84
ikki qismga bo‘ladi: uning yuqori qismi miya qutisi va pastki qismi
yuzdir.
Bosh suyagini chizishda o‘tkazilgan vertikal va gorizontal chiziqlar
kesishgan joy krestovina (krest yoki qo‘shuv (+) alomatini ifodalaydi)
hajmni tasvirlashda, boshning fazoviy vaziyatini aniqlashda katta
ahamiyat kasb etadi.
Shundan so‘ng boshni uch qismga bo‘lamiz: birinchisi – jag‘dan
noksimon burun teshigining pastki qismigacha; ikkinchisi – burun
ostidan ko‘z kosasining yuqorisigacha va ko‘z kosasi yuqorisidan miya
qutisi do‘mbog‘igacha bo‘lgan joydir.
Umumiylikdan xususiylikka o‘tish tamoyiliga asoslangan holda,
yuz qismining aniq nisbatlarini topish jarayonida har bir detalning aniq
o‘rnini belgilaymiz. Bunda birinchi bo‘lak, ya’ni pastki qism yuqori va
pastki jag‘ni ajratamiz.
Ishni bajara borib, biz doim oldimizda tekis emas, balki hajmli
narsa turganligini esdan chiqarmasligimiz kerak. O‘tkazilgan
yordamchi chiziqlar faqatgina chizishni osonlashtirish uchungina
kerakligini unutmaslik lozim. Shu tariqa ishni murakkablashtira borib,
asosiy katta tuslarni berishni boshlaymiz.
Ishni yakunlash bosqichida bosh qutisining hajmini aniqlash uchun
tus munosabatlari birligiga erishishda shtrix va tuslarni doimo
solishtirish zarur. Shu bois odam rasmini chizish badiiy ta’limda eng
muhim o‘rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: