Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

bilish ehtiyoji
bilan 
o‘zni ifodalash ehtiyoji
bir-biriga bog‘liq 
holda namoyon boladi. Negaki, san’atkor uchun o‘zi ba- 
diiy idrok etolgan haqiqatni o‘rtoqlashish ham, qalbini jun- 
bishga keltirgan his-tuyg‘ularni anglash ham zaruratdir.
Yuqorida misol qilib keltirilgan har ikki asarda ham bir 
narsaning mohiyati boshqa narsa orqali anglanayoiganiga 
shohid bo'layotirmiz. Har ikki ijodkor - Oybek ham, A.Qah- 
hor ham o'zlarini o‘ylatgan muammolarni anglash uchun 
hayotga aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko‘chirgani 
yo‘q. Zéro, bir narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko‘rish 
uchun aqlning o‘zi kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda, 
avvalo, san’aikorona nigoh, san’atkorga xos «qalb ko'zi» 
bo‘lishi lozim. Ya’ni adabiyotdagi bilish fandagidek ratsio- 
nal bilishgina emas, unda aql bilan barobar his, sezgi (in- 
tuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning uchun 
aqlii odamlarning bari ham san’atkor bo'lavermaydi, bo'lol- 
maydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat 
ko'rishga qobil kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. 
Biroq ularning hammasini ham san’atkor demaymiz, nari 
borsa «shoirtabiat», «zukko» deya ta’riflaymiz. Ulardan 
farqli o'Iaroq, san’atkor narsaning mohiyatini ochuvchi bosh­
qa narsani ko'ribgina qolmaydi, uni o'zining tuyg‘u-fikrlarini 
ifodalashga muvofiq tarzda qayta yaratadi (odatga ko‘ra, bu 
«tasvirlaydi» degan mohiyatga nomuvofiq so‘z bilan atala- 
di) va mana shu qayta yaratish jarayoni IJODdir. Ruhning 
alohida va betakror holati bolmish ijod onlarida san’atkorga 
o‘zi izlagan mohiyat ayon bo‘ladi, ya’ni bilish ehtiyoji ham, 
ifodalash ehtiyoji ham ijod jarayonida qondiriladi.
Modomiki badiiy ijod bilishga qaratilgan jarayon ekan, 
demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisadir. 
Faqat bunda bilishning san’atga xos yo'lidan boriladi -
adabiyot badiiy obraz vositasida fikrlaydi va ifodalaydi. 
Shunga binoan, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san’atga 
ham, ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir.
40
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin