PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi
yetarli darajadagi jism bo‘lsa, mo‘rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli
hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi.
Hovonchada modda dasta va qo‘l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari
ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko‘rsatuvchi moddalarni maydalash
uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo‘qolishini
kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.
2-rasm. Hovonchalar 1 — qadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho‘yan hovoncha; 4 — toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emulsiya tayyorlash uchun chinni hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik hovoncha. Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi
qurilmalar mavjud. Bularga misol tariqasida rezina g‘ildirak ko‘rinishidagi stol ustiga
mahkamlash uchun mo‘ljallangan qurilmani ko‘rsatish mumkin.
Elaki dorilarni ko‘p miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib
qo‘yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexanik hovonchalar ishlatiladi .
Bunday hovonchalarning dastasi mexanik aylantirgich — "qo‘l"ga ulangan bo‘lib, asosan
katta o‘lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 — 400 mm) mo‘ljallangan. Hovoncha o‘rnida
ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan
biri M. X. Islamgulov apparatidir (1.5.-rasm).
3-rasm. Islamgulov apparati 1 Maydalangan kukunni yana apparat qopqog‘iga to‘kib (agdarib), ichidagi kukun qopqoqqa
o‘tqaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. (1.6.-rasm).