Natyurmort chizmatasviri


Rangtasvir texnikasini egallash



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

Rangtasvir texnikasini egallash. 
Talabalar birinchi bosqichdanoq akvarel texnikasida ishlashni 
o‘qituvchi rahbarligida boshlang‘ich yarimyillik davridayoq 
o‘rganishni boshlaydilar. Kasb-xunar kollejlari va oliygoh talabalri 
o‘quv dasturlarida talabalardan rangshunoslikni ilmiy negizlarini 
egallashni , rangtasvirda ishlatiladigan ashyolarning hususiyatlari va 
ularni samarali ishlatish yo‘llarini chuqur bilishni talab etadi. Shuning 
uchun o‘quv dasturlari amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy 


10 
bilimlarni, ijodiy imtixonlar vaqtida esa amaliy vazifalar ko‘rigidan 
tashqari, og‘za-ki so‘rovni ham nazarda tutadi. 
Rangtasvir nazariyasi va metodalrini o‘rganishda maqsad va 
vazifalarni oldinga qo‘yib , mukammal o‘rganib borish lozim. Talabalar 
auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari uyda ham bir qancha vazifalarni 
mustaqil bajarishlari lozim bo‘ladi. 
Natyurmortning qalamtasvirini bajarishda qo‘yiladigan talablar
narsalarning xajmli shaklini tasvirlashdan iborat bo‘lsa, bo‘yoqlar bilan 
tasvirlashda esa, uning qanday materialdan ishlanganligi, hajmdorlik, 
yorug‘-soya, tusi ham rang vositalari orqali ifodalanadi. Qalamtasvirda 
biz narsa va buyumlarni faqat och-to‘qligini ko‘rsata olar edik
rangtasvirda esa ranglar butun majmuasi va barcha sifatlari bilan 
namoyon bo‘ladi. Ya’ni bo‘yoqlar bilan tasvirlashda narsa-buyumlar 
o‘zining aniq ranggi bilan emas, balki atrofidagi boshqa turli ranglar 
bilan bog‘lanishda ko‘zga ko‘ringan ranggi ifodalanadi. Ko‘zimiz ko‘ra 
oladigan tabiatdagi barcha ranglarni shartli ravishda ikkita axromatik 
va xromatik ranglarga bo‘linishi va ularga qaysi ranglar kirishini biz 
yuqorida aytib o‘tdik. Ranglarni tabiiyligini tasvirda bajarish ancha 
qiyin ish. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo‘r mushoxada orqali 
erishish mumkin. 
Natyurmortdagi narsalarning och-to‘qlik darajalarini farqlashga, 
undagi tus birligini tushunishga o‘rganish uchun natyurmortni bitta 
rangda tasvirlash katta ahamiyatga ega. Bu usulda rasm ishlash 
keyinchalik qiyin natyurmortlarning rangli tasvirini bajarishga o‘tishni 
ancha osonlashtiradi. Bir rangli bo‘yoq bilan ishlash usuli 
grizayl
deb 
ataladi. Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga 
o‘tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda mo‘yqalamni ishlatish 
yo‘llari va akvarel bo‘yoqlarining hususiyatlarini o‘rganish uchun 
imkoniyat yaratiladi. Bu usul bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab 
o‘rgangandan so‘ng, barcha rang xillari bilan natyurmort rangtasvirini 
ishlashga o‘tish mumkin. 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin