GEOMETRIK JISMLAR RASMINI CHIZISH
Badiiy ta’lim tizimida rasmni o‘rganish, eng avvalo, turli
geometrik shakllarni chizishdan boshlanadi. Bunday predmetlar simdan
yasalgan bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Bunda talaba naturaning
ichkariga ketgan tomonlarini ham ko‘radi, perspektiv qisqarishni his
qiladi. Perspektiv qisqarishli turli predmetlar, masalan, shisha banka,
piyola, stol, stul, shkaf, televizor va boshqalarning qisqa muddatli
konstruktiv chiziqli tasvirlarini chizish keyingi ishlar jarayonida katta
yordam beradi.
Ya’ni kompozitsion nuqtai nazardan to‘g‘ri tasvirlashni chamalab
ko‘ring. Kubning eng katta o‘lchamlarini qog‘ozga belgilang. Kubni
tashkil qilgan qirralarni simdan yasalgan model deb faraz qilib, uning
konstruksiyasini toping. (19 - rasm).
19 - rasm. Geometrik jismlar: kub va silindr rasmini chizish.
Kubning bizga yaqin turgan tomoni o‘z o‘lchamida bo‘lishi,
uzoqlashgan tomonlari qisqarishini esdan chiqaring. Buning uchun
perspektivadan olgan bilimingizni qo‘llang. Tasvirlarni qalamni qattiq
bosmasdan chizing. Kubni chizib bo‘lgandan so‘ng yorug‘lik tushishi
natijasida hosil bo‘lgan joylarni shtrix, tushevka yordamida bering.
Hajmni berishda tus darajasini qabul qiling va shu asosda yorug‘lik,
69-расм. Мато тасвири.
40
soya, yarim soya, tushuvchi soyalarni bir - biriga nisbatan solishtirgan
holda bering. Ishni yakunlash oldidan umumlashtiriladi, to‘q joylar
pasaytiriladi va aksincha, kuchaytiriladi.
20 - а rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort konstruksiyasi.
1-bosqich.
Hajmli predmetlarni tasvirlashda ular nafaqat perspektiv jihatdan
to‘g‘ri chizilishi, balki uning old tomonidagi chiziqlarning orqa
tomonidagiga nisbatan qalinligi hamda yoritilganligi, yorug‘lik –
soyalar munosabati e’tiborga olinishi zarur.
Yorug‘lik – soya deganda biz tasvirda to‘q va yorug‘ shtrixlar,
dog‘lar qanday taqsimlanishini tushunamiz va oldingi bosqichda bu
haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lganmiz. Narsalar chiziqlar
yordamida chiziladi, ammo chiziqlar yorug‘lik – soya natijasida o‘z
kuchini yo‘qotadi. Naturada chiziq yo‘q, unda yorug‘lik va soya bor.
Shu asosda biz naturaning hajmi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Shar
shaklida bo‘lgan gips modelni kuzatish davomida shar shaklini
tasavvurimizda jonlantiruvchi yorug‘lik va soya gradatsiyalari orqali
uning hajmini idrok etamiz.
To‘rtburchak shaklidagi predmetlar chizilishida ham yuqoridagi
holatlar, ya’ni yorug‘lik – soyalar tarqalishi nazarda tutiladi. Men
kuyida geometrik jismlar konus, silindr va kubdan iborat bo‘lgan
jismlar to‘plami, chizish boskichlarini keltiraman (20 - a, b, v, g
rasmlar).
41
20 - b rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort 2-bosqich.
20 - v rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmort 3 - bosqich.
20 - g rasm. Geometrik jismlardan tuzilgan natyurmortni chizish
bosqichlari. Ish yakuni.
|