43
Gipsdan yasalgan bu modellarni chizish qo‘zg‘almas
bir joyga
o‘rnatish asosida amalga oshirilganligi sababli chizuvchiga o‘ziga xos
qulaylik yaratadi. Chizuvchi naturani old tomondan,
yondan yoki
to‘rtdan uch ko‘rinishda, gorizont chizig‘iga nisbatan turli holatda
chizish imkoniyatiga ega. Bu o‘rganuvchiga perspektiv qisqarishlarni
mukammalroq egallashda yordam beradi.
22 - rasm. Naqshli rozetka.
Naqshlar bir qancha turlarga bo‘linadi. Chizishni o‘rganish
jarayonida ko‘proq o‘simliksimon gipsli
naqshlar chizilishi jahon
badiiy ta’limida qo‘llanilib kelinmoqda. Ular gul, meva,
barg va
hokazolarning stilizatsiya qilingan shakllaridir (22, 23 - rasmlar).
Gips taxtaga tushirilgan ushbu gullar tasviri ham qog‘ozga
kompozitsion joylashtirishdan boshlanadi. Bunda naturani diqqat bilan
kuzatib, uni vertikal joylashtirish kerak.
44
23 - rasm. Gipsdan yasalgan rozetkani chizish ketma - ketligi.
Gips taxtaning qog‘ozga nisbatan to‘g‘ri joylashtirilishi juda
muhimdir.
Bunda natura yuqoriga, pastga chiqib ketmasligi, o‘ngga
yoki
chapga surilib qolmasligi, yoki qog‘ozga nisbatan katta yoki
kichik bo‘lib qolmasligi kerak. Shundan so‘ng gips taxtaga tushirilgan
naqshning eng katta o‘lchamlari belgilab olinadi.
Keyingi bosqichda
katta o‘lchamlar ichidagi barcha detallar aniqlanadi. Chizayotgan
vaqtda perspektiv qisqarishga e’tibor berish kerak. Shaklning hajmli,
chiziqli va konstruktiv tuzilishini aniqlab, tahlil qilish zarur (24 - rasm).
45
24 - rasm. Gipsdan yasalgan rozetkani tasvirlash namunasi.
Gipsli naqshning chiziqli - konstruktiv tuzilishini chizib bo‘lgan-
dan so‘ng, shaxsiy va tushuvchi soyalar, tus munosabatlari aniqlanadi.
Tasvirlash jarayoni yorug‘ – soya munosabatlarini topish, soya, yarim
soya, reflekslarni bajarish hamda tasvirning yaxlitligiga erishish bilan
yakun topadi.
Dostları ilə paylaş: