3
KIRISH “Natyurmort chizmatasviri” fani badiiy ta’limda bo‘lajak rassom mutaxassislarni tayorlashda asosiy o‘quv fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Natyurmort chizmatasviri mustaqil o‘quv predmeti sifa- tida borliqni haqqoniy tasvirlash, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik did va ehtiyojlarini tarbiyalashda cheksiz imkoni- yatlarga ega. Natyurmort chizmatasviri va rangtasvir namunaviy fan dasturi Natyurmort chizmatasviridagi ta’limdagi o‘rni, dizayner tayyorlashda chizmatasvir va rangtasvir fanlarining talabalarini kasbiy tayyorlashda o‘rnini, o‘quv fanining maqsad va vazifalarini aniq va ravshan belgilagan. Jumladan fan bo‘yicha talabalarning bilim, qo‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yilgan, ya’ni: Natyurmort chizmatasviri va rangtasvir bilim asoslarini, buyuk usta rassomlar ijodini o‘rganish; Natyurmort chizmatasviri va rangtasvirda qo‘llaniladigan turli uslublarni, tasvirlash qonuniyatlarni bilishi; mavjud voqelikni butun rang barangligi va qo‘lami bilan idrok etish. Shuni ta’qidlash joizki, Natyurmort chizmatasviri bo‘lajak dizayner – rassom kasbiy tayyorgarligida alohida o‘rin egallaydi. Natyurmort chizmatasviri tasviriy san’at asosini tashkil etib, talabaga badiiy mahorat zaminini yaratadi. Natyurmort chizmatasviri fanini chuqur o‘rganish maqsadida talabalar ushbu fandan doimo mashq va topshiriqlarni bajarishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Shuning- dek chizmatasvir fanidan mashq va topshiriqlar o‘quv qo‘llanma oldida Natyurmort chizmatasviri nazariy va amaliy “sirlari”ning qirralarini ochib berish, talabalarga kompozitsiyaning umumiy qoidalari, proporsiya munosabat-lari, shakl, yorug‘ - soya, chiziqli perspektiva kabi Natyurmort chizmatasviri konuniyatlarini o‘rgatish maqsad etib qo‘yildi. Natyurmort chizmatasviri asoslarini o‘rgatishda chizmatasvir va uning maqsad – vazifalari, tasvirlashning asosiy qonun – qoidalari, natyurmortning kompozitsiyasi, kompozitsiya qonuniyatlari, o‘quv natyurmortini ishlash metodikasi, xomaki chizmalar va qoralamalar, sifatli surat chizish tamoyillari, hajm chiqarish, kompozitsiya, antik davr haykallari (David, Venera, Sokrat), tirik odam bosh qismini
4
tasvirlashni o‘rganish (3ta rakursdan), inson yuz qismi yelka kismgacha (byust) tasvirlash xal etuvchi rolni o‘ynaydi va bo‘lajak rassom - dizayner uchun kerakli grafik ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Qo‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, mazkur o‘quv qo‘llanma oldida yuqorida qo‘rsatilgan mavzularning nazariyasi va amaliy qismini chuqur o‘rganib, muntazam ravishda mashq va topshi- riqlar asosida Natyurmort chizmatasviri qoidalarini chuqur o‘rgatish qo‘yilgan. Shu sababli men o‘quv qo‘llanmada chizishdan oldin tasvirlash san’atining nazariy asoslariga xam e’tiborni qaratdim. Bu asosan rasmda kompozitsion echim, chiziqli – asos tuzilishi, nisbatlar, yorug‘ - soya qonunlari, ishni bajarish ketma-ketligi kabi mavzularda o‘z aksini topgan. Ma’lumki, dizayner - rassom bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida gipsdan yasalgan geometrik jismlar rasmini, ular to‘plami, gipsdan yasalgan turli naqshlar, rozetkalar rasmini tasvirlash kabi o‘quv topshiriqlari muhim o‘rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan mavzular bo‘lajak rassom – dizaynerlarning qaysi turida faoliyat ko‘rsatmasin ijodiy kreativ faoliyatlarida juda qo‘l keladi. Insonni tasvirlash asosida ham gipsdan yasalgan anatomik modellar, bosh qismi detallari ko‘z, quloq, burun, og‘iz va hokazolarni o‘rganib so‘ng antik davr haykaltaroshligining yorqin namunalaridan «David, Gudon modeli, Antinoy, Diadumen, Suqrot, Valter va boshqalarning gipsdan yasalgan modeli rasmini chizishga o‘tiladi. Yuqoridagilar hammasi tirik insonni tasvirlashda boshlang‘ich manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi bosqichdan boshlanadigan chizmatasvir bo‘yicha o‘quv topshiriqlari perspektiva, plastik anatomiya kabi ilmiy bilim asoslari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda talabalar pedagog rahbarligida va mustaqil ravishda chizmatasvir bo‘yicha usuliy o‘quv adabiyotlarini o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. Talabalarni rasm bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan ketma - ketlik usulini qo‘llashga o‘rgatish zarur. Bu haqda bir qator buyuk musavvirlarlar, rassom – pedagoglar o‘z traktatlarga qo‘rsatganlar. Natyurmort chizmatasviri asoslarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak rassom - dizayner natura (narsaning o‘ziga qarab), xotira – tasav- vurdan chizishni o‘rganadilar. Rasm chizishni o‘rganishda chiziqli
5
perspektiva qonunlarini o‘rganib, amaliyotda qo‘llash ham benihoya muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, I kursda kuzatish perspektivasi asoslarini egallash juda muhimdir. Shu bilan birgalikda talaba professional va usuliy tayorgarligida predmetlarning konstruktiv tuzilish qoidalarini o‘zlashtirish muhim o‘rin egallaydi. Chizmatasvir bo‘yicha o‘quv dasturi ma’lum didaktik tizimga keltirilgan. Topshiriqlarni bajarishga qaratilgan o‘quv topshiriqlari gipsli (ganch) modellar ustida ishlashni nazarda tutadi. Bu oddiy geometrik figuralar (kub, konus, shar, silindr va h.z.), gipsli bosh modelining qismlari (ko‘z, quloq, burun), qadimgi klassik haykal – Mikelanjeloning “David” asari va boshqa antik modellar. Shu bilan birgalikda dasturda turli xil qisqa muddatli rasmlar (qoralama, chizgi) bajarish ham nazarda tutilgan. Geometrik jismlarni ma’lum bir kompozitsion guruhga tuzib ishlash talabalarga rasm chizish qoidalarini (perspektiva, konstruktiv tuzilish, yorug‘lik – soya tarqalishi) o‘rganishga yordam beradi. Kelajakda talabalarga murakkab jismlarning konstruktiv tuzilishi qoidalarini tushunish va o‘zlashtirishda mazkur topshiriqlar asos bo‘ladi. Gipsli mashqlarni tasvirlash mazmuni perspektiva va yorug‘ soya nazariyasini amaliyotda qo‘llay olishga qaratilgan. Antik haykal- larning bosh qismlarini tasvirlash odam anato-miyasini chuqur o‘rganish va rasm bajarish amaliyotida qo‘llashni talab etadi. Talabalar tushunishi va chizishini osonlashtirish maqsadida bir naturaning bir qator ko‘rish nuqtalaridan chizilgan tasvirlari kelti- rilgan.