaro standartlarida aks ettirilgan. Shuni ham ta'kidlash kerakki, so‗nggi
vaqtlarda boshqaruv hisobi tushunchasini doirasi kengaymoqda va boshqaruv
qarorlarini qabul qilishga ta'sir etuvchi omillar
sifatida raqobat muhiti, mijozlar
bilan o‗zaro munosabatlar tizimi, korxona ichidagi biznes-jarayonlar va boshqalar
ham ko‗rib chiqilmoqda.
Mamlakatimizda boshqaruv hisobini joriy qilishni o‗ziga xos xususiyati
mavjud. Boshqaruv hisobi tushunchasi bo‗yicha xorijda va bizda ikki xil
qarashlarni mavjudligi mazkur xususiyatni bo‗lishiga asosiy sabab bo‗lmoqda.
Xorijda asosiy diqqat ―boshqaruv hisobi‖ terminidagi ―boshqaruv‖ so‗ziga, bizda
esa ―hisob‖ so‗ziga qaratiladi. Bu xolatga sabab xorijiy kompaniyalarda boshqaruv
hisobi tahlil, rejalashtirish va qarorlar qabul qilish uchun,
mamlakatimizdagi
korxonalarda esa imkoniyat qadar haqqoniy, shaffof va aniq ma'lumotlarni olish
uchun ishlatiladi (xorijda bu vazifalarni moliyaviy (buxgalteriya) hisob hal qiladi).
Bizdagi boshqaruv hisobi bu avvalo korxona faoliyati haqidagi
ma'lumotlarni to‗plash va tahlil qilish tizimidir. Mazkur ma'lumotlar tizimi
korxona xo‗jalik faoliyati natijalarini to‗liq va haqqoniy
ifodalaydi va korxona
raxbariyatini ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Undan keyingina strategik hisob va tahlil uchun javobgarlik markazlari darajasida
227
va faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlarni boshqarish maqsadida mazkur tizimdan
foydalaniladi.
O‗z navbatida boshqaruv hisobi keng qo‗llaniladigan mamlakatlarda uni
quyidagi bir necha aloxida turlari shakllantirilmoqda:
− ishlab chiqarish tannarxini hisoblashga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish
hisobi;
− ichki va tashqi ma'lumotlar tahliliga yo‗naltirilgan analitik hisob;
− oddiy va takomillashgan direkt-kostingni ishlatadigan marjinal hisob;
− korxonalarda byudjetlashtirish tizimini shakllantirish va byudjet bajarili-
shini nazorat qilishga yo‗naltirilgan byudjet (rejali) hisobi;
− korxonani rivojlantirishning strategik rejalarini
bajarilishini nazorat
qilishga yo‗naltirilgan strategik hisob. Hisobni mazkur barcha turlari asta sekinlik
bilan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. Boshqaruv hisobini
takomillashtirish nafaqat zamonaviy iqtisodiyotni rivojlanishi talabiga javob
beradigan hisob modelini yaratish, balki boshqaruv
va moliyaviy hisob
ma'lumotlarini integratsiyalashga yo‗naltirilgandir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobi keng rivojlanmoqda. Byudjet
hisobini hisobni aloxida bir turi yoki korxonadagi boshqaruv hisobi umumiy
tizimini tarkibiy qismi sifatida ta'riflash mumkin.
Boshqaruv hisobi tizimi eng avvalo strategik rejani bajarilishini kuzatish va
nazorat qilishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. U quyidagilarni bajarishi lozim:
a) korxona darajasida belgilangan strategik va lokal vazifalarni o‗zaro
bog‗lash(kongruetnost');
b) korxonaning aloxida bo‗linmalari o‗rtasida samarali axborot
almashinuvini ta'minlash;
v) boshqaruvchilar uchun tahlil, nazorat va tegishli reja topshiriqlariga
kerakli o‗zgartirishlarni kiritish uchun foydali bo‗lgan
axborot almashinuvini
ta'minlash.
Boshqaruv hisobi tizimi va strategik rejalashtirish to‗liq bir biri bilan o‗zaro
bog‗langan bo‗lishi kerak (27-chizma). Korxona raxbariyati belgilangan vazifalar
228
kerakli tartibda bajarilayotganligi va oxir-oqibatda korxonani strategik
maqsadlariga erishilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: