101
qomatni o‘rganish xomaki rasmlar chizishda katta yordam beradi.
Bunda tors o‘rta asosiy chizig‘i yo‘nalishiga ko‘ra
olish muhim
ahamiyatga ega. Orqadan rasm chizishda umurtqa egilishini kuzatish
katta qiziqish uyg‘otadi. Murakkab rakursda bo‘lgan qomat chizmalari
kelajakda jonli shakl rasmini chizishdagi bilimlarni mustahkamlashga
yordam beradi. Bu jarayonda chuqurlab ketuvchi ayrim yuzalarning
kuchli qisqargan holda, frontal joylashgan yuzalarning esa o‘z haqiqiy
kattaligida ko‘rini-shini e’tiborga olish zarur.
Jonli shaklni tasvirlash
jarayonida perspektiv qisqarishlarni ifodalash uchun geometrik
jismlarni chizish qoidalarini hisobga olish kerak. Kuchli harakatda
bo‘lgan erkak qomatining turli
holatlardagi chizmalarini, masalan,
og‘irlik ko‘tarish paytida va h.k. chizish tavsiya qilinadi. Bunday holda
torsning tayanch yassiligiga nisbatini, ushbu harakatni tavsiflovchi
asosiy mushaklar tarangligini ko‘rsata olish juda muhimdir. (73 - rasm).
73 - rasm. Odam tanasini bosqichma – bosqich tasvirlash.
Ikki erkak figurasidan iborat lavhalar chizishni mashq qilish zarur.
Bunda asosiy e’tiborni ularning plastik bog‘lanishiga qaratish kerak.
Bolalar tasviri ustida ishlash juda qiziqarli ijod turidir.
Bunday
rasmlarda bolalar ruhiyatining murakkab va ko‘p qirrali ekanligini
ifoda-lashga erishish zarur.
Holatning plastik xarakterini aniqlash uchun xayolan yelka, bel
chizig‘i yo‘nalishli tos bel suyagiga nisbatan og‘irlik markazi holatiga
bog‘liqligini aniqlash kerak. Ikki oyoqqa
tayangan holatida suyaklar
vertikal, chetdan o‘tuvchi tos chizig‘i esa gorizontal holatda bo‘ladi. Bir
oyoqqa tushuvchi og‘irlik markazida esa tos yukdan bo‘shalgan oyoq
tomonga egilishini esda tutish kerak. Odam qomatini chizishda dastlab
o‘rta chiziq yo‘nalishi aniqlanadi. Orqa tomondan rasm chizishda
102
umurtqa chizig‘ining harakatchanligi tufayli tos va elka suyagi turli
holatlarda bo‘lishi mumkin. Albatta, bu tartibdagi
ish qomat tuzilishini
aniqlashda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yalang‘och yoki
kiyimli qomat rasmlarida jonli xarakter shakli yorqin va dadil berilishi
kerak. U yoki bu shaklni tus munosabatlari yordamida ifodalashda
alohida emas, katta umumiy shaklni ko‘rishga odatlanish lozim. (74 -
rasm).
O‘quv mashg‘ulotlarida bajariladigan davomli rasmlarda odam
qomati plastik holatlarining turli - tumanligini o‘rganishga imkon yo‘q.
Shuning uchun bu bo‘shliqni xomaki rasmlar
ustida mustaqil ishlash
yo‘li bilan to‘ldirish mumkin. Odam gavdasi plastikasini ifodalashda
olingan bilim va ko‘nikmalar syujetli bo‘lmagan o‘lchamlarda qilinadi.
Bu ish masshtabli nisbatlar bilan ishlash malakasini o‘stiradi, ko‘z bilan
qomat proporsiyalarini aniqlashda qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: