27
Rassom uchun o‘z ishini tekshirishning yana bir usuli qalam bilan
ko‘z yordamida mo‘ljalga olish usulidir: siz naturani o‘ziga qarab tez
ilg‘ab chizdingiz. Ishingiz aniqmi, nisbatlar to‘g‘ri topildimi, tevarak -
atrof bilan o‘zaro mutanosibligi qanday? Bu jarayonda qalamni qo‘lga
olib, qo‘lni oldinga cho‘zgan holda naturaning vertikal va gorizontal
holatini, bir - biriga nisbatan o‘lchami qanday, natura qaysi burchak
ostida turganligi yoki bukilganligini aniqlang.
Yuqoridagi holatlarning barchasini ko‘z bilan mo‘ljalga olgan
holda aniqlash mumkin. Ko‘z bilan chamalagan holda quyidagi
mashqni bajarish foydadan xoli emas. Qog‘ozga chizilgan uzun
chiziqni 2, 3, 5 va hokazo bo‘laklarga bo‘ling. Bunda har bir
bo‘linmaning o‘zaro teng bo‘lishiga erishing. Mashqni davom ettirib,
predmetlarni ham xuddi shu asosda o‘lchab, aniq nisbatlarini topishga
harakat qiling.
Leonardo da Vinchi chizishni o‘rganish jarayoni o‘rganuvchi
uchun qiyin, zerikarli bo‘lmasligi va undan ko‘ngli qolmasligi uchun
turli xil o‘yinlardan foydalanishni tavsiya etadi. Masalan, olim ko‘z
bilan chamalab o‘lchashni rivojlantirish uchun quyidagicha yozadi:
“Bir kishi devorga qandaydir to‘g‘ri chiziq tortsin, qolganlar esa undan
10 tirsak uzoqlikda qo‘lida nozik tayoqcha ushlab, uning kerakli
qismini o‘lchasin. So‘ngra har biri borib, devordagi namuna bilan o‘z
o‘lchaganini solishtirsin va bunda kimning o‘lchagani haqiqatga yaqin
bo‘lsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi va oldindan belgilangan masofani zabt
eta oladi”.
Dostları ilə paylaş: