46
25 - rasm. Gipsdan yasalgan naqshli rozetkani tasvirlash.
Naturadagi asosiy elementlar o‘rni aniqlangandan so‘ng uning
detallari aniqlanadi. Bu o‘rinda asosiy element – barglaridir.
Ularni
chizganda barchasi bir - biriga o‘xshashligini unutmaslik kerak va
tasvirda ham shunga erishish zarur. Shakl to‘liq, o‘ziga o‘xshash
chiqqandan so‘nggina bir bor natura bilan solishtiriladi hamda har bir
elementning yorug‘ – soya, yarim soyalari belgilanadiki, bu
chizuvchiga kelgusidagi bosqichlar uchun poydevor vazifasini o‘taydi.
Rozetkadagi belgilangan yorug‘ – soyalar aniq ishlanishi uning hajmini
yoki bir butun yaxlit tasvirini idrok qilish imkonini beradi.
47
GIPSDAN YASALGAN VAZA TASVIRI
Bu ishni amalga oshirish ham har doimgidek qog‘oz
yuzasiga
tasvirni kompozitsion jihatdan to‘g‘ri joylashtirishdan boshlanadi.
Joylashtirish jarayoni tasvirni yengil chiziqlar bilan vazaning umumiy
ko‘rinishini belgilashdan boshlanadi. Bunda eng asosiy vazifa vaza
tasviri bilan natura o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishga erishishdan
iboratdir. Umumiy shakl topilgandan so‘ng
vazaning konstruktiv
asoslari perspektiva qonun - qoidalariga rioya qilingan holda topiladi.
Rassom - pedagog P.P. Chistyakov tavsiyasiga ko‘ra: “Ko‘rish bu –
aniq nisbatlarni topib tasvirlashdir”. (26 - rasm).
26 - rasm. Gipsdan yasalgan vazani tasvirlash bosqichlari.
O‘ng va chap tomoni bir xil bo‘lganligi sababli vazaning teng
o‘rtasidan simmetrik o‘q chizig‘i o‘tkaziladi. Shu chiziq naturani teng
ikki qismga bo‘ladi va qismlarning o‘zaro tengligi shu chiziq
yordamida tekshiriladi. Yordamchi chiziqlar
yordamida vazaning
yuqori qismidan asosiga qadar chiziqlar o‘tkaziladi. So‘ng vazaning
konstruktiv asoslarini topishga diqqat qaratiladi. Vazaning bo‘yin qismi
yuqorisi kesik konus va silindr shakliga ega. Ostki qismini chizishni
osonlash-tirish uchun geometrik jismlar
shakli bilan taqqoslash
maqsadga muvofiqdir.
48
Vaza tasviri ko‘rilgandan so‘ng uning yorug‘ – soyalari aniq-
lanadi. Bunda vazaning yorug‘lik, soya va yarim soya,
tushuvchi
soyalar chegaralari aniqlanadi. Bu o‘rinda rassom Leonardo da
Vinchining “Rangtasvir haqida kitob” asaridagi maslahatni eslash joiz.
Unga ko‘ra eng avvalo, butun shaklga yorug‘lik tushmaydigan joylarga
yengil tus beriladi, so‘ng yarim soya va asosiy soya beriladi. Yorug‘ –
soyalar vositasida hajmni berishda kerakli joylarda qalam kuchi bilan
to‘qlash-tiriladi, yorug‘lik va soya o‘rtasidagi bog‘liqlik, refleks va
tushuvchi soyalar munosabatlari aniqlashtiriladi.
Vazaning shakli murakkab bo‘lganligi sababli, avvalo, uning eng
xarakterli joylarini ko‘ra olish zarur.
Buning uchun rasm chizish
jarayonidagi asosiy qoida – umumiylikdan alohidalikka va yana
alohidalikdan umumiylikka o‘tish qoidalariga amal qilish lozim (27 a,
b,v,g - rasmlar).
27 - rasm. a,b Gipsdan yasalgan vazani chizish ketma - ketligi.
27 - rasm. v,g Gipsdan yasalgan vazani chizish ketma - ketligi.
Dostları ilə paylaş: