“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 130 Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan
mav
zu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini
kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon
qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi
ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili
bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish
metodi o’quvchilarnin
g yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3
—
5
daqiqaga mo’ljallangan.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan
va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi
savo - ljavob metodi d
eb ham yuritiladi. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini
o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim
belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli
jihatlariga qarab gur
uhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan
savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining
muammoli o’qitish mctodi sifatida
qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.