O'quv qo'llanma


Axborot xavfsizligini ta’m inlashning apparat-dasturiy vositalari



Yüklə 4,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/92
tarix29.11.2023
ölçüsü4,33 Kb.
#169848
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Axborot xavfsizligini ta’m inlashning apparat-dasturiy vositalari
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari - axborotni 
muhofaza 
qilish 
funksiyalarini 
(foydalanuvchilami 
identifikatsiyalash 
va 
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealami qayd 
qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki 
boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotlami muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini 
ta’minlashga m o‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta ’minoti tarkibiga 
kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o ‘zgartirishlardan 
himoyalanish, 
kompyuter tizimlarida 
axborotlami 
qayta 
ishlash jarayonini 
himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho 
bermaslik foydalanuvchilaming axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlami keltirib 
chiqarishi mumkin.
Tarmoqning 
xavfsizligi 
undagi 
barcha 
kompyuterlaming 
va 
tarmoq 
qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil 
etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro'sizlantirishi mumkin.
Hamma 
foydalanayotgan 
tarmoqdan 
kelib 
chiqayotgan 
tahdidlami 
blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va 
apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Axborotlami muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda. faqatgina 
axborotlar xavfsizligini ta ’minlashga moMjallangan va kompyuter vositalarining 
dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.
Axborotlami muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilami 
kiritish mumkin:
kompyuter 
tizimlarida 
foydalanuvchilami 
identifikatsiyalovchi 
va 
autentifikatsiyalovchi dasturlar;
-
kompyuter 
tizimlari 
resurslaridan 
foydalanuvchilaming 
huquqlarini 
cheklovchi dasturlar;
- axborotlami shifrlovchi dasturlar;
23


- axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta ’minotni, m a’lumotlar 
bazalarini. ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o'zgartirishlardan. 
foydalanishlardan va ko'paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.
Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta ’minlashga taalluqli m a’noda 
identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir 
qiymatli tanib olishni bildiradi. Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu 
sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).
Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib 
quyidagilami keltirish mumkin:
- qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va 
hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;
- kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bogMiq boMgan turli voqea va 
hodisalami tiklash ham da shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun 
foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);
- qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzami go‘yoki 
yopiq axborotlarni olgan deb chalg'itish);
- kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o'tkazuvchi nazorat 
dasturlar va boshqalar.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga 
quyidagilar kiradi:
- ko‘paytirishning osonligi;
- moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qoMlaniladigan muayyan kompyuter 
tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o ‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash 
imkoniyati);
- qo ‘llashning qulayligi - bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar 
«shaffof» 
(foydalanuvchiga 
ko‘rinmaydigan) 
rejimda 
ishlaydi, 
boshqalari 
foydalanuvchidan 
hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari 
bilan 
taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi;
- ulami axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun 
o'zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz 
imkoniyatlari mavjudligi.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga 
quyidagilar kiradi:
- himoyalovchi dasturlaming faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan 
foydalanish hisobiga boMgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;
- juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat vositalar 
bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);
24


- axborotlami himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalaming kompyuter 
dasturiy 
ta ’minotiga bevosita o ‘matilmagani 
(quyidagi rasmlar), 
bu holat 
qoidabuzaming ushbu dasturlami chetlab o ‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;
- kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlami himoyalashning 
dasturiy vositalarini qasddan o ‘zgartirish imkoniyati.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta ’siridan va o ‘zgartirishlardan 
himoyalanish, 
kompyuter tizimlarida 
axborotlami 
qayta 
ishlash jarayonini 
himoyalashning mustaqil yo'nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho 
bermaslik foydalanuvchilaming axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlami keltirib 
chiqarishi mumkin. Viruslaming ta ’sir mexanizmlarini, ularga qarshi kurash usullari 
va vositalarini bilish viruslanishga qarshi harakatlami samarali tashkil etish, ulaming 
ta ’siridan zararlanish ehtimolligini va talafatlami minimumga keltirish imkonini 
beradi.
Kompyuter viruslari - bu kompyuter tizimlarida tarqalish va o ‘zini o ‘zi ishlab 
chiqish xususiyatiga ega bo‘lgan kichik hajmdagi bajariluvchi dasturlar.
Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanayotgan 
dasturiy vositalar yoki 
m a’lumotlami yo‘q qilishi yoki 
0
‘chirib yuborishi mumkin. Tarqalish jarayonida 
viruslar o'zini modifikatsiyalashi mumkin.
Viruslam ing ommaviy tarqalib ketishi va ulaming kom pyuter tizimlari 
resurslariga ta ’siri oqibatlarining jiddiyligi, maxsus antivirus vositalarini va ulami 
qo‘llash usullarini yaratish va foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Antivirus 
vositalari quyidagi masalalami hal etish uchun qoMlaniladi:
- kompyuter tizimlarida viruslami topish;
- vims - dasturlar ishini blokirovka qilish;
- viruslar ta ’sirining oqibatlarini bartaraf qilish.
Viruslami topishni, ulami joylashib olish bosqichida yoki hech boMmaganda 
virusning buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan maqsadga 
muvofiq. SHuni ta’kidlash joizki, barcha turdagi viruslami topishni kafolatlovchi 
antivirus vositalar mavjud emas.
Virus topilgan holatda, uning tizim ga keltirishi mumkin bo'lgan zararli ta’sirini 
minimallashtirish maqsadida darhol virus-dastum ing ishini to'xtatilish lozim.
Virusning ta ’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo ‘nalishda olib boriladi:
- virusni o ‘chirish;
- fayllami, xotira sohalarini tiklash.
Tizimni qayta tiklash virus turiga, uni aniqlangan hamda zararlovchi ta’sirini 
boshlagan vaqtiga bog‘liq. Viruslar tizimga kirish jarayonida, o ‘zini saqlaydigan 
joydagi m a’lumotlami o'chirib yuborsa hamda zararlovchi ta ’siri natijasida 
m a’lumotlarni o'zgartirish nazarda tutilgan boMsa. zaxiraga olingan ma’lumotlarsiz 
y o ‘qolgan m a’lumotlami tiklab bo‘lmaydi.
25


Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va kombinatsiyada 
qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va 
apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Kompyuter tizimining xavfsiz ishlashining asosiy shartlaridan biri, amalda 
sinovdan o ‘tkazilgan va o‘zining yuqori samara berishini ko‘rsatgan bir qator 
qoidalarga rioya qilish hisoblanadi.

Yüklə 4,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin