Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

inson tomonidan inson uchun
yaratilgan va insonlararo munosabatlar tizimida yashovchi
adabiyot
ham ijtimoiy bolmasligi mumkin emas.
Inson faoliyati qadimdayoq bir-biri bilan uzviy bog'liq 
fundamental xarakterdagi 
amaliy
(mehnat) va 
nazariy
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


(bilish) faoliyat turlariga ajrala borganini aytdik. Ong bilan 
chambarchas bog'liqligi uchun nazariy faoliyat umumiy- 
roq nom bilan 
ruhiy faoliyat
deb ham ataladi. Shu o‘rin- 
da amaliy va ruhiy faoliyat orasidagi eng muhim farqqa 
diqqat qilish lozim. Yuqorida 
inson faoliyatiga
ta’rif berar- 
kan, uning 
maqsadli
boMishini aytdikki, shu maqsadning 
asosida hamisha 
o'zgartirish
tushunchasi yotadi. Faqat bu 
ikki faoliyat turidagi o'zgartirish bir xil emas: amaliy faoli­
yat yo naltirilgan predmet real o‘zgarishga uchrasa, ruhiy 
faoliyat natijasida predmet faqat ongda o‘zgaradi (reailikda 
o'zgarishsiz qoladi). Badiiy adabiyotni ruhiy faoliyat turlari- 
dan biri deb atashga imkon beradigan narsa shuki, ijodkor 
o'zining «faoliyati» yo‘naltirilgan predmetni (keng ma’no- 
da borliqni) o‘z ongida o'zgartiradi va badiiy obraz (badiiy 
voqelik)da aks ettiradi.
Ruhiy faoliyatning o‘zi «aqliy» va «hissiy» qirralarga 
ega bo'lib, bu ikkisi tanganing ikki tomonidek har vaqt 
bir-birini taqozo etadi. Insonning hissiy faoliyati, tabiiyki, 
aqliy faoliyatga turtki beradi, uni o‘sha hislarni anglashga, 
oxir-oqibat o'zini anglashga yo‘naltiradi. Ya’ni ruhiy faoli­
yat predmeti ikkiga ajralmoqda: inson, birtarafdan, o'zidan 
tashqaridagi olamni o‘rganishga, ikkinchi tarafdan, o‘zida- 
gi «olam»ni - o‘zini anglashga intila boradi. Demak, inson­
ning ruhiy faoliyati o'zidan tashqariga ham, o‘z ichiga ham 
yo'naltirilgan boMishi mumkin ekan. Bu esa adabiyot bi- 
lishga, badiiy idrok etishga intilishi mumkin bolgan obyekt 
doirasi chegaralanmagan deganidir.
Insonning borliq bilan munosabatini ikki tomonlama, 
ya’ni har ikki tomon ham faol bo'ladigan aloqa sifatida 
tushunish kerak. Chunki borliqni bilish jarayonida inson 
unga muayyan hissiy munosabatda bo'ladi va, o‘z navbati- 
da, borliq ham uning hislariga ta’sir qiiadi. Shuningdek, 
konkret masalani aqlan idrok etishga ojiz kishi uni hissiy 
(intuitiv) idrok etishi mumkin, zero, inson ongidagi milliard- 
lab hujayralarda asrlardan buyon to‘planib kelayotgan in-
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


formatsiya, qadim ajdodlarga xos bo'lgan va hozir go‘yo 
konservatsiyalangan ruhiy imkoniyatiar yashaydi. Badiiy 
ijod jarayonida ong faoliyati nechog'lik muhim bo‘lsa, ong- 
ning ost qatlamida konservatsiyalangan holda yashovchi 
ruhiy imkoniyatlarning (подсознательное) ishtiroki ham 
ulkandir. Xuddi shu narsaga ulug‘ shoirimiz Cho'ipon o‘n 
yetti yoshligidayoq e’tibor qiigan edi: «... muhit bo‘shlig‘in- 
da bolgan qat’iy to‘lqunning bir-biriga birlashmagidan har 
odamga har xii shodlik va yo ko‘b achchiq ta’sir etmagin- 
dan odamning ko'nglida o‘zi bilmasdan o'rnashub qolg‘an 
va har vaqt, umrining oxiriga qadar saq!anaturg‘an qay- 
g'ulanmak va yo ko'krak kerib ko‘b dam olurday oh urmak- 
lar - hammasi ko'ngulda har xil rangda, har xil kayfiyatda 
to‘lub yotqon adabiyot xosasindan sanalur».1 Cho‘lpon 
«ko'ngul» deb atayotgan narsa, asiida, ongosti qatiam- 
lari (подсознательное^ап boshqa narsa emas. Yosh 
shoirning talqinicha, insonni umr bo‘yi bezovta qiladigan 
va adabiyotning «xosa»si sanaladigan narsalar uning 
o‘ziga sezilmagan holda ko!nglida o‘rinlashib qoladi. Tuy- 
qus xayolimizga kelgan fikr, xulosani biz g‘aybdan deb 
o'yiashimiz mumkin. Asiida esa u qachondir nimaningdir 
ta’sirida tug'ilgan va ongimizning olis burchaklarida rnud- 
roq holda yashab kelgan, endi - muayyan bir vaziyat yu- 
zaga kelganida anglangan o‘z fikrimiz, o‘z xulosamizdir. 
Ijod jarayonini, ijod onlarida san’atkorning o‘zi kutmagan 
kashfiyotlarga duch kelishini yoki o‘zi qiigan kashfiyotni 
anglayolmay qolishini tush ko'rishga mengzasa bo‘ladi. 
Inson tushida o'zini kutayotgan narsani oldindan ko'rishi 
mumkin, ko'pincha bu narsalar ramzlar tarzida ko'rinadi, 
beixtiyor ularning mag'zini chaqishga urinamiz. Holbuki, 
o‘sha ramzlarning hosil bolishiga asos bo'lgan voqealar- 
ning ishtirokchisi bo'lganmiz, o‘y-fikrlarni ongdan, his-ke- 
chinmalarni qalbdan o'tkazganmiz. Endi esa, uxlagan 
chog'imizda, ong ostki qatlami ishlagan, harakatga kelgan.
’ Чулпон. Асарлар. 4 жилдлик. 4-жилд. - Тошкент: Akademnashr, 2016. - Б.З.
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


Inson - ijtimoiy maxluq deganlari bejiz emas. Zero, inson 
sifatida shakllanish uchun odamdan tug‘ilgan bolishning 
o‘zi kifoya emas. Inson dunyoga keltirgani holda, insonlar- 
dan ayro yashagan odam inson sifatida shakllana olmaydi. 
Bunga hayotda ancha-muncha misollar bor. Shunga ko‘ra, 
bizning ongimizdagi bilim va tasavvurlarning aksari vorisiy 
xarakterga ega. Ya’ni bugungi kun chaqalog‘ining ongida 
mavjud imkoniyatlar olis ajdodlar ongida mavjud imkoni- 
yatlardan chandon baland, zero, unda asrlar davomida 
to‘plangan informatsiya kodlangan holda mavjuddir. Bun- 
dan ko'rinadiki, shakllanishi jihatidan ong ijtimoiy xarakter­
ga ega, bizda mavjud olam haqidagi bilim va tasavvurlar 
faqat o‘z ongimizning mahsuli, miyamizning faoliyati nati- 
jasigina emas.
Ayni shu o‘rinda individual ong bilan yonma-yon qo'lla- 
nuvchi «ijtimoiy ong» tushunchasini oydinlashtirib olish 
darkor. Ijtimoiy ong deganda kishilik jamiyati taraqqiyoti- 
ning muayyan bosqichida o‘sha jamiyat a’zolarining ongida 
mavjud bo'lgan borliq (olam, odam, jamiyat) haqidagi bilim- 
lar, tasavvurlarning jami tushuniladi. Ijtimoiy ong bevosita 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-taraqqiy darajasi bilan 
bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, aytaylik, ibtidoiy jamiyat 
kishisi bilan hozirgi zamon kishilari ongidagi olam va odam 
haqidagi bilimlar orasidagi farq yer bilan osmoncha.
Ijtimoiy ongni, ya’ni dunyo haqidagi bilim va tasavvurlar- 
ni hosil qilish, ularni boyitishga xizmat qiluvchi sohalarning 
bari ijtimoiy ong shakllari deb yuritiladi. Shu jihati borligi- 
ni nazarda tutgan holda 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin