Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

1.
 
Rangtasvir. Rang munosabatlari. 
Natyurmort va uni ishlanish usullari haqida fikr yuritishdan oldin 
biz rangtasvir haqida aytib o‘tsak. Albatta har bir tasviriy san’at soxasi 
bilan faoliyati bog‘liq inson - hoh u rassom bo‘lsin, hoh tasviriy san’at 
fani o‘qituvchisi yoki shu soha bilan bog‘liq bo‘lgan xunarmand :- 
barchasi birinchi o‘rinda qalamtasvirni yaxshi bilgan holda rang-
tasvirga kirib boradi (rangtasvirga bog‘liq sohalarda). Shu o‘rinda 
rangtasvir o‘zi nima-?, rangtasvirda qalam tasvirning o‘rni qanday-? 
degan savollarga javob berib o‘tamiz. 
Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. 
Rangshunoslik bo‘lg‘usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo‘lishi 
va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit ta’sirida o‘zgarib 
ko‘rinishini, bo‘yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo‘llarini 
o‘rgatadi. 
O‘rta Osiyoda ranglar haqidagi talimot qadimdan kitob 
miniatyurasi, naqqoshlik, devorlarga freska, pannolar ishlash bilan 
bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik xunari rang tanlash 
va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird, 
avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog‘liq kimyoviy 
jarayonlarni o‘rgangan bo‘lishi kerak. 
Ranglarni tabiatda qanday hosil bo‘lishi va tarqalish hodisalari 
qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‘onish davri 
buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon Batista Alberti, Leonardo da 
Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning 
hususiyatlari haqida yozganlar. 
Rang inson hayotida muhim ro‘l o‘ynaydi. U turli vaziyatlarda 
odamga har xil tasir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni 
«quvonchli» va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etishi mumkin 
bo‘lgan «hira»-deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq 
rangning ana shunday hususiyatlarini hisobga olib, o‘z faoliyatida 
unumli foydalanib kelganligi malum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida 
rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar 
bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta’sir etib fikrlar 
uyg‘otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy 
sanatning juda ko‘p turlari janrlarida rang ham, uni ishlata bilish ham 
juda katta ahmiyatga egadir. Ammo u qalamtasvirning muhim ekanligi 
bilan quvvatli ekanligi malum xaqiqatlardan eng asosiysi desak to‘g‘ri 
bo‘ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvirda ishlashga 



rangtasvirning asosi sifatida qarash shakllangan. Ammo rang 
hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o‘rganuvchi uchun 
juda ahamiyatlidir. 
Maktab fizika kursidan malumki, ranglarning deyarli hammasi 
spektrning asosiy uch rangini qo‘shish orqali olinadi. Ular qizil, sariq, 
ko‘k ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy ranglarni 
qo‘shish orqali qo‘shimcha ranglar olinadi. Masalan, qizil va ko‘kni 
qo‘shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo‘shish orqali esa zarg‘aldoq, 
sariq va ko‘kni qo‘shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin. 
Ranglar tabiatan ikki xil hususiyati: iliq va sovuq hususiyatlari bizga 
ma”lum. Iliq ranglar qatoriga qizil, sariq, zarg‘aldoq va ularga yashil 
ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin 
bo‘lgan ranglar kiradi. Shuningdek bular barchsi axromatik ranglardir. 
Qolgan ranglarning hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar 
bir biridan faqat och to‘qligi bilan farq qiladi. Masalan, oq , kulrang, 
qora, qoraroq, juda qora,va boshqalar. Xromatik ranglar esa bir biridan 
rang tusi bilan farq qiladi, ya’ni – qizil, sariq, ko‘k , yashil. jigarrang va 
hokazo. 
Ranglar yana och-to‘qligi ya’ni och qizil, to‘q sariq. to‘q qizil, och 
sariq va to‘yinganligi ya’ni yorqin, hiraligi bilan farq qiladi. Rang 
doirasida qarama-qarshi joylashgan ranglar «kontrast» ranglar deb 
ataladi. Kontrast ranglar bir biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini 
yanada yorqin qilib ko‘rsatadi. Masalan, yashil rang fonida qizil rang 
yorqin bo‘lib ko‘rinadi va aksincha qizil rang fonida yashil rang ancha 
yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang garmoniyasini, ya’ni ranglar 
uyg‘unligini, bilish katta ahamiyatga ega. 
Narsa va xodisalarni tasvirlashda moybo‘yoq , tempera, akvarel, 
guash kabi bo‘yoqlar ishlatiladi. Narslarni bo‘yoq yordamida tasvirlash 
ancha murakkab jarayon bo‘lib,kishidan ranglarning hususiyatlarini va 
ularni samarali, uquvli tarzda ishlatish usullari texnikasini bilishni 
taqozo etadi. Bo‘yoqlar yordamida narsaning hajmi, fakturasi va 
fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirda ishlashning asosini tashkil etadi. 
Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u ranglarga jiddiy etiborini 
qaratishi kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko‘rinishi farqli 
ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan uzoq 
yaqinligiga qarab o‘zgarib ko‘rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-
muhitning predmet ko‘rinishiga ta’siridandir. Kog‘oz sathida ranglar 
munosabatlarini to‘g‘ri nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning 



xaqqoniy aks etishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan eng 
muhimi deb xisoblasak o‘rinlidir. Akvarel bo‘yog‘ida ishlash ham o‘z 
navbatida jiddiy o‘qib o‘rganishni, qattiq mashq qilishni talab etuvchi 
mashg‘ulotdir. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda puxta 
o‘rganib borishni taqazo etadi. Arxromatik ranglardan boshqa barcha 
ranglar, ya’ni biror rang tusiga ega bo‘lgan ranglar xromatik ranglarga 
kiradi. Quyosh spektorining barcha ranglari hamda ularning bir birlari 
bilan aralashtiruvidan hosil bo‘lgan hamma ranglar jumlasidandir. 
Shuningdek, oq rang ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi. 
Xromatik ranglar axromatik ranglardan farqli o‘laroq, faqatgina 
yorug‘ik kuchlari bilan emas, balki nomlari, tuslari jihatidan ham 
ajralib turadi. Masalan, sariq rang qizil ranglar ham yorug‘lik kuchi 
bilan ham rangining tusi bilan ham keskin farq qiladi. Har bir xromatik 
rang uchta xossaga ega. Ular rang tusiga, rang yorugligiga (bunda kam 
yoki ko‘p yorqinlik ko‘zda tutiladi), rang to‘yinganligiga (bunda kam 
yoki ko‘p yorqinlik kuzda tutiladi) ega bo‘ladi. Xar bir xromatik rang 
ana shu uchta hossaga ko‘ra bir birdan farqlanadi. 
Yuqorida aytilganlardan ma‘lum bo‘ladiki, xromatik ranglar bir 
biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o‘zi), rangni och-
to‘qligi va to‘yinganligi bilan farq qilar ekan. Spektorni sinchiklab 
kuzatsak, uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglar orasida 
o‘xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir biriga qo‘shilsa, 
ulrning oralig‘ida qirmizi ranglar hosil bo‘ladi. Bu xosil bo‘lgan rangni 
qizil rang bilan binafsha rangning o‘rtasida joylashtirib, spektor 
tutashtirilsa,halqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar doirasi 
deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg‘ish zarg‘aldoq, sariq, 
sarg‘ish yashil, yashil tab zangori havorang, ko‘kimtir havorang, ko‘k, 
ko‘kimtir binafsha, qirmizi ranglarning har xil tuslari ko‘rinadi. 
Ranglar doirsida rang tuslari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin 
ko‘zlarimiz ularni 150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira 
bo‘ylab joylashish tartibi muayyan saqlanadi . Rang doirasi ikki teng 
bo‘lakka bo‘linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‘aldoq, sarg‘ish yashil 
(pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havorang, feruza, zangori, 
ko‘k binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq 
ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday 
nomlanishiga sabab –qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni 
cho‘g‘ni eslatsa, havorang, zangori, yashil ko‘klar esa muzning, 
suvning rangini eslatadi. Bu farklanish nisbiy bo‘lib, har qanday iliq 



ham o‘ziga nisbatan iliqroq rang yonida sovuq bo‘lib ko‘rinishi va 
aksincha, sovuq rang o‘zidan sovuqroq rang yonida iliqroq tuyilishi 
mumkin. 
Kimyo fani bo‘yoqlarning topilishiga , moddalrni kimyoviy usulda 
qo‘shib, bo‘yoqlarning retseplarini aniqlashga yordam beradi. Buyoqlar 
asosan ikki xil yo‘l bilan tayyorlanadi. Bo‘yoqlarning nomlari 
ko‘pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib 
kelinadi. 
Masalan, bo‘yoqlardan neopolitan sarig‘ini olsak, bu sarg‘ish 
malla rang bo‘yoq Italiyaning Neapol shaxri atrofdagi tog‘lardan 
vulqon bilan otilib chiqqan moddadan tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi – 
oltin tusli buyoq bo‘lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka 
qishlog‘ida olinadi. Hind sarig‘i – to‘q sariq bo‘yoq, Hindistonning 
Bengaliya shtatida o‘sadigan hurmo daraxti yaprog‘idan tayyorlanadi. 
Yana ayrim yorqin qizil bo‘yoqlarni kichkina jonivorlardan – dub 
daraxtida yashovchi ko‘ng‘izcha (kattaligi 2-8mm), Shimoliy 
Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi. 
Rang tusi ranglarning to‘lqin uzunligiga qarab belgilanadi. 
Rangning bu hossasiga ko‘ra biz ko‘z orqali qizil, sariq, zangori va 
boshqa spektral ranglarni ko‘ramiz hamda idrok qilamiz. Lekin rang 
tuslari ularga qo‘yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko‘pdir. 
Rang tusining to‘lqinlar uzunligi o‘zgarmaydi. Chunki oq rang 
qo‘shilganda, faqatgina rang yorqinligi o‘zgaradi va qaytarish 
koeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o‘lcham uchun fotometr 
degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari sprektor ranglariga 
qanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi bo‘ladi . 
Rangtasvir va rang munosabatlari haqida quyida kengroq fikr 
bildirishga harakat qilamiz. 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin