Bahor kunlarida kuzning havosi,
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g'amgin nayning navosi,
Nega qalbim to'la o ‘kinch va malol?
Barglar orasiga tinmasdan sira
Oshno yulduzlardan to ‘kiladi nur.
Bilmayman, qiynaydi qaysi xotira,
Titroq yulduz kabi muzlagan shuur.
Mag'lub bahodirning nayzasi misol
M a’yus egiladi terak uchlari,
Barglar soyasida o ‘ynaydi behol
Uyqudagi qizning bedor tushlari.
Atrofimda y o ta rg ‘arib bir viqor,
Bilmam, nega o'chdi qalbim safosi.
Nima ham qiiardim, na ilojim bor,
Bahor kunlarida kuzning havosi.
Ko‘rib turganimizdek, she’rda tabiat manzarasi lirik qah-
ramon ko'nglidan o'tkazib berilayotir. Buni tasvirda lirik qah-
44
www.ziyouz.com kutubxonasi
ramonning ayni damdagi hol kayfiyatiga mos detallarning
bo'rttirilgani yaqqol namoyon etib turibdi. She’rdagi domi-
nant kayfiyat - «bahor kunlarida kuz nafasining esishi»dan
kelgan mahzunlikning manshai qayerda? Ya’ni bu kayfiyat
tabiat manzarasini ko‘rish asnosida yuzaga keldimi yo shu
kayfiyat bilan atraíga qaragani uchun lirik qahramon ayni
manzarani ko'rdimi? ínson ruhiyati xususiyatlaridan kelib
chiqsak, ikkinchi hol haqiqatga yaqinroq. Sirasi, matn ham
shunga dalolat qiladi: lirik qahramon qalbi «o'kinch va ma-
lol»ga to‘liq holda atrofiga nazar soladi, shu sababli nay
navosi
g'amgin,
terak uchlari
m a’yus,
qalb safosi
o ‘chgan,
atrofida
g'arib
bir viqor yotadi... 0 ‘zidagi mazkur hol-kay-
fiyatni anglashga choglangan lirik qahramon sababni
«bahor kunlarida kuzning havosi» qaror topganida ko‘ra-
di. Ya’ni bu o'rinda «bahor kunlarida kuzning havosi» -
obraz, lirik qahramonning ko'ngil holini ifodalash vositasi.
Demák, ayni obraz bilan u ifodalayotgan ko'ngil holi orasi-
da o'xshashlik (analogiya) borki, shu asosda ular orasida
ifoda va ifodalanmish munosabati yuzaga keladi. Shunga
ko‘ra, avvalo, obraz ifodalashi mumkin bolgan kayfiyatni
umumiy tarzda tasavvur qilib ko‘rish kerak. Umumiy tarz-
da deganda biz hol-kayfiyatning universal qolipi - struk-
turasini nazarda tutmoqdamiz. Shu jihatdan talqin qilsak,
«bahor kunlarida kuzning havosi» obrazi
orzu-umidlarchil-
parchin bolgani, dildan ishonganlaringning sarobga aylan-
gan/dan keluvchi mahzunlikni ifodalashga mosdir. Bunday
holat esa inson hayotida turli sabablar bilan, turli ko‘lam
va darajalarda namoyon bolishi mumkin. Deylik, u inson-
ning shaxsiy hayoti (masalan, uning muhabbat tarixi) bilan
bogliq ham, jamiyatning uzvi sifatidagi hayoti (masalan,
muayyan g'oyalarda aldanish) bilan bogliq ham yuzaga
chiqaveradi. Demak, misol qilib keltirilgan she’rni kamida
ikki turli tushunish va talqin qilish imkoni mavjud. Bu o‘rin-
da biz uchun ikkinchisi - ijtimoiy hayot bilan bogliq talqini
muhimroq.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mazkur she’r 1967-yilda yaratilgan edi. Nechun endi
A.Oripov bahor kunlaridagi kuz havosi haqida gapiradi?
Gap shundaki, she’r yozilgan payt 50-yil!arning o‘rtalaridan
keyin jamiyat hayotida kuzatilgan uyg'onish, nisbiy erkin-
likning 60-yiliarning o'rtalaridan yana qayta bo‘g‘ila bosh-
lagan davriga to‘g‘ri keladi. A.Oripov jamiyatning bir a’zo-
si sifatida, erkka tashna ijodkor sifatida bu holdan iztirob
chekadi, azoblanadi. Hassos shoir o'zini qiynagan DARD
suratini tabiat manzarasida ko‘radi, o‘sha manzarada «ba
hor kunlaridagi kuz havosi»dan kelgan iztirobini, aiam-u
0
‘kinchini ifodalaydi. Jamiyatning ko'zi ochiq a’zolarini
iztirobga solgan bu ijtimoiy dard chinakamiga shoirning
shaxsiy dardiga aylangan, dardning shaxsiylanish daraja-
si shunchalarki, u aks ettirilgan she’rni biz endi «ko'ngil
she’riyati» namunasi deyishga, uni «sof san’at» hodisasi
o'laroq tushunish va baholashga moyilmiz.
Albatta, chinakamiga shaxsiylanish uchun ijtimoiy dard
qalb qozonida obdan qaynashi kerakki, olovining taftidan
shoirning yurak-bag‘ri jizg‘anak bolishi tayin. Faqat buning
uchun ulkan haroratli qalb, beqiyos ijodiy matonat, bir so‘z
bilan aytganda, chinakam SAN’ATKORlik iste’dodi taqozo
qilinadi. Ayon bo'lyaptiki, ijtimoiy dardning tom ma’nodagi
shaxsiylanishi hamma ijodkorlarda yoki bir ijodkorning bar-
cha asarlarida birdek kuzatilishi mumkin emas. Qiyomiga
yetmagan ijtimoiy dard aks etgan asar esa shior, dastu-
rilamal, tashviq yo chaqiriq, xullas, har ne bo'lishi mum-
kin-u, badiiyatdan yiroq tushadi. Negaki, ijtimoiy dard ijod
korning shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor o‘sha dardni
chinakamiga qalbidan kechirmasa, biz yuqorida aytgan
«yalang'och ijtimoiylashuv» yuzaga keladi. Sho'ro davri
adabiyotining eng katta fojiasi ham shunda edi. Totalitär
tuzum barchaning birdek o'ylashini taqozo etgandiki, bu
narsa jamiyatda shaxs maqomining susayishi, jumladan,
ijodkor shaxsining yemirilishiga olib keldi. Buning natija-
si o'laroq ijtimoiy dard ijodkor qalb qozonida obdan qay-
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
namasdan, faqat rasmiy mafkuraning badiiy!ashtirilgan
ifodasi bo'lmish shiorbozlikka to la she’rlar, hayotni rasmiy
mafkura ko'zi bilan koYuvchi, tasviriovchl va baholovchi
(garchi «sotsialistik realizm» namunasi sanalsa-da, rea-
lizmdan tamomila yiroq) epik asarlar yaratildi. Bu esa ada-
biyotning tussizlashuviga, ijodiylikning inqiroz topishiga
olib keldi. Adabiyotdagi tussizlikning boisi shuki, shoYo
adabiyotidagi (ayniqsa, 30 - 50-yillardagi) ko'plab asarlar-
da ijtimoiylik bolgani holda, ijodkor shaxsi yo‘qolgan, nati-
jada ular bir-biridan shakliy xususiyatlari bilangina farqla-
nadigan, go'yo rang-barang qog‘ozlarga o‘rab berilgan
bitta matohga aylanib qolgandi. Albatta, chinakam iste’dod
bunday bo‘g‘iq sharoitga ko'nikolmaydi, isyon qiiadi. Shu
bois hatto mustabid tuzum zug'umi avjiga chiqqan davr-
larda yaratilgan asarlarning ay rim oYinlarida ijodiy «men»
goh-goh bo‘y koYsatib, asarga jonlilik baxsh etib turadi.
60-yillardan esa adabiyotimizda ijodiy «rnen»ning isyoni
kuchlfroq namoyon bola boshladi, dunyoni o'zicha tushu-
nish va baholashga intilish boshlandi. Shunga qaramay,
bular adabiyotimizning umumiy hoiatini, «havosi»ni bel-
gilay olmas, zero, rasmiy mafkura rag'bati bilan kuchay-
gan «yalang‘och ijtimoiylik» bir tushovga aylanib qolgan
va dadil olg‘a bosishga imkon bermasdi. Albatta, bularni
e’tiborga olib ko'pchilikning adabiyotdagi ijtimoiylikdan
bezganlik kayfiyatini tushunsa boladi, biroq mafkura tazyi-
qi bilan «yaiang'ochlangan ijtimoiylik»ni deb adabiyotning
tabiatiga xos ijtimoiylikni inkor qilish ham ilmiy jihatdan
to'gYi bolmaydi. Umuman, adabiyotning mohiyatidagi ijti
moiylikni inkor qilish ayon haqiqatga ko‘z yumish demak-
dir. Zero, yuqorida aytilganidek, insonning o‘zi - ijtimoiy
maxluq. Shunday ekan,
Dostları ilə paylaş: |