19
O‘quvchilar narsani o‘ziga qarab rasm chizganlarida chiziladigan
predmetlar ular oldida shunday qo‘yilmog‘i kerakki, unda perespektiv
xodisalar aniq sezilmog‘i kerak.
I-II boqichlarda ko‘z bilan chamalanadigan
perespektiv xodisa-
larining elementar qoidalari bilan tanishtiriladi. Hajmli narsalar qalam,
akvarel, guash bo‘yoqlari bilan yorug‘- soya yordamida qanday
ko‘rinsa shunday tasvirlash vazifasi qo‘yiladi.
Narsalar shaklini, yorug‘lik manbaini hisobga olgan holda,
ularning sirtida yorug‘
va soyalarning joylashuvi, narsa rangining
yorug‘lik tushishiga qarab o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
oladilar. Shu maqsadda sabzavot va mevalarni alohida va to‘p holdagi
rasmlari chizdiriladi. Shuningdek, narsalarining shakli va nisbatlari
proporsiya-larining o‘zgarishini tasvirlay olish va ularning malakalarini
o‘stirish maqsadida oddiy geometrik
shakllarni eslatadigan uy
jihozlarining o‘ziga qarab rasm chizadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak bilan
chegaralangan narsalarni kengaytirish va o‘stirish, hajmli narsalarni
yorug‘-soya yordamida tasvirlay olishni o‘rgatish maqsadida
o‘quvchilarga nisbatan burchak ostida stolga qo‘yilgan kitob, yashik,
har xil qutilar, qush uyasi va geometrik shakllar rasmlari chizdiriladi
.
Perespektiv xodisalarni ko‘rgazma asosida o‘quvchilarga o‘rgatish
dars jarayonida ancha qulaylik tug‘diradi. Bunda san’at
asarlari,
sxemalar, plakatlar va modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan: Ch.Axmarovning "A.Navoiy" yoki Z.Inog‘omovning
"Choyga" asarlarini o‘quvchilarga ko‘rsatib, undagi perespektiv
xodisalarni so‘zlab berish mumkin.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darslari tasviriy san’at
predmeti kursida yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun bu
guruhlarda o‘tiladigan darslar o‘quvchilarni faqatgina nazariy
mashg‘ulotlarini boyitibgina qolmasdan,
sistematik ravishda amaliy
mashg‘ulotlar o‘tib ularning bilim malakalarini takomillashtirib
bormoq ham kerak.
Perespektiva qoidasi va uni qo‘llash usullarini faqat narsalarning
o‘ziga qarab rasmini chizish darslardagina emas,
balki xayoldan,
tasavvurdan rasm chizish dars jarayonida rassomlar asarlari haqida
suxbat o‘tkazish mashg‘ulotlarida ham o‘quvchilarga o‘rgatib, tushun-
tira borish katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar chiziqli prepektiva
bo‘yicha surat tekisligi markaziy ko‘rish nuri, maydoni haqida bilimlar
oladilar va bir yoki undan ortiq kesishish nuqtasiga ega bo‘lgan ufq
20
chizig‘i haqida olgan ma’lumotlarini yanada kengaytiradilar. Narsaning
o‘ziga qarab rasm chizish jarayonida o‘quvchilarga odam, hayvon
shuningdek qushlar turkumining o‘lchov
nisbatlari, umumiy
o‘lchovlar: kalla, qo‘l, oyoq, tos va boshqa plastik anatomiya haqida
tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura haqida ma’lumot berib
boriladi, masalan, yuzi g‘adir-budir bo‘lgan narsalar bilan bir qatorda
yuzasi yaltiroq bo‘lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli chiziladi.
Shuningdek, chizilayotgan narsani o‘ziga o‘xshatib, xarakterini topa
bilish bilan birga uning fakturasini ham ifoda etish talab etiladi.
Narsaning o‘ziga qarab chizilgan tasvirida estetik tomonga ko‘proq
ahamiyat beriladi. Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish darsi jarayonida
har bir o‘qituvchi mavzuga oid tasviriy san’at asarlarini keltirib unda
rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning kompozit-
siyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida chizilayotgan narsalarni
taqqoslab ko‘rsatsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu borada o‘quvchilar faqat narsaning o‘ziga qarab rasm chizish-
dagi malakalari oshib bormasdan balki san’atimiz namoyondalari
ishlagan san’at asarlari namunalari bilan tanishib boradilar.
Masalan: biror sabzavot va
mevalardan tashkil topgan
natyurmortni o‘quvchilar chizayotgan bo‘lsalar shunga mos yoki shu
mavzuda bor narsalardan chizilgan O‘zbekistonlik rassomlarning
asarlaridan rangli reproduksiyalarni o‘quvchilarga ko‘rsatish samarali-
dir. Masalan, rassomlar A.Abdullaev E.M.Kovolevskiy, Z.Inog‘omov,
Yu.I.Yelizarov, M.Nabiev va boshqa rassomlarning asarlari rep-
raduksiyalari shunga qo‘l kelishi mumkin. Repraduksiyalar xayoldan
va narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashda o‘quvchilardan
bevosita
kuzatishni,
predmetlar,
ekran
vositalari,
kitobga
ishlangan
illyustratsiyalar, hujjatli materiallar, kompyuter texnikasi vositalaridan
keng foydalanishni talab etadi va bular badiiy obrazni yaratishda
o‘quvchilarga katta yordam beradi