103
yaxshi samara beradi. Vaqtning chegaralanganligi esa jonli shakl
plastikasida e’tiborni eng xarakterli jihatlarga qaratishni taqozo qiladi.
Xotiradan xomaki rasm chizish bayon etilgan uslubga ko‘ra olib
borilishi kerak. Qomatning xomaki rasmi ustida ishlashni uy sharoitida
ham, auditoriyada o‘quv rasmini bajarish jarayonida ham davom
ettirish lozim. Xomaki rasm bajarish davomli topshiriqni boshlashdan
oldin katta shakl tuzilishini aniqlash maqsadida
yoki uning oxirida
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. Davomli rasm
uchun tanlangan joydan shakl qismlarini yaxshiroq tasavvur etish
uchun xomaki rasmlarni turli ko‘rish nuqtalaridan chizish foydalidir.
Dastlabki
mashqlarni tik turgan, kiyingan, ma’lum sokin holatda
turgan, oyoqlar tayanch tekisligiga nisbatan aniq ifodalangan holatdagi
qomatlar misolida bajarish tavsiya qilinadi.
74 - rasm. Кекsа kishini natyurmort bilan tasvirlash.
Har bir xomaki rasm davomiyligi 15 - 20 daqiqani tashkil etadi.
Ularni naturaga nisbatan turli nuqtalardan bajarish lozim.
Qomatni
chizishda, birinchi navbatda, oyoqlar tayanch tekisligining gavdaga
bo‘lgan munosabatini aniqlash zarur. Buning uchun xayolan oyoqning
yukni ko‘taruvchi ichki tovonidan yuqoriga vertikal chiziq o‘tkazilib,
qomatning boshqa qismlari holati aniqlanadi.
O‘tirgan qomatni chizishda torsning tayanch
tekisligiga nisbatan
yo‘nalishini aniqlash juda muhim (90- rasm). Naturani yarim burilgan
holda tasvirlashda oyoq va bel qismining qisqarishini hisobga olish
zarur (75, 76, 77 - rasmlar).