“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 131 grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq
etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon
bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxshilashdir.
Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar
berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash
berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil
qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish ka
bi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi.
Analiz -
sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga
beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o’quvchilar o’qituvchi
tavsiya etgan til dalillarini
kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida —
ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qitu
vchining savol - topshiriqlari mazmuni
grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni
tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm,
jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati
o’qituvchining beradigan savol
-
topshiriqlariga bog’liq. Yo’1
-
yo’lakay duch kelgan
savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan
natijani b
ermaydi. So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan
birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi
jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritilib kelinmoqda.