Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

Ye.A.Kibrik
tasvirlashning yaxlitligi haqida shunday 
yozgan : “
Yaxlitlik qonuniga bo‘ysunmasdan turib, naturadan na qa-
lamda, na rangda tasvirlash mumkin emas. Shakl ham, rang ham o‘z-
o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, faqat yaxlitlik qismi kabi yaxlitlikka 
nisbatan bo‘ladi”. 


17 
Shu o‘rinda har bir bo‘lajak rassom yoki tasviriy san’atni 
o‘rganuvchi tasvirlash jarayonini narsani o‘ziga qarab chizishdan 
boshlashi, bundan ko‘proq foydalanishi lozimligi hamda ushbu usul 
tasavvur qilish qobiliyatini o‘stirishda samarali natijalarga olib kelishi 
haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Narsani o‘ziga qarab rasm chizish 
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish o‘tiladigan tasviriy san’at 
mashg‘ulotlarining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg‘ulot 
jarayonida o‘quvchilarning narsa va xodisalarning kuzata bilish qobili-
yatlari rivojlanadi, xotiradan va tafakkurdan rasm chizish malakalari 
ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini aniqlay bilish, ularning hajmi, 
shakli, rangini, shu’la - soyasi yordamida tekislikda tasvirlash tushun-
chalari o‘sib boradi (1-2-rasmlar). Kuzatish jarayo-nida o‘quvchilar 
narsalarning o‘lchovlarini o‘zaro solishtiradilar, ular o‘rtasidagi farqni 
taqqoslash yo‘llari bilan topadilar. 
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darslari ikki bosqichda olib 
boriladi. Birinchi bosqich - bu hajmga ega bo‘lmagan perespektiv 
qisqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan tekis narsalar, ya’ni 
daftarlar, bayroqcha, papka, o‘quvchilar sumkasi, bolta, arra, har xil 
daraxtlar barglari va shunga o‘xshash boshqa narsalar rasmini old 
tomondan, frontal holatda chizdiriladi. 
Ikkinchi bosqichda - hajmli narsalar ya’ni mevalar, gul, hayvon, 
odam, uy anjomlari, qisqasi uch o‘lchovga ega bo‘lgan (eni, bo‘yi, 
kengligi) geometrik shakllar va narsalarni chizdirishdan iboratdir. 
O‘quvchilar dars jarayonida birinchidan rasm chizishning asosini 
o‘rgansalar, ikkinchidan ijodiy qobiliyatlari o‘sib, estetik jihatdan 
tarbiyalanib boradilar, I-II guruhlarda o‘ziga qarab rasm chiziladigan 
narsalarni to‘g‘ri ko‘rishga asosiy shaklning bo‘yini eniga nisbatan 
qog‘oz yuziga kompozitsion jihatdan to‘g‘ri joylashishini, 
bo‘laklarning nisbiy o‘lchovini ko‘rsatib, ularning bir-biriga 
bog‘liqligini, ranglarini aniqlash va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga 
alohida ahamiyat beriladi. I-II bosqichlardagi tasviriy san’at darslarida 
tik, yotiq, qiya chiziqlarini to‘g‘ri chiza olishni, kvadrat, to‘g‘ri 
burchakli, to‘rtburchakli, uchburchak, doira va boshqalarni tassavur 
qila olish, to‘g‘ri chiza bilish hamda chiziqlarni ko‘z chamasida teng 
bo‘laklarga bo‘lish qobiliyatlarini o‘stirib borish kerak bo‘ladi. 
Chizilgan rasmni akvarel guash, bo‘yoqlari bilan bo‘yashdan oldin 


18 
uning rangini to‘g‘ri aniqlab olish va shu rang nomini to‘g‘ri aytishga 
o‘quvchilarni o‘rgatib borish talab etiladi. 
Buning uchun o‘qituvchi maxsus tayyorlangan rangli plyonka, 
oyna yoki polietilin (sariq, qizil va zangori asosiy ranglar) materiallari 
orqali ko‘rgazmali qurol tayyorlab o‘quvchilar bilan savol-javob 
yordamida tanishib chiqsa yaxshi natijalarga erishadi. I-II- bosqichlarda 
chiziladigan narsaning maxsus nusxasi katta o‘lchovda bo‘lib, yaxshi 
ko‘rinadigan joyga o‘rnatiladi. Agar chizdiriladigan narsa mayda 
o‘lchovda bo‘lsa (har xil barglar, gullar va boshqalar), ularning har bir 
Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin