Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, sport, mashqlar, estetik tarbiya, pedogogika.
Jismoniy tarbiya, badan tarbiya
—
sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini
uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi.
Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ah
volini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy
tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat
va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n
qoʻshib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida amaliy jihatdan
ko‘proq o‘z mazmuniga ega. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, u keng
qamrovli ta’lim
-
tarbiya, sog‘lomlashtirish va mehnatga tayyorlash kabi muhim
jarayonlar o‘z ichiga oladi:[1]
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati deganda quyidagi bog‘liqliklar va
vazifalarni tushunish lozim:Jismoniy tarbiyaning aqliy, estetik va mehnat tarbiyasi
bilan bog‘liqligiga qisqacha ta’sir berish mumkin.Aqliy tarbiya. Jismoniy tarbiya har
bir soha yo
ki jarayonning mazmuni va yo‘nalishiga qarab, aqliy tarbiyani
rivojlantirishda xizmat qiladi. Masalan: sportda yoki artistlarning (balet) muz ustida
figurali uchishlarida yo‘nalishlarni va necha marta aylanishlarni bilishlari aqliy
jihatdan boshqarilishini his etishdir.Mehnat tarbiyasi. Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy
mohiyati deganda mehnat qilish qobiliyati oshishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish
gimnastikasi, oraliq-tanaffuslarda turli xil mashq-
o‘yinlar, dam olish kuni sport
mashg‘ulotlari, sayohatlar
va boshqa bevosita xizmatlar ko‘zda tutiladi.Estetik
tarbiyani amalga oshirishda jismoniy tarbiyaning o‘rni o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Bu raqslar, balet, tsirk, darbozlik kabi o‘yinlarda ifoda etiladi. Qo‘shiqchilik san’atida
nafas olishni chuqurlasht
irish, tomoq yo‘llarini toza havo bilan chiniqtirish yo‘llarida
ham jismoniy mashqlardan keng foydalaniladi.Badiiy, ritmik (aerobika) gimnastika,
batutda sakrash, suvda suzish, suv osti gimnastikasi (sinxron suzish), muz ustida uchish
va boshqa sohalarda badiiylik, estetik jihatlar jismoniy tarbiya va sport bilan
bog‘liq.Jismoniy tarbiya va sportdan sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanishda
tabiatning sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchlari (suv, havo, quyosh) hamda gigienik
talablarga to‘la rioya qilinadi. Shu
sababdan ham jismoniy tarbiya va sportning