Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894 - yilda asos solgan. Bu
metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas,
balki o’quvchilarning
bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini
o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining
oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni
o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga
yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni
o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning
uchun boshlang’ich sinfda
muammoli o’qitish metodi
yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi.
Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik
- semantik va grammatik mashqlarni
tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1sinfdan boshlab foydalan
ish
mumkin
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida
mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan
mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi.
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma
shaklda bajara
dilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqil
ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u asta - sekin murakkablashtirilib
boriladi. 1 si
nfdan ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring”, ,,Rasmga qarab
sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, ,,Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan
narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar beriladi.
Analiz-sintez metodi savod o’r
gatish darslariga rustuzem maktablari va tatar
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz —
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan