Natyurmort chizmatasviri


 Naturadagi rangtasvir jarayoni , natyurmort ishlash usullari



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

2. Naturadagi rangtasvir jarayoni , natyurmort ishlash usullari 
hamda uning o‘ziga xosliklari 
Naturadan rangda tasvirlash jarayoni 
o‘z qonun-qoidalariga ega. 
Ishning boshlanish qismida nimalar qilish, o‘rtasida qaysi masalalarni 
hal etish va ish oxirlab qolganida uni qanday yakunlash kerakligini 
bilish zarurdir. 


11 

umumiy tus va rang holatlari va natura bo‘yoqlarining bir-biriga 
yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish; 

katta rang – tusli munosabatlar chegarasidagi rang-tuslarning 
“cho‘zilishi”, alohida buyumlarni xajmli shakllarini batafsil rangli 
qayta ishlanishi. 

Butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi hamda kompozitsiya 
markazini ko‘rsata bilish. 
Bu masalalarning har biri nima bilan yakunlanishini ketma-
ketlikda ko‘rib chiqamiz. 
Tasvirlashni to‘liq rangtasvirli qurilishi, naturaning asosiy qismlari 
orasidagi tus va ranglar munosabatlarini aniq va to‘g‘ri ko‘rsatilishi 
bilan aniqlanadi. Natyurmortda ular – fon, natura qo‘yilmasidagi stol 
yuzasi va buyumlar xisoblanadi. Manzarada esa – osmon oralig‘idagi 
yer yuzasi va daryodagi suv, oldingi, o‘rta va orqa oraliqdagi 
ko‘rinishlardir. Agarda bu asosiy rang-tuslar munosabati (farqlari) 
“etyud”da noto‘g‘ri tasvirlansa, manzaradagi ob’ektlar yoki buyumlar 
shaklidagi rang-tuslari, reflekslar va jism bo‘laklari ustida har qancha 
berilib ishlanmasin, yuqori saviyali mukammal rangtasvirga erishib 
bo‘lmaydi. Qalamtasvirni ishlashda ham taxliliy masala bajariladi: 
dastlab buyumning “konstruktiv” – ichki qurilishi , nisbatlari, yaxlit 
umumiy shakli topiladi. Rassom shunday sharoitda aslo bu masaladan 
chekinmaydi, naturani umumiy va yaxlit ko‘radi. N.N.Ge bejiz 
rassomlarni ogohlantirmagan: “Naturadagi bosh qismlarni belgilab, 
nisbatlarni tekshirish uchun darhol asosiy soya va yorug‘likni umumiy 
sinchiklab o‘rganib chiqamiz va har doim, har vaqt tasvirni boshidan 
oxirigacha umumlashtirgan holda chizamiz hamda mayda bo‘laklarga 
ohista kirishamiz. Mana sizlarga chizishning siri”- degan edi u. 
Rangtasvirda ham ish boshlashdan avval naturadagi umumiy rang 
munosabatlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish lozim. Shuning uchun bu 
masalada 5-10 minut vaqt sarflab, naturaning umumiy rang 
munosabatlarini tushunish kerak: eng och va eng to‘q (zich) dog‘ 
qaerda, tusi va rang kuchi bo‘yicha asosiy farqlar (to‘yinganligi) 
qanday ekanligini topish kerak. Masalan, natyurmortdagi sariq olmalar 
fondagi sariq mato bilan solishtirilsa, olmalar matodan ochroq, ularning 
sariq tusi sariq matoga nisbatan yorqinroq (to‘yingan) ko‘rinadi. 
Rangning uch xil o‘ziga hosligi bo‘yicha natura qo‘yilmasidagi 
buyumlarning asosiy rang xususiyatliligi mavjud. 


12 
Ob’ektdagi umumiylikni topilishi rassomni naturadagi ikkinchi 
darajali belgilar, uning mayda bo‘laklariga , koloritli masalaga 
mustasno holda e’tibor berishdan, umumiy tus va rang holatini, asosiy 
tus va rang munosabatlarini paydo qilishdan chalg‘itishga harakat 
qiladi. Shunday qilib naturaning ranglar qonuniyatlarida ham, asosiyga 
erishiladi, etyudning keyingi mayda detalli ishlariga poydevor 
yaratiladi. 
Rang munosabatlarini avvalo eng och va intensiv ranglarni 
qidirishdan boshlash kerak, so‘ng eng to‘qini topiladi, qolganlarini esa 
shularga nisbatan aniqlash ma’qul bo‘ladi. Keyingi tuslarga biroz 
to‘qroq va biroz intensiv bo‘lganlar va boshqalar kiradi. Murakkab 
kulrang tuslar oxirida beriladir. 
Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng 
to‘q hamda to‘yingan qilib olinmaydi. Qo‘yilmadagi eng och joy har 
doim ham oq bo‘lavermaydi, eng to‘q joy esa qora bo‘lmaydi. Kuchli 
to‘yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi. Natyurmortdagi 
qizil pomidorni odatda yorqinligi bo‘yicha toza qirmizi rangda emas, 
balki uni 50% ga sustroq tusda berish ma’qul. Hattoki bahorgi o‘t - 
o‘lanlarni tasvirlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uning yorqinligini 
shunday kuchaytirib tasvirlash mumkinki, natijada u o‘zining tabiiy 
ko‘rinishidan boshqacha bo‘lib chiqib qoladi. Shuning uchun ishga 
kirishishdan avval umumiy tus va ranglar kuchini aniqlab olish kerak: 
munosabatlarni qanday bo‘yoqlar yig‘indisida bajarish – och yoki to‘q, 
yorqinlikning (to‘yinganlik) qanday chegarasida bo‘lishini ham 
aniqlash muhim. Qisqa qilib aytganda, naturaning umumiy tus va rang 
holatini bilish kerak. Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar 
munosabatini chegaralangan bo‘yoqlarda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. 
Ishni eng och, to‘q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha 
ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‘yoqlardan 
foydalanish shart emas. 
Yorug‘-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan 
hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy ob’ekt oralig‘idagi tus 
farqlarini topish muhim: natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon 
oralig‘idagi ko‘za, choynak va ko‘zaga tushayotgan yorug‘lik va 
boshqalar. Manzarani tasvirlashda avvalo osmon va yerning alohida 
jismlarini bir-biriga va ularning yaxlitligida bo‘lgan rang munosabat-
larida aniqlash kerak. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu 
tariqa bajariladi. 


13 
Rassomlarning amaliy tajribasida shunday jumlalar mavjud : “katta 
yorug‘lik” , “katta soya” , “katta shakl” , “katta ranglar muno-sabati” . 
Bulardan maqsad natura ob’ektini yaxlit ko‘rish va ularni barqaror qilib 
tasvirlashdir. 
Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‘lik tikka ta’sir etayotgan 
joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‘lar 
kuchliligi bo‘yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni 
shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‘yicha 
yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‘lik 
qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan 
och bo‘la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy tusiga bo‘ysunadi. 
Ob’ektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining 
to‘g‘ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‘g‘ri bo‘lishiga 
turtki bo‘ladi. 
Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi 
naturaga hos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan 
kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha 
etyudini, manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham 
undagi yaxlitlik va bo‘yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara 
olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni 
tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‘rsata bilishlari 
zarur. Hamma gap natura bo‘yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va 
kolorit birligini ko‘rish va tushunib yetishdadir. 
Yirik plandagi tus munosabatlarini aniqlab olgandan so‘ng , 
yorug‘-soya qismlarini modellashtirishga ya’ni ,har bir buyumning 
yorug‘-soyasi, yarim soya , shaxsiy hamda tushayotgan soyalarini 
topgan holda xajmli shaklini rang-barang qilib tasvirlashga o‘tish 
mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, buyumlarning ustki qismi ham 
rang-tusi bo‘yicha, ham yorug‘ligi bo‘yicha, ham to‘yinganligi 
bo‘yicha ham tushayotgan yorug‘lik nurining oraliq masofasiga, sinadi, 
burchagiga hamda atrofida o‘rab turgan buyumlarning reflekslariga va 
kontrast munosabatlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yorug‘likka, yarim 
soyaga yoki soyaga yonma-yon turgan qandaydir ikkita yuza 
jismlaridagi narsalarda bir xil yoritilish sharoiti mavjud emas. Buyumni 
barcha qismini palitrada topilgan rang bilan unga och yoki to‘q rangni 
qo‘shib ishlash mumkin emas. Buyumning har bir bo‘lagi uchun yangi 
va yana yangi bo‘yoq qorishmalarini topish kerak. Odatda lokal 
(buyum) rangi yarim soyada sezilarliroq, chunki yarim soya yorug‘lik 


14 
manbaining asosiy va aks etayotgan tomonlaridan ancha sust ta’sir 
etadi. 
Buyumning 
xajmli 
shaklini 
jozibadorligi 
va 
natura 
qo‘yilmasining yaxlitligini to‘g‘ri anglash uchun , issiq tuslar bilan 
yonma-yon aralash kontrast kuchida inson ko‘zi sovuq rangni ko‘radi. 
Bir rang boshqasiga qo‘shimcha bo‘lgan rangni his qiladi. Buning 
natijasida naturadagi sovuq ranglarga issiq ranglar hamisha 
yo‘ldoshdir. Agar biz buyumning sirtida zarg‘aldoq rangni ko‘rsak, 
yonida esa albatta havo rangni sezamiz. 
Issiq va sovuq tuslar tasvir oghangdorligini oshiradi, naturadagi 
tabiiy ko‘rinishni naomyon etadi. 
Buyumning katta shaklini modellashtirayotib, mayda bo‘laklarni 
chiza turib, shuni yodda tutish kerakki, katta shaklning ham yoritilgan, 
ham soyadagi yuzasida joylashgan ko‘plab kichik shakllarda 
aniqlanadigan tusni oshirib yubormaslik kerak. Yorug‘likda yoki 
soyada joylashgan mayda shakl tuslarining yaqinligini ilg‘ab olish 
uchun, ish jarayonida atrof - muhitga bog‘liq bo‘lmagan buyumlarga 
e’tibor berish shart emas. Aytib o‘tganimizdek, buyumlarni yaxlit 
ko‘rib, doimo ularni o‘zaro solishtirib turish zarur. Buyumning och 
qismini tasvirlay turib, qaysi nuqtada u yorug‘ligi va rangining eng 
quyuqligi va qaerda kuchliroq namoyon bo‘lishini, so‘ngra esa xajmli 
shaklning qolgan qismida topilgan tus bilan taqqoslab aniqlash kerak. 
Eslatib o‘tamiz, ranglarni uch xususiyat bo‘yicha taqqoslaymiz: 
yorug‘ligi, rang tusi va to‘yinganligi. Agar biror bir rang yorug‘ligi 
bo‘yicha to‘g‘ri topilib, boshqa xususiyatlari aniq bo‘lmasa,bu rangni 
to‘g‘ri deb bo‘lmaydi – munosabatlar rang tusi va to‘yinganligi 
bo‘yicha ham aniqlangan bo‘lishi kerak. Buyumlarni solishtirib, 
o‘xshashligini yoki ularning orasidagi farqlarini aniqlash shunday 
holatda yenggillashadiki, agar havo rang buyumni boshqa bir tusi 
o‘zgacharoq buyum bilan solishtirsak. Bunday taqqoslash bizni 
sinchiklab qarashimizni charxlaydi hamda ulardagi rang tusini aniq 
ko‘rishga ko‘mak beradi. 
Buyumlarni ranggi bo‘yicha taqqoslashda yana bir holatni hisobga 
olish zarur. Ketma-ketlikdagni rang kontrasti tufayli, kulrangning nozik 
tusi uni nima bilan qiyoslashimizga bog‘liq bo‘lib, goh issiq, goh sovuq 
bo‘lgan holda tuyuladi. Agar kulrangni qizil rang bilan solishtirsak, u 
sovuq tusda, havo rang bilan taqqoslasak, issiq tusda ko‘rinadi. Shu 
sababli buyumning nozik tusini aniqlashda xolis rangni xolis bilan, 


15 
issiqni issiq bilan, sovuqni sovuq bilan, och rangni och bilan, to‘q 
rangni to‘q bilan o‘zaro solishtirish kerak. 
Tasvirlanayotgan buyumlarni nafaqat asosiy yuqorida qayd etilgan 
rangning uchta xususiyati bo‘yicha , balki tashqi ko‘rinishining aniqligi 
bo‘yicha ham taqqoslash zarur. Tasvirlanayotgan buyum-larning 
chegarasi hamma joyda ham bir xil aniq ko‘rinmaydi. Bir xil joyda 
buyumning silueti yaxshi ko‘rinadi, boshqa joyda esa fon bilan birikib 
ketadi. Buyumdan tushayotgan soyalar chegarasi ham barcha yerda bir 
xil ko‘rinmaydi. Ish jarayonida doimo munosabatlar bilan fikrlash 
kerak: matoda tasvirlanayotgan bir necha buyumlarni naturadagi xuddi 
shu guruh buyumlari bilan qiyoslab borish maqsadga muvofiq. Faraz 
qilamiz, birinchi ko‘rinishdagi buyumlar guruhining ranglari ikkinchi 
ko‘rinishdagi buyumlar ranggiga nisbatan juda ham yorqin va to‘q 
tusdadir. Ularning naturadagi bu farqlarini sezgach, palitrada ranglarni 
alohida bitta , bitta emas, balki birdaniga bir necha rangni munosabat-
larda tanlash zarurdir. 
Havaskor rassom manzara lavhani tasvirlayotganda old ko‘rini-
shidan boshlashi ma’qul. Agar rang qatlamlarini orqa ko‘rinishdan 
qo‘ya boshlasa, uning rang va tus kuchlarini oshirib yuborib, birinchi 
ko‘rinishni bo‘rttirib ko‘rsatishga bo‘yoqlarning kuchi yetmaydi. 
Matoning to‘liq yuzasi bo‘yoqlar bilan butkul qoplanib, muno-
sabatlar to‘g‘ri olinmaguncha haqiqiy jarangdor bo‘yoqlarni, yorug‘lik 
kuchini va tasvirlanayotgan buyumlar moddiyligini his qilib bo‘lmaydi. 
Palitradagi yorqin bo‘yoq - hali matodagi yorqin tus emas. Buyum-
larning yoritilishi va materialligi munosabtalarning to‘g‘ri olinishiga 
bog‘liq , aks holda yon tarafdagi tuslar to‘g‘ri topilmasa, qaysidir bir 
rangning jarangdorligiga erishib bo‘lmaydi. 
Rangtasvir ishlash jarayonida ranglar munosabatini to‘g‘ri aniqlash 
bilan birga, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, biz faqat oddiy rang 
dog‘lari bilan emas, balki aniq bir shakl ustida ham ish olib borayapmiz. 
Ranglar munosabatini izlashdan maqsad, to‘g‘ri topilgan rang tuslari 
bilan naturani , uning xajmli shaklini to‘g‘ri topish demakdir. Agar rang 
buyumning fazoviy joylashuvi, materialligi va aniq shaklini ifoda etmas 
ekan, u tasvirda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Och va to‘q, rangli va rangsiz 
bo‘yoq surtmalari ma’lum bir buyum shakliga va ob’ektga tegishli 
bo‘lsagina, materiallik, ranglar uyg‘unligi va koloritni yaratadi. 
Manzaraning 
fazoviy 
kengligini 
masalan, 
faqat 
havo 
perespektivasi tufayli ranglar o‘zgarishini ko‘rsatib beruvchi rangli 


16 
dog‘lar emas, balki yer yuzasida joylashgan narsalar va ob’ektlar : 
daraxtlar, qurilishlar, to‘g‘ri to‘rtburchakli va notekis maydonlarni 
o‘lchamlari va chiziqlar aniqligi ranglarda o‘zgarib, manzaraning 
fazoviy uzoqlashishini yaratadi. Tog‘larni, masalan, ikkinchi va olis 
ko‘rinishda umumiy rang dog‘larida ifoda etish mumkin emas. Rang 
bilan ularning rel’efini va o‘simliklar tuzilishini tasvirlash kerak. 
Ishning yakunida natyurmort, manzara yoki portretning u yoki bu 
joylari kerakli yorqinlikni olmay qolgan bo‘lishi mumkin yoki 
aksincha, haddan tashqari tusi va ranggi bo‘yicha kuchli, umumiy rang 
tusidan “ajralib” ko‘rinishi mumkin. Yoritilgan joylar tusi bo‘yicha o‘ta 
keskin bo‘lib, qog‘oz yoki mato yuzasidan “chiqib” ketishi mumkin. 
Ba’zan soyali joylar sezilarli mayda detallarga ega bo‘lib, maydalashib 
ko‘rinadi. Bu holatlarning hammasidan ham umumlashtirish masalasi 
hal etiladi: mayda bo‘laklarning keskin chegaralari mayinlashtiriladi, 
buyumlarning rangdorligi kuchaytiriladi yoki xiralashtiriladi, keskin 
tuslar ochlashtiriladi yoki to‘qlashtiriladi. 
Umumlashtirish bosqichida naturaga yaxlitligicha qarash, hamma 
narsani birdaniga ko‘rish ya’ni “tikilib qarash” kerak. Buyumlar 
guruhining barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda tus 
munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq tushunish mumkin.
Navbatma-navbat naturaga ham, etyudga ham yaxlit qarash kerak, 
shunda qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab olish 
mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra olish qobiliyati, ishni 
umumiydan xususiyga qarab va undan yana umumlashtirishga tomon 
boriladi. Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvirda ishlash 
mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega bo‘lgan rassom , 
naturani obrazli ko‘ripnishini to‘g‘ri ifoda etishi, undagi asosiy va har 
bir bo‘lakning o‘z o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda 
kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali bajara oladi. 
Tasvirdagi qismlar yig‘indisi yaxlitga teng emas, chunki yaxlitlik 
– bu qismlar yig‘indisiga birlik, shu qismlarning bir-biriga 
bo‘ysunganligi va jamlanganligi hisoblanadi. 
Akademik 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin