2-mavzu. Umumta’lim maktablarida tarbiya fanini joriy etishning dolzarbligi; maqsad va vazifalar (2 soat) Reja



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#169876
1   2   3   4   5   6   7   8
2-amaliy

Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
-bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
-o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun ko`rash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g`ururini yerga urmaslik; 
-Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k.
Yaponiya ta’limidagi;
-bolani maktabga puxta tayyorlash; 
-kichkintoylar ta‘lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
-o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e‘tibor; 
-o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
-yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar; 
Germaniya ta’limidagi:
-tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e‘tibor; 
-o`qituvchilarning mehnat ta‘limini mustahkamlash;
-kasbga yo`naltirish; 
Fransiya ta’limidagi :
-maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish
- boshlang`ich ta‘limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
- o`quvni didaktik vositalar bilan ta‘minlashga berilayotgan katta e‘tibor; 
-o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli 
jihatlar bizning ta‘limga ham kuchsa, bizning pedagogikamiz olg`a qarab dadil qadam bosgan bular edi.
Albatta, ta‘limga har qanday yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. ―Zo`rlab 
tiqishtirish‖ bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta‘limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo`l qo`yib bo`lmaydi. 
Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan ―Islohotlar‖ ni joriy etish, yangi o`quv 
muassasalari to`g`risida ham ta‘lim vazirligi tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y bermoqda, aksariyat 
shunday ―isloh‖ qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni bermaganligi uchun oddiy maktablar va 
sinflarga aylantirilmoqda.
Fikrimizcha, turli islohotlarni, shu jumladan, chet el ta‘limidagi u yoki bu ibratli ish uslubini joriy 
qilishda Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, o`quv uslubiyat markazlari bilan bamaslahat ish ko`rish maqsadga 
muvoffiqdir. O`ylaymizki, pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot insitituti Respublika o`quv-metodika markazlari ham 
chet el ta‘limini joriy etish bo`yicha o`quv muassasalarimizga o`zlarining nazariy-metadologik tavsiyalarini 
beradilar. 
Berilgan yangiliklar, ma‘lumotlar, axborotlar asosida har bir pedagogik jamoa o`z pedagogik 
faoliyatlarini tahlil etib, uni qayta ko`rib chiqadilar. Mamlakatimiz ta‘limini yangi bosqichlarga ko`tarishga o`z 
hissalarini qo`shadilar degan umiddamiz.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin