Natyurmort chizmatasviri


I - BOB. CHIZMATASVIR FANINI O‘QITISHNING NAZARIY



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

I - BOB. CHIZMATASVIR FANINI O‘QITISHNING NAZARIY 
VA AMALIY ASOSLARI, TASVIRLASHNING ASOSIY 
QONUN - QOIDALARI 
 
TASVIRLASHNING ASOSLARI, CHIZMATASVIR VA UNING 
MAQSAD – VAZIFALARI. 
Birinchi bosqichdan boshlanadigan qalam tasvir bo‘yicha o‘quv 
topshiriqlari perspektiva, plastik anatomiya kabi ilmiy bilim asoslari 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda talabalar pedagog 
rahbarligida va mustaqil ravishda chizmatasvir bo‘yicha o‘quv 
adabiyot-larini o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. Talabalarni rasm 
bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan 
ketma - ketlik usulini qo‘llashga o‘rgatish zarur.
Rasm asoslarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak rassom – dizaynerlar 
natura (narsaning o‘ziga qarab), xotira – tasavvurdan chizishni o‘rgana-
dilar. Rasm chizishni o‘rganishda chiziqli perspektiva qonunlarini 
o‘rganib, amaliyotda qo‘llash ham benihoya muhim rol o‘ynaydi. 
Ayniqsa, I kursda kuzatish perspektivasi asoslarini egallash juda 
muhimdir. (1 – rasm (a-b)). Shu bilan birgalikda talaba professional va
usuliy tayorgarligida predmetlarning konstruktiv tuzilish qoidalarini 
o‘zlashtirish muhim o‘rin egallaydi.
1 – rasm (a) Kuzatish perspektiva namunasi. 


22 
1 – rasm (b) Kuzatish perspektiva namunasi. 
Natyurmort chizmatasviri bo‘yicha o‘quv dasturi ma’lum 
topshiriq-lar bajarishga qaratilgan. I semestrga mo‘ljallangan o‘quv 
topshiriqlari gipsli (ganch) modellar ustida ishlashni nazarda tutadi. Bu 
oddiy geometrik figuralar (kub, konus, shar, silindr va h.z.), gipsli bosh 
modelining qismlari (ko‘z, quloq, burun), qadimgi klassik haykal – 
Mikelanjeloning “David” asari va boshqa antik modellar. Shu bilan 
birgalikda dasturda turli xil qisqa muddatli rasmlar (qoralama, chizgi) 
bajarish ham nazarda tutilgan. 
Geometrik jismlarni ma’lum bir kompozitsion guruhga tuzib 
ishlash talabalarga rasm chizish qoidalarini (perspektiva, konstruktiv
tuzilish, yorug‘lik – soya tarqalishi) o‘rganishga yordam beradi. 
Kelajakda talabalarga murakkab jismlarning konstruktiv tuzilishi 
qoidalarini tushunish va o‘zlashtirishda mazkur topshiriqlar asos 
bo‘ladi. Gipsli mashqlarni tasvirlash mazmuni, perspektiva va yorug 
soya nazariyasini amaliyotda qo‘llay olishga qaratilgan. 
Antik haykallarning bosh qismlarini tasvirlash odam anatomiyasini 
chuqur o‘rganish va rasm bajarish amaliyotida qo‘llashni talab etadi. 
II bosqich talabalariga chizmatasvir asoslarini o‘rgatishda 
natyurmortlarni tasvirlashga alohida o‘rin ajratilgan. Natyumort ustida 


23 
ishlash jarayonida talabalar kuzatish perspektivasi, narsalarning 
konstruktiv tuzilishi, yorug‘lik – soya tarqalishi qoidalari haqida aniq 
bilim va ko‘nikmalar hosil etadilar. Turli materiallar (shisha, metall, 
yog‘och, mato va h.z.) fakturasini tus orqali ifodalashga o‘rganadilar.
I - II jarayonda qisqa muddatli rasmlar bajarish nazarda tutilgan. 
Chunonchi, II jarayonda odam qomati, qush va hayvonlardan 
qoralamalar bajarish ko‘zda tutilgan. Bu jarayonda ko‘zlangan maqsad 
II bosqichdan boshlab harakatdagi ob’ektlarni tasvirlay olish, 
naturaning asosiy, tipik holatini bera olishni o‘rganishdan iboratdir. Shu 
qatorda xotira va tasavvurdan qisqa muddatli rasm bajarishga ham 
alohida o‘rin ajratilgan. 
O‘z mohiyati va maqsadiga ko‘ra turli badiiy materiallar bilan 
ishlangan tasvir rasm deb ataladi. Nafaqat badiiy asar, balki me’moriy 
va dizayner loyihalarini, kitoblar va gazetalardagi illyustratsiyalarni, 
karikaturalarni, kostyum modellari chizmalari, naqshlar asosini bir so‘z 
bilan rasm deb atash mumkin. Rasmni grafit qalam bilan qog‘ozga, 
kartonga, ko‘mir yoki flomaster bilan shishaga, tush va pero, bo‘yoq 
bilan matoga, tayoqcha bilan qumga, o‘tkir uchli narsa bilan keramika 
idishga, uchli metal qalam bilan mis laganga chizish mumkin.
Rasm bo‘lajak rassom - dizaynerga ob’ektni o‘rganishga, hajmli 
predmetlarni tekislik yuzasiga yoki hajmli yuzaga tasvirlashga, hayotda 
ko‘rganlarini, o‘ylagan g‘oyalarini tasvirlashga yordam beradi. 
Qadimgi davrlardan tortib to hozirgacha yaratilgan turli janr va 
turlarga mansub bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqqanda, biz barchasining 
asosida rasm yotganligiga guvoh bo‘lamiz va bunda eng asosiy o‘rinni 
chiziq
 
egallashining guvohi bo‘lamiz. 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin